Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
179 Faqat... — Mavlono, minora ustida biz faqat ikkimiz turibmiz. Mening sizdan yashiradigan sirim yo‘q. Hirot taxtida ikki og‘a-ini birga podshohlik qilishlarini bilursiz. — Ha, asli o‘zi taxt Badiuzzamon mirzoniki edi-yu, lekin Xadicha begimning tarafdorlari Muzaffar mirzoni ikkinchi podshoh qilib ko‘tardilar. Tarixda hargiz misli ko‘rilmagan hodisa. Xondamirning bu hodisadan norozi ekanligi sezilib turardi. Bobur bosiq tovush bilan so‘zida davom etdi: — Har ikki podshohlaringiz ham mehmondo‘stlikda, suhbatdorlikda, orasta bazm o‘tkazishda benazirlar. Ammo jangu jadalga xohishlari yo‘qmi, har qalay, Murg‘ob bo‘yida uchrashganimizda g‘alati bir hodisa bo‘ldi. Xonning bir pora qo‘shini Xurosonning Chechektu navohisini* bosgani to‘g‘risida xabar keldi. Xonning o‘zi Amudaryodan narida edi. Xondan ko‘ra biz turgan joy Chechektuga yaqinroq edi. Men taklif qildimki, Chechektuni besh-olti yuz kishilik yog‘iy bosgan bo‘lsa, darhol otlanib ularning o‘zlarini bosmoq kerak. Toki xon qo‘shini Xurosonga osonlikcha kelolmaydigan bo‘lsin. Badiuzzamon mirzo inilari Muzaffar mirzoni Chechektuga yubormoqchi bo‘ldilar. Ma’lumingizkim, har ikkovlarining o‘z eshik og‘alari, o‘z mulozimlari, o‘z cheriklariyu alohida sarkardalari bor. Muzaffar mirzo jang ko‘rmagan yigit. Chechektuga borishga jur’at qilmadi. «Hazrat og‘am borsalar, biz boshqa chegaralar himoyasida bo‘lurmiz», dedi. Badiuzzamon mirzo: «Men jangda nobud bo‘lsam, bu taxtni yolg‘iz o‘zi egallaydimi?» deb o‘yladi nazarimda, Chechektuga borgisi kelmadi. Ko‘p sansalor bo‘lgandan so‘ng men aytdimkim: «Ijozat bergaysizlar, men yigitlarim bilan borib, Chechektuni yog‘iydan ozod qilishga urinib ko‘ray». Og‘a-ini bir-birlariga qaradilaru el- ulusdan nomus qildilar. «Siz mehmonsiz» deb, meni bu niyatimdan qaytardilar. Qo‘ymasdan Hirotga boshlab keldilar. Chechektu yog‘iy ilkida qoldi. Xondamir kuyunib «uh» tortdi: — Bu hammasi — Xurosondan tole yuz o‘girayotganining nishonasi! Amirzodam, boshimiz ustida qanday balolar to‘planayotganini bizning podshohlarimizdan ko‘ra siz yaxshi bilursiz. Chunki barchasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmishsiz. Biz bu haqda mavlono Behzod bilan ham ko‘p gaplashdik. Hirotning barcha jonkuyar fozil kishilari umid ko‘zini sizga tikkanlar. Xatar qanchalik kuchli ekanligiga shoyad podshohlarimizni ishontir- sangiz. Barcha yaxshi kuchlar birlashsa-yu, shoyad falokatning oldini olishga muyassar bo‘lsalar. Bobur minoradan pastga tikilib: — Bilmadim, mavlono, — dedi. — Bugun-erta podshohlar bilan yana shu haqda gaplashmoqchimen. — Ilohim, kushoyishi koringizni bersinu muzokarangiz biz istagandek tugasin, amirzodam! Bobur tashakkur aytib, minora zinapoyasiga tomon yo‘naldi. Pastga tushayotib, Hirot qal’asining ichida— baland tepalik ustida turgan ulkan arkka noxush nazar tashladi. _______________ * N a d i m — qurdosh-suhbatdosh. * R u b ’ i m a s k u n — dunyoning inson obod qilgan qismi. * U n s i ya — «Do‘stlik uyi» demakdir. * N a v o h i — kichik o‘lka, tuman. 3 Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog‘larda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling