Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
183 Arabchani yaxshi biladigan Bobur bu unvonning ma’nosini tushunib, istehzoli kulimsiradi: — Janob Zunnunbekda arslonning yuragi borligiga shak-shubha yo‘q. Ammo hazrat begim valiylaru munajjimlarni tilga olganlarida faqir Saripulda Shayboniyxon bilan masof urushga chiqqan kunlarimni esladim. Mana, janob Qosimbek ham bor edilar. Shahobiddin nomlik munajjim kechasi osmonga qarab: «Sakkiz yulduz yelkangizda rost turur, ertaga urushga kirsangiz, zafar, albatta, sizniki bo‘lg‘ay!» — deb valiylik qildi. Biz shunga ishonib, Shahrisabzdan keladigan ko‘makni ham kutmasdan, maydonga chiqdik... Mana, haligacha o‘shal xatomizning azobini tortib yuribmiz. Boburning gaplaridan Xadicha begimning yuzlari tundlashib, lablari atrofida burushiqlar paydo bo‘ldi. Zunnunbek esa o‘tirgan joyida asabiy to‘lg‘anib: — Amirzodam, niyatni yaxshi qilmoq kerak! — dedi. Hirotning valiylari Samarqand munajjimlaridek nodon emaslar! Saripuldagi xatoni Hirotday ulug‘ shaharda hech kim takror etmagay! Zunnunbek ko‘zlari yonib, telbalanib gapirganini ko‘rgan Burunduqbek uni bosishga tirishdi: — Janob Zunnunbek, oliy mehmon bizga yaxshilik istab Kobulday joydan kelmishlar. Vaziyat xatarli ekanligi rost. Shoshilinch choralar o‘ylamoq kerak! Xadicha begim bahslashuvchilarni muloyimlik bilan yarashtirib qo‘yishga harakat qildi: — Janob Zunnunbek, vaziyat chindan ham jiddiy, beparvo bo‘lmaslik kerak. Ammo janob Burunduqbek ham bir narsani unutmasinlar: mag‘lubiyatni ko‘p ko‘rgan odamga xatar goho aslidan kattaroq ko‘rinur. Amirzodam siz ko‘p tashvish chekmang. Shayboniyxon bizga tajovuz qilsa, o‘z tajovuzidan halok bo‘lur! * * * — Xadicha begimdek ko‘pni ko‘rgan malika shayxlarning xushomad gapiga ishonib yurganlaridan men hayron, — dedi Bobur ertasi kuni Bog‘i Jahonoroda Badiuzzamon mirzo bilan gaplashib o‘tirganda. Gavdasining shertaxlitligi va ko‘zining qisiqligi otasi Husayn Boyqaroga o‘xshab ketadigan Badiuzzamon mirzo istehzo bilan kulimsiradi: — Hayron bo‘lmang, amirzodam. Ne qilsa ham ayol kishida, qisqa o‘ylab o‘rgangan. — Ammo bu kaltabinlikning kasofati hammaga urishi mumkin-ku, hazratim? — Nachora? Suyukli farzandimiz Mo‘min mirzo ham shu begimning kasofatidan halok bo‘lib ketdi! — Hazratim, rahmatlik otangiz kayf ustida qilgan fojiaviy xatoni endi unuting! — Unutolmaymen, chunki ayb marhum otamda emas edi! Sulton Sohibqiron Mo‘min mirzoni behad yaxshi ko‘rar edilar, she’rlarini yod bilar edilar. Avvallari otamning menga ham mehrlari yaxshi edi. Axir men— taxt vorisi edim! Xadicha begim men bilan otamni dushman qilishning yo‘lini izlar edi. Mo‘min mirzo asir tushgach, bu yo‘l topildi — uni shirakayf podshohning farmoni bilan o‘ldirdilaru men bilan otamni xundor dushmanga aylantirdilar. Shundan keyin begimning o‘g‘li Muzaffar mirzo mening o‘rnimga valiahd bo‘ldi. Bugungi sheriki podshohlik ham ana shu begimning ixtirosi! Men aniq bilamen: begim meni muvaqqat tojdor deb bilurlar. Meni yo‘q qilib, Muzaffar mirzoni yagona podshohga aylantirishning qulay paytini poylamoqdalar! Bobur Badiuzzamon mirzoga Shayboniyxonni eslatdi: — Hazratim, Shayboniyxon haqida ne yangi xabarlar bor? — Xon Xorazmni olib, Samarqandga qaytgan emish... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling