Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
175 — Mulla tog‘a, otingiz qani? — dedi. — Jiyanim, men piyoda yuramen. — Uyingiz uzoq bo‘lsa ham-a? — O‘rganib ketganmen. Tohir tog‘asining kambag‘allashib qolganini endi sezdi-yu, otining kumush bezakli yuganini mavlono Fazliddinga tutqazdi: — Bo‘lmasa mana shu ot sizniki. — O‘zing-chi, jiyanim? — Otxonada mening yana ikkita otim turibdi. Mining! Tohir tog‘asini qo‘ymasdan otga mindirdi-yu, beliga qistirilgan qimmatbaho qamchini ham tog‘asiga berdi. — Siz O‘shda menga mindirib yuborgan otning quluni bu, mulla tog‘a. O‘shanda meni boshdan-oyoq kiyintirgan edingiz-a, esingizdami? — E, bosh omon bo‘lsa do‘ppi topiladi, jiyan! Buni eslatib o‘tirma. «Ammo ertaga kelin ayamga ham, bolalariga ham bosh-oyoq kiyimlik olib borib, tog‘amni yana bir suyuntirishim kerak!» dedi Tohir o‘zicha. Ikkinchi ot ustida o‘tirgan yoshgina navkar nima bo‘layotganiga unchalik tushunmasa ham tog‘a-jiyanga angrayib qarab turardi. Mavlono Fazliddin xo‘shlashib keta boshladi. Tohir navkariga qarab shipshidi: — Farosating bormi? Bekni piyoda qoldirib, navkarning otliq turishi chindan ham odobga to‘g‘ri kelmas edi. Yosh navkar buni ertaroq sezmaganidan izza bo‘lib otdan sakrab tushdi va jilovini Tohirga tutdi: — Afv eting, bek janoblari. Mavlono Fazliddin o‘girilib qaradi-yu, Tohir nav-karning otida beklarcha savlat to‘kib borayotganini, navkar esa uning yonida yo‘rg‘alab piyoda ketayotganini ko‘rdi. Navkardan chiqqan ba’zi beklar obro‘talab bo‘lishi mavlononing esiga tushdi. «Ishqilib, Tohir o‘shalarga o‘xshamasin-da!» deb qo‘ydi ichida. _________________ * S a n o b a r — nina bargi och havorang tusdagi go‘zal qarag‘aysimon daraxt. Bizda masalan, Sayrobda uchraydi. 2 Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada* yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, niliy gumbazi, oftobda jilolangan rang-barang koshinlari Boburga Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiya-ning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan o‘n besh yilchagina oldin qurib bitirilgan, hali hamma bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba’zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini ko‘rdi-yu, Samar-qandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular chulg‘adi. Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash katta soat qo‘yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. Keyin Hirotda «Alisheriy» deb ataladigan zang chaluvchi soatlar rasm bo‘lib ketgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling