Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
213 Xonzoda begim Boburning ko‘zlarini, boburona ovozni endi tanidi-yu, o‘zini inisining bag‘riga otdi. Qo‘llarini yuzi bilan birga Boburning ko‘kragiga bosdi. Bobur opasining yelkalaridan quchdi, uning sog‘inch va quvonch bilan aytgan so‘zlarini qulog‘i bilan emas, go‘yo ko‘ksi bilan eshitdi: — Boburjon! Siz... Siz o‘shanda mendan ranjigansiz!.. Bilamen... Boshingizga ta’na toshlari yog‘ilgan... Men... aytolmagan edim. O‘zim uchun emas, siz uchun... — Men ham buni keyin bildim. Siz meni qutqarish uchun o‘zingizni xonga tutib bermishsiz. Men sizdan umrbod qarzdormen! — O‘shal qarzingizni mana endi uzdingiz, Boburjon. Bu daf’a meni siz qutqardingiz! Agar Shoh Ismoilga yozgan nomangiz bormasa, meni ham, xon harami bilan asir tushgan ayollar qatori, biron bek yoki mulozimga tutqun qilib berur edilar. Shoh Ismoil siz tufayli meni shunchalar izzat-ikrom bilan ozod qilib, kuzatib qo‘ydi. Sizdek inim borligi uchun xudoga ming shukrlar qildim! Xonzoda begim yuzini Boburning ko‘ksidan oldi-yu: — Hazrat onamlar qaydalar? — dedi. — Bultur bir shumxabar eshitdim, rostmi? — Besh yil burun... Xasba*dan jon berdilar. Kobulning Bog‘i Navro‘ziysig‘a qo‘ydik. — E voh, ellikka ham to‘lmay ketibdilar-a!.. — Menga ham shunisi behad alam qildi! Saksonga, to‘qsonga kirganlar ozmi? — Onamni g‘amu g‘urbat ado qilgan, amirzodam! Bizni deb ozmuncha kulfat chekdilarmi! Muhammad Ko‘kaldosh gapni boshqa yoqqa burdi: — Taqdirga chora yo‘q, begim. Mana bugun siz podshoh hazratlari bilan yana topishganingizdan hazrat onangizning arvohlari shod bo‘lur! Qani, o‘tirsinlar. Fotiha o‘qiylik. Zarbof ko‘rpachalar ustiga o‘tib o‘tirdilar. Bu orada tashqaridan begimni ko‘rish uchun kirgan Qosimbek qavchin Qutlug‘ Nigor xonimning ruhiga bag‘ishlab tilovat qildi. Keyin Xonzoda begim kanizlari orasida hammani jimgina kuzatib o‘tirgan o‘g‘ilchasi Xurramshohni imlab chaqirdi. Bolaning oq-sarg‘ish yuzi, ko‘zining ko‘kimtirligi, qisqa bo‘yni va siyrak qoshlari xuddi Shayboniyxonnikiga o‘xshar edi. Bobur Shayboniyxonni ko‘rmagan bo‘lsa ham Xonzoda begim o‘g‘lini unga tanishtirayotganda bolaning qiyofasida xon otasidan meros qolgan alomatlarni aniq ko‘rganday bo‘ldi. Xurramshoh yetti yoshga kirar-kirmas otasi uni Balx viloyatiga hokim qilib qo‘ygan edi. Hokimlikni bolaga atka qilib belgilangan Madhi Sulton qilsa ham Xurramshoh o‘z qarshisida katta-katta odamlarning bosh egib ta’zim qilishlariga anchagina o‘rgangan edi. Xonzoda begim o‘g‘liga Boburni ko‘rsatib: — Tog‘oyingiz mana shu kishilar! — deganda Xurramshoh Boburning xayolidan o‘tgan narsani sezib yotsiradimi yoki uning kiyimlari jo‘nligini ko‘rib, nazariga ilmadimi, istar- istamas bosh irg‘ab salom berdi. Ammo tog‘asiga yaqin bormadi. Shunda Xonzoda begim uni yelkasidan sekin itarib qulog‘iga shivirladi: — Esingizni yig‘ing, podshoh Bobur mirzo huzuridasiz! Shoh Ismoil shu hazrat tufayli sizni ozod qildi! «Podshoh» va «hazrat» degan so‘zlardan bolaning ko‘zlari go‘yo charaqlab ochilib ketdi. Shu payt Bobur jiyanining ko‘zlari oyisinikiday yirik-yirik ekanini sezdi. Tojdorlar bilan muomala qilishning mashqini yaxshi olgan bola endi tizzachasini gilamga tirab, Bobur qarshisida yukundi, so‘ng ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, egilib ta’zim qilar ekan, chuchuk til bilan: — Hazratim, men sizga... sizga xizmatqa keldim!— dedi. Bobur uning burni ham Xonzoda begimniki kabi qirrali ekanini endi ko‘rdi va bu bolaga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling