Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
129 murdasi yotipti. Yuqorigi qavatdan ayollarning yig‘i-sig‘isi eshitildi. Fozil tarxonning xotinlari erlari uchun aza ochgan, ba’zilari boylik to‘la sandiqlardan ajralayotganlari uchun ham dodlashar, ba’zilari esa yovdan qo‘rqib yig‘lashar edi. Tohir pastki qavatdagi ochiq eshiklarga bosh tiqib qaradi. Hech kim yo‘q. Faqat ayollarning kiyimlariyu bezaklari turibdi. Bu tarxonning nechta xotini bo‘lganikin? Robiya shunga tushgan bo‘lsa, uni ham xotin qilib olganmikin? Tohirning xayoliga to‘satdan kelgan bu fikr qalbini o‘rtab o‘tdi. U ayvondan pastga sakrab tushib, hovlining o‘rtasiga keldi-yu, yuqorida yig‘layotgan ayollarga qarata qichqirdi: — Hey, Robiya bormi? Robi-ya! Quvalik Robiya shu yerda bormi? Xotinlarning yig‘isi birdan tindi. Yuqoridagi qavatning ayvonidan yashil durrali bir juvonning boshi ko‘rindi. Uning qosh-ko‘zi Robiyanikiga o‘xshardi. Tohir yuqoriga talpinib, qaltirab: — Robiya! — dedi. — Robiya! Yashil durrali juvon uni ko‘rdi-yu, o‘zini orqaga oldi, so‘ng yana ayvon chetiga chopib keldi. Tohir endi uning baxmal nimchasini, bo‘ynidagi marjonlarini ham ko‘rdi. Juvonga yigitning tovushi tanish tuyular, ammo qilich va xanjar taqqan, yuzida katta chandig‘i bor, soqol-mo‘ylovi o‘siq bahaybat navkar uning vahmini keltirardi. Juvon aldanishdan qo‘rqib, yana orqaga qochdi. Tohir yuqorigi qavatga qarab chopdi, ammo sarosima bo‘lganidan, ayvon chetidagi zinapoyani topolmadi. Negadir o‘pkasi to‘lib ko‘ziga yosh keldi: — Robiya, men Tohirmen! Tohir! Yuqoridan juvonning chinqirig‘i eshitildi: — Tohir og‘a! So‘ng yashil durrali juvon chochpopugini shildiratib, zinapoyadan o‘zi chopib tusha boshladi. Yuz-ko‘zi Robiyaniki, ammo marjonlari, kiyimlari, yana nimasidir begona. Tohir uni ko‘rib joyida qotib qoldi. Robiya ham zinapoya oldida to‘xtadi, ko‘zlarini chaqchaytirib, qo‘rquv aralash shivirladi: — Siz Tohir og‘amning arvohisiz! Robiya Tohirni o‘sha nayza zarbidan o‘lib ketgan deb o‘ylar, uning arvohiga bag‘ishlab duolar o‘qir edi. «Endi tirik ko‘rmaymen, arvohini ko‘rsam ham rozi edim», deb xudodan astoydil so‘ragan paytlari ko‘p bo‘lur edi. Uning shu iltimosiga farishtalar omin degan ekanmi? — Arvohingiz ham jonimdan aziz, Tohir og‘a! — Men tirikmen, Robiya! Seni olti yildan beri izlab yuribmen! — Tiriksiz?! — deb, Robiya Tohirga yaqin keldi. Uning chakmonini, qilichini, qo‘llarini bir- bir ushlab ko‘rdi. Tohir uni yelkasidan quchib bag‘riga bosgan edi, Robiya uning arvoh emasligiga endi ishonib, yig‘lab yubordi: — Tirik! Tirik! Xudoga shukr, tirik! Tohir uning sariq atlas ko‘ylagi ustidan yelkasini silab: — Robiyam, jonim! — dedi. — Xayriyat, o‘zing ham tirik ekansen! Men seni olti yil izladim, qayerlarda yurding? Nima bo‘ldi? Robiya Fozil tarxonning yettinchi xotini bo‘lib o‘tkazgan yillarini esladi-yu, birdan orqaga siltanib, Tohirning qo‘llaridan yulqinib chiqdi: — Meni quchmang, Tohir og‘a! Men sizga munosib emasmen! Robiya alamli ko‘zlari bilan ayvonda yotgan o‘likka qarab qo‘ydi. Fozil tarxon uni o‘sha bosqinchilardan bir hamyon oltinga sotib olgan edi. Robiya ellikdan oshgan bu choldan hazar qilar edi. Fozil tarxon Turkistonning Yassi shahrida uni nikohlab olgandan keyin besh-o‘n kun turar-turmas, savdo ishi bilan Buxoroga jo‘nadi, u yerdan boshqa bir ko‘hlik qizni olib, keyin o‘sha bilan bo‘lib ketdi. Robiya olti yildan beri uning haramida bevaday yashaydi. Lekin buni endi Tohirga qanday tushuntiradi? Tohirga fotiha qilingan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling