Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
184 — Undoq bo‘lsa, xon endi Xuroson yurishiga chiqmoqchidur? — so‘radi Bobur. — Darhol-a? Xorazm yurishidan so‘ng biror yil dam olmasmikin? Badiuzzamon mirzoning tusmol gaplari — uning dushman orasidan aniq xabar yuborib turadigan maxfiysi yo‘qlig‘idan dalolat berardi. O‘z inisining barcha mayda-chuyda sirlarini bilib turish uchun behisob maxfiylar yuborib qo‘ygan podshoh bu ishni ashaddiy dushmani Shayboniyxonga nisbatan qilmayotgani Boburni tang qoldirdi. — Hazratim, Shaybonixonning revu rangini* faqir ozroq ko‘rganmen. Xonning maxfiylari hozir Hirotda darvish, yo savdogar, yoki navkar qiyofasida yurib, barcha zarur xabarlarni Samarqandga yetkazib turgan bo‘lsalar kerak. Boburning koyinib gapirganini sezgan Badiuzzamon mirzo kinoyamuz kuldi: — Amirzodam, siz ham shohsiz, ehtimol, sizning maxfiylaringiz Samarqanddan yangi xabar yuborgandirlar? — Men sizni otamdek e’zozlaymen, hazratim. Gap maxfiylarda emas. Faqir tajribadan shuni bilamenki, Shayboniyxon charchagan askarlarini bosib olgan viloyatda dam olish uchun qoldirib, avvaldan dam olib yotgan qo‘shini bilan darhol yangi yurishga otlanur. Uning butun kuchi shundaki, barcha og‘a-ini, qarindosh-urug‘lari bilan bir tan-bir jon bo‘lib, maydonga chiqur. Biz bu xatarli yog‘iy qarshisida ichki nizolarni unutmog‘imiz kerak. Biz ham bir tan-bir jon bo‘lib, yagona sarkarda boshchiligida jangga astoydil tayyorlanib kirmasak, oqibati yomon bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. — Yagona sarkarda, dedingizmi? Kim bizga sarkarda bo‘lmoqchi, amirzodam? Birinchilikni talashayotgan bu ikki og‘a-ini «Menga bo‘lmasa, unga ham bo‘lmasin!» deyishga tayyor ekanligi Boburga hozir aniqroq sezildi. Raqib og‘a-ini talashayotgan mamlakat ulardan faqat biriga yoki amakivachchalari Boburga tekkanidan ko‘ra yetti yot begonaga tekkani afzalroq. Chunki begonalar ularning bunchalik baxilligini keltirmas edi. — Nahotki jangga ham alohida-alohida chiqmoqchisizlar? — dedi Bobur. — Nachora? Har kimning o‘z cherigi, o‘z sarkardasi bor. Men Muzaffar mirzoga ishonmaymen. Ammo siz bilan har qanday jangga birga kirishga tayyormen. Chunki sizga ishonamen. Amirzodam, siz Hirotda qoling! Neki darkor bo‘lsa ayting! Muhayyo qilurmiz. Bobur og‘a-inining faqat shu nuqtada yakdil ekanini sezdi. Jang ko‘rgan Bobur butun bek va navkarlari bilan Hirotda qolsa-yu, vaqti kelib, jangga birga chiqsa ularning mushkullari osonroq bo‘ladiganga o‘xshardi. Ammo og‘a-inining qo‘sh hokimiyati Boburga tagi chirib teshilgan kemaga o‘xshab ko‘rinardi. U bu kemada qolsa paymonasi to‘lgan og‘a-iniga qo‘shilib g‘arq bo‘lishi muqarrarligini tobora aniq his qilmoqda edi. Ertasi kuni peshin namozidan keyin Unsiyaga Boburni ko‘rish uchun kelgan mavlono Fazliddin navkaru savdarlarning ko‘ch yig‘ishtirayotgan va safarga hozirlanayotganlarini sezdi. Yo‘lakda tog‘asiga duch kelib qolgan Tohir: — E, xayriyat, o‘zingiz keldingiz, mulla tog‘a! — dedi. — Ha, ne gap jiyanim? — Ertaga tongda Hirotdan jo‘nab keturmiz. — Kobulgami? — Ha, — deb shivirladi Tohir. — Lekin podshohlar buni bilmasinlar. Ruxsati oliy shahar tashqarisida qishlamoq uchun berildi. Hammaga «Xurosonda qishlagaymiz» deb e’lon qilindi. Siz ham bildirmang. Mavlono Fazliddinning ruhi tushib: — Obbo, — dedi. — Bizni sag‘irdek mung‘aytirib ketar ekansizlar-da? — Qish chiqsa, siz ham Kobulga ko‘chib boring. O‘tgan gal uchrashganingizda Bobur mirzo o‘zlari taklif qildilar-ku. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling