Kurs ishi bajardi: Ibrohimov Sh. Qabul qildi: Botirov E. Toshkent-2023 mundarija kirish I bob. O’rta osiyo me’moriy obidalarining turlari va ahamiyati
Yurtimizning mashxur obidalari bo’yicha tadqiqotlar Samarqand va Buxoro misolida
Download 174.24 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo’lib, XVI asrda barpo etilgan.Bu majmua madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat . Mir Arab madrasasi
3.Yurtimizning mashxur obidalari bo’yicha tadqiqotlar Samarqand va Buxoro misolida.
Samarqand Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2007-yilda shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi. Bu yoshga kirgan shahar Markaziy Osiyoda boshqa yo‘q. Shuning uchun ham Samarqand shahrining me’morchiligini qisqacha bo‘lsada, uning tarixi bilan uyg'unlashgan holda qarab chizish mamlakatimizda arxitekturaning shakllanganligi va rivojlanganligini kengroq o ‘rganish imkoniyatini beradi. Samarqandda 290 dan ortiq arxitekturaviy va 2 mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud. Tarixchi va adiblar bu shaharni Sharq musulmon dunyosining qimmatli durdonasi, “Sharq Rimi” deb ham ataydilar. Bu shahar atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temur, podshoh va astronom olim Mirzo Ulug'bek, davlatimiz Prezidenti Isiom Karimov singari jahonga mashhur insonlarning nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Zarafshon vodiysining ko‘rkam va bahavo, so‘lim yerida, Movarounnahr markazida geografik qulay joylashganlik Markaziy Osiyo shaharlari chida Samarqandni birinchi o‘ringa ko‘targanligi tabiiydir. Arxeologik qazishmalar natijalari bo‘yicha qadim zamonlarda Zarafshon daryosi bo‘yida joylashgan Samarqandda paleolit, neolit davrlarida ovchi qabilalari, bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik qabilalari yashaganliklari isbotlab berilgan. Odamlar tashqi muhit ta ’sirlari va har xil hayvonlar hujumidan o ‘zlarini muhofaza qilish maqsadida yerto‘la va chaylalar qurganlar va u joylarda yashaganlar. Strategik qulay yerda joylashganligi uchun rivoj lanishning dastlabki bosqichlarida Samarqand (yozma ma’lumotlarda So’g’d davrida Marokand deb nomlangan) mustahkam devor bilan o ‘ralgan. Dastlab u yerda aholi tarqoq joylashgan. Samarqand arxitekturasi miloddan avvalgi davrdayoq rivojlana borgan. Qoldiqlari hozir ham “Devori qiyomat” nomi bilan mashhur bo'lgan voha devorining uzunligi 40 km ni tashkil etgan. O 'rta sharqni egallagan quldorlik tuzumi krizisi natijasida Samarqand hududi ham keskin qisqargan23. Temur va temuriylar davrida Samarqand o'zini o ‘nglab olib, shahar birun va rabotga butunlay ko‘chib chiqqan va rivoj lanish ilgarilab ketgan. Bu davrda ko‘p tarmoqlar singari me’morchilik va binokorlik ishlari ham gullab yashnagan. Samarqand nihoyatda obod va ko‘kalamzor shaharga aylanadi. Amir Temur o‘zining tug‘ilgan yurti Shahrisabzni shaharga aylantirgan. U yerda 1380-yilda Oqsaroy qasrini, keyinchalik to‘satdan vafot yetgan o‘g‘li Jahongir maqbarasini qurdirgan24. Shahrisabzdagi Oqsaroyni xorazmlik ustalarga qurdirgan. Binoni bunyod etish qariyb 20 yilga cho‘zilgan. Uning qurilishi 1403-yillardan keyinroq bitgan. Oqsaroy peshtoqlik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta’minlash old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Gumbazning ichi va yonlariga burchaklardagi minoralarga koshin - g ‘ishtlardan qalqon shaklidagi geometrik naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan g ‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar fonida ko‘kyo‘g‘on belboqqa o‘xshash kompozitsiyani tashkil etgan. Devorlardagi turlituman ranglarning jilosi, koshinkor syujetlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy, suls yozuvlari, islimiy, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi binoga noyob va sehrli mazmun baxsh etgan. Rangining oy yorug‘ida jilolanib - oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan25. Temuriylar davrining ikkinchi bosqichida me’morchilikda qo‘sh gumbazlar yaratish odat tusiga kirgan. U davr arxitekturasi shakllarning boyishi, dekorativ elementlarning ko‘payishi, rangning ko‘p ishlatilishi va devorlarga, ayniqsa inshootlar fasadlariga nihoyatda chiroyli va rango-rang pardoz berilishi serjilo ishlanishi bilan ham xarakterlidir. XV asrning ikkinchi yarrmda dekorativ pardozlashda yangi texnik pardozlash kundal paydo bo‘lgan. Kundalda chinni sopol yoki chinni relyefli bezakka to’la suvi yuritilgan. Monumental me'morchilikda binolarning rejasi murakkablasha borgan. Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek davrida madrasalar, jamoat va fanga taalluqli bo‘lgan binolar, inshootlar qurilishi, ayniqsa keng rivojlangan. Markaziy xonalarga katta va baland gumbazlar o‘rnatilgan. Temuriylar davrida yaratilgan saroy va maqbaralar shular jumlasidandir. Go‘ri Amir, Shohi Zinda maqbaralari bir qancha inshootlar bilan birgalikda ansambl ko‘rinishini tashkil etgan. Hovlili rejaviy yechim masjid, madrasa, karvonsaroy, qasrlarda qo‘llanila boshlangan. Inshootlar kompozitsiyasida bitta asosiy o‘q bo‘yicha peshtoqlar, o‘zining gumbazi bilan mancaziy xona joylashgan. Amir Temur davrida peshtoqlarning ikki yonboshida minoralar o‘rnatila boshlangan. Keyingi inshootlarda bunday yechimdan uzoqlasnadi, peshtoq proporsional qilib ishlanadi26. Shohi Zinda 25 dan ortiq madaniy qatlamni o‘ziga singdirgan arxeologik - me’moriy yodgorlik kompleksi hisoblanadi. Shohi Zinda madaniy meros obyekti nafaqat Samarqand, balki butun Movarounnahr m e’morchilik maktabi namunalari sifatida turli davrlarda qurilgan 20 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘z ichiga oladi. Shohi Zinda ansambli Muhammad payg‘ambarning amakivachchas Abbosning o‘g‘li Qussam 676-yilda Samarqandga islom dinini targ‘ib qilish uchun arab istilochilari bilan keladi. U shu yerda o‘ldirilgan va dafn etilgan. Uning atrofida mo‘tabar kishilar dafn qilingan. Inshootlarning ko‘pchiligi XIV asrga tegishlidir. Arxitektura ansamblining yakunlovchi kirish peshtoqisidarvozaxonasi keyingi davrda tiklangan. Peshtoqqa bu ulkan binoga Amir Temur Ko‘ragoniy o‘g‘li, Shohruxxon o‘g‘li, Ulug‘bek Ko'ragoniy o‘g‘li Abdulazizxon tomonidan asos solingan deb yozilgan. U Ulug‘bek tomonidan 1434-1435-yillarda o‘g’li Abdulazizga atab qurdirilgan. Zinalardan chiqib, tor ko‘cha bo‘ylab yurganda, kishi uzoq tarix bilan ko‘rishganday bo‘ladi. Kirishdan uzoqlashgan sari inshootlar qadimlasha boradi. Zinaning chap tomonida XV asr ayvonlaridan birida ikki gumbazli Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek davrining matematigi va astronomic va uning yaqinla ga atalgan maqbara joylashgan. O‘ttiz olti poyali zinadan kotarilgach, galereyaga duch keladi. Samarqand shahrining eng mashxur inshooti Amir Temur maqbarasidir.Bu inshoot 1404-yilda Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Kichik Osiyoga yurish qilgan vaqtda (1403-yilda) vafot etgan sevimli nevarasi, taxt vorisi Muhammad Sultonga atab qurilgan. Bir oz vaqt o‘tgach, 1405-yilning fevral oyida Xitoyga yurish qilgan chog‘ida Amir Temur vafot etadi va u ham shu yerga dafn qilinadi. Yuksak shahar sozlik usullariga ega, me’moriy dekor san’atiga boy, ko’shinkorlik ishlari juda ham sifatli, arka va sferik gumbazlarining arxitekturaviy shakl va proporsiyalari uyg‘unlashgan tarixiy yodgorliklarga serob Samarqandda yana bir yangi uslub - relyefli oezak qo‘llanilgan .Bu usulda ishlangan jahondagi ikkita asar ham shu yertedir (Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi) Registon maydonidagi noyob inshootlar — Ulug‘bek (1417-1420-yillar), Sherdor (1619-1636-yillar) madrasalari va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1647-yillar) barpo etilgan. Ulug‘bek madrasasi ekspluatasya qilish davrida tashqi tasirlar, zilzilalar va ichki janglar oqibatida jiddiy talofot ko'rgan. Tashqi gumbazlar, ikki minora va ko’pgina yashash xonalari vayron bo'lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi gumbazi Sharqda eng katta gumbazlar qatoridan o‘rin egallagan. Registondagi arxitektura yodgorliklari. Ulug‘bek madrasasining umumiy ko’rinishi (1417- 1420-yillar) XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir hashamatli binolar qurishga boshqa beklar bilan raqobat qilib, vayrona holatidagi Ulug‘bek xonaqohi o ‘rniga Sherdor madrasasini Mirzoyi karvonsaroy o‘rniga Tillakori madrasa - masjidini qurdirgan. Tillakori va Sherdor madrasalari katta o’lchamlilik, pardoz ishlarining nozikligi bilan ajralib turadi. Tillakori madrasasi 1646-1647-yillarda jome masjid va madrasaga mo‘ljallanib qurilgan. U ansambldagi Ulug'bek va Sherdor madrasalari bilan muvozanatlashtirib bunyod etilgan Hovlining g‘arb tomonidagi masjidga peshtoq orqali kiriladi. Masjid xonasi ikki yonidagi ravoqli gumbazlar galereyasi tufayli keng o‘rinadi. Xona to‘ridagi marmar qoplamali mehrob, o‘ng tarafida marmar zinapoyali minbar bor. Xona o‘z vaqtida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan. 1930-yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy rangini topish y o ‘lida tadqiqot ishlari olib bnrilgan. Mustaqillik yillarida inshoot restavratsiyadan chiqdi va avvalgi go‘zal holatiga keltirildi. Tillakori masjid madrasasi katta xonasining ichidagi badiiy bezaklar jilosi halning hamda rango-rang naqshlarning tovlanishiga asoslangan naqshlar me’moriy shakllarning tuzilishiga qarab taqsim etilgan. Burchakburchaklaridagi mehroblar kundal uslubida islimiy naqshlar bilan bezatilgan.Ulug’bek rasadxonasi binosi yo‘qolib ketgan bo‘lgan. Uni ko‘p izlanish va mehnatlar evazida arxeolog Vyatkin 1908-yilda topgan. Doira shaklidagi u tarixiy inshootning diametri 46 m ni, balandligi 30 m ni tashkil etgan Binoning asosini burchak o'lchagich (tik aylana) tashkil etadi. Binonining radiusi 40,2 m, yoy uzunligi 63 m ga tengdir. Inshootning asosiy asbobi - Sektant meridian bo‘ylab o‘ta aniqlikda o ‘rnatilga27. Abdulazizxon madrasasi Buxorodagi me’moriy yodgorlik XVII asrda Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan qurilgan. Abu Hafs Kabir Buxoriy yodgorligi IX asrda qurilgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi olimlaridan biri. Allomaning xizmatlari sababli Buxoroi sharif “Qubbatul islom” (Islomning gumbazi) unvonini olgan. Bahouddin Naqishband majmuasi Buxoro viloyati Kogon tumani Qasri Orifon qishlog’ida joylashgan. XIV-XVI asrda qurilgan. Masjid, madrasa, hovuz, minora, quduqdan iborat ziyoratgoh majmuasi. Baland masjid Buxoro shahrida XVI asrda bunyod etilgan. Masjid- harsang toshlar ustiga qurilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorchiligining noyob va nafis usulidan keng foydalanilgan. Bolohovuz masjidi Bolohovuz gumbazli masjidi XVIII asrda (1712 yilda ) qurilgan. Sayfiddin Boharziy obidasi Buxoroda XIII- XIV asrlarda qurilgan. Mo`g`ul bosqinchilari orasida islom dinini targ`ib qilgan allomalardan. Bayonqulixon yodgorligi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi noyob namunasi bo’lib, XIV asr oʻrtasida qurilgan. Mo`g`ullarning Chig`atoy ulusi xoni Bayonqulixon ziyoratgohi Amir Temur davri meʼmorchiligining ilk namunalaridan hisoblanadi. Buxoro namozgohi Buxorodagi me’moriy yodgorlik-Nomozgoh. Qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida XII asrda (1119-yilda) barpo etilgan. Chоr Bаkr me’moriy majmuasi Chor Bakr majmuasi XVI asrda qurilgan. Xonaqoh, masjid, madrasa va katta bogʻdan iboratdir. Chor minor Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo`lib 1807 yilda qurilgan. Chor minor qurilgan masjid, madrasa, xujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat. Fayzobod xonaqohi Buxoroda taxminan 1598-99-yillar qurilgan. Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. Govkushon majmuasi Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik bo’lib, XVI asrda barpo etilgan.Bu majmua madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat . Mir Arab madrasasi Madrasa- XVI asrda(1530-1536) qurilgan. Madrasa 114 hujradan iborat. Bu Buyuk ilm dargohi hozirgi kunga qadar faoliyat ko`rsatmoqda. Ismoil Somoniy maqbaras IX asrda qurilgan. Buxorodagi ko’hna memoriy yodgorlik . Musulmon amiri Ismoil Somoniy sharafiga qurilgan dastlabki maqbara. Sharqning me`moriy durdonasi deb ataladi va 1997-yil Yunesko ro`yxatiga olingan Koʻkaldosh madrasasi Buxoro xonining vaziri Qulbobo Koʻkaldosh XVI asrda (1568-1569-yillarda ) qurdirgan. Labihovuz ansambli XVII asrda barpo etilgan Hovuz va uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shimolida Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi qad koʻtargan. Masjidi Kalon Buxoroda XII-XVI asrga oid jome’ masjid. 1997-yil YUNESKO tashkilotining butun jahon yodgorliklar ro`yxatiga kiritilgan. Nodir devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir devonbegi tomonidan XVII asrda (1622-1623-yillarda) qurilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona bor. Sitorai mohi xosa Sitorai mohi xosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining uch avlodiga mansub saroy - bogʻ. Buxoro amirlarining qarorgohi. Ulug`bek madrasasi Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida XIV asrda Mirzo Ulug`bek tomonidan qurilgan madrasa. Xoʻja Zayniddin majmuasi XVI asrning 1-yarmida Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Bino masjidga moʻljallab qurilgan, unimng hujralari ham bor. Yettti pir yodgorlik majmuasi Buxoro viloyatida joylashgan XII-XIV asrlarda yashab o`tgan buyuk tasavvuf ulamolari sharafiga qurilgan yetti yodgorlik ziyoratgohlari.Buxoro Arki Buxorodagi shaharning qadimiy qal`asi dastlab miloddan avvalgi I asrda qurilgan. Hozirgi qiyofasi asosan shayboniylar davrida XVI asrda shakllangan. Shaxrisabz Oqsaroy saroyi- bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi . Saroyning qurilishi 1380 yilda boshlangan,1404 yilda tamomlangan. Temuriylar barpo etgan barcha inshootar orasida eng antiqasidir. Dorut-Tilovat Ziyoratgoh XIV-XV asrlarga Shaxrisabzda bunyod etilgan. Shamsiddin Kulol maqbarasi hamda Ko’k-Gumbaz jome’ masjididan iborat. Gumbazi Sayidon Shaxrisabzda Mirzo Ulug’bek tomonidan XV asrda qurilgan ziyoratgoh. Dorus-Saodat ansambli uch qismidan iborat: Hazrati Imom masjidi Amir Temurning katta o’g’li Jahongir Mirzoning qabri va Amir Temur o’zi uchun qurdirgan dafngohdan iborat. Termiz Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. IX-XV asrlarga mansub ziyoratgoh. Alloma IX asrda yashagan mashhur mutasavvif olim. Abu Iso at-Termiziy yodgorligi Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi XI-XII asrlarga oid ziyoratgoh. Abu Iso Termiziy (rahmatullo alayhi) mashhur muhaddis, Sunanini Termiziy, ash-Shamoyili an-Nabaiyya kabi asarlar muallifi. Jarqo’rg’on minorasi O’rta Osiyodagi qirrali yagona minora. U O’rta asrlardagi memor Ali ibn Muhammad Sarahsiy tomonidan XII asrda (1109 yilda) qurilgan. Sulton Saodat majmui Termizdagi payg’ambarimiz avlodlari-sayidlarning hilxonasi. Ziyoratgoh X-XVII asrlarga oid. Termizning sharqida joylashgan bo’lib, VII asr davomida shakllangan.Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida Somoniylar sulolasining asoschisi tomonidan qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O’rta Osiyoning me’morchiligida bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo’lib, bunda g’ishtlar ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan. Shaharning asosiy va eng baland ko’tarilgan inshooti – 1127 yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko’tarilib turgan ulkan minoradir. O’zbekistonda eng baland bo’lgan ushbu minora tepaga chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o’rab turgan halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil me’morchilik shakllarini boyitadi. Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon “Ulkan inshoot osti” maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan28. Chashma-Ayub mozorining barpo etilishi ham XII asrlarga oid, deb hisoblanadi. Afsonalarga qaraganda, Injildagi payg’ambarlardan biri – Ayub (Iov) Buxoroning bu suvsiz qismidan o’tayotganda hassasi bilan yerga urgan – natijada bu yerda top-toza, shifobaxsh suvli buloq paydo bo’lgan. XIV asrda Amir Temur o’zining yurishlaridan birida olib kelgan xorazmlik ustalar buloq va quduq ustidan bino barpo etganlar hamda quduqdagi baland tortish qurilmasi ustidagi konus shaklidagi gumbazga Xorazm uchun xos bo’lgan shakl berganlar. Ularga qaraganda mashhur Chor-Minor masjidi esa yangi qurilgan bino, deb atalishi mumkin u XIX asrda qurilgan. Bu masjidda to’rtta uncha baland bo’lmagan minoralar hamda gumbazlar zangori rangda bo’lib, masjidga o’ziga xos qiyofa bag’ishlaydi. Sharq me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda, balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan eng mashhur bo’lgan hovuz Labi-hovuzdir. Yirik poytaxt-markaz bo’lgan Buxoro shahri nafaqat o’zining masjidu madrasalari, maqbarayu-mozorlari bilan, balki saroylari, hashamatli uylar, karvon-saroylar, hammomlari va ko’p gumbazli savdo majmualari bilan ham mashhur edi. Shaharda ko’chalarning kesishuvida – guzarlarda qurilgan Toqi-Zargaron “Zargarlarning gumbazi”, Telpak-Furushon (“Telpaklar sotuvchilarining gumbazi”) va Toqi-Sarrofon (“Pul almashtiruvchi sarroflarning gumbazi”) saklangan, ular hozirgacha savdo rastalari sifatida ishlatilmoqda. Ularning birinchi qurilishi va ishlatilishidan nomlari ham dalolat bermoqda.O’rta asrlarda Buxoro Markaziy Osiyodagi barcha musulmonlarning muqaddas shahri bo’lgan edi, bunda nafaqat diniy hurmat-e’tibor, balki estetik tuyg’ular ham ifodalanar edi. Buxoro shon-sharaf mujassam bo’lgan shahar deb hisoblanar edi, u yerda eng mashhur kishilar yig’ilar edi. Islomda Qur’ondan keyin ikkinchi o’rinda turgan diniy kitob – eng haqqoniy hadislarning to’plami bo’lgan “Al-jami as-sahih” ning muallifi Imom Al-Buxoriy edi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) shaharga yaqin bo’lgan qishloqdan kelib chiqqan edi, u shaharda o’z faoliyatini boshlagan. Islomda eng muqaddas shaxslardan biri shayx Bahovaddin Naqshband, so’filar ta’limotining asoschisi, buxorolik misgar edi. Shayxning go’rini ziyorat qilish Makkaga borib bajarilgan haj marosimiga tenglashtirilar edi. Bahovaddin Naqshbandning maqbarasi hozir ham shaharning eng muqaddas joyi deb hisoblanadi29. Buxorodan dunyoga taniqli bo’lgan tarixchi olim Narshaxiy, yirik shoirlar Rudakiy va Daqiqiylar kelib chiqqan. Lekin ayni shu shaharda, odamlarning gap-so’zlariga qaraganda xalqning sevimli namoyandasi, o’tkir so’zli “tinchlikni buzuvchi” latifago’y Xo’ja Nasriddin Afandi ham yashagan. Hazilkash donishmand Afandining latifalari va teran fikrlari son-sanoqsizdir. Musulmon allomalari, mutafakkirlarining, me’morlarning va shoirlarning ko’p asrlik ijodiyoti tufayli shahar “Islom cho’qqisi”, “Buxoroi Sharif”, “Muqaddas shahar” faxrli unvonlariga musharraf bo’lgan. O’ylaymizki, Buxoro shahri haqiqatan ham bu unvonlarning barchasiga loyiq.Shu bilan birga shahar zamonaviy sanoat va madaniyat markazidir. Unda zamonaviy qurilgan aeroport, oliy o’quv yurtlari, kollejlar, litseylar. Teatrlar, sport-sog’lomlashtirish inshootlari va markazlari ham mavjud. Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling