Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
qarab ketgan ser-qamish botqoqlik joyda nafas olish og‘irlashib, birdan havoning 
rutubati kuchayib ketdi. Xonzoda begim endi o‘sha yomon bezgakni eslab, o‘g‘ilchasiga 
yana xavotir-lanib qarab qo‘ydi. 
U ilgari «o‘lging kelsa Qunduzga bor» degan af-g‘oncha maqol eshitgan va buni hazil 
gap deb kulgan edi. Endi bu maqol unga chindek tuyula boshladi. U o‘zidan ham ko‘ra 
murg‘ak bolasidan — xon haramida o‘n yil asoratda yashab orttirgan mana shu yagona 
jigarporasidan xavotirlanardi. «Bordi-yu, Bobur mirzo Qunduzda bo‘lmasalar, tog‘ oshib 
Andijonga o‘tgan bo‘lsalar yoki Kobulga qaytgan bo‘lsalar, unda ne qilurmiz?» derdi 
Xonzoda begim o‘zicha. Shu o‘y ta’sirida Pomir va Hindikush tog‘lari bilan qurshalgan, 
Amudaryo va uning asov irmoqlari bo‘yiga joylashgan Qunduz vohasi Xonzoda 
begimning ko‘ziga juda badvahima ko‘rinardi. 
Kechki payt yo‘l daryodan uzoqlashib balandlikka ko‘tarilib borayotganda qarshilaridan 
bir to‘p qurolli kishilar chiqib, ularni to‘xtatishdi. So‘rab-surishtirishlardan so‘ng bular — 
Bobur tomonidan yo‘llarga qo‘yilgan qorovullar ekani ma’lum bo‘ldi-yu, Xonzoda begim 
birdan yengil tortdi. Qorovullarning boshlig‘i mehmonlarning oldiga tushib, ularni 
Qunduzning baland bir joyidagi qal’aga boshlab borar ekan, endi atrof Xonzoda begim-
ga allanechuk boshqacha ko‘rinib ketdi. Moviy tog‘lardan esayotgan shabada yuzini 
yoqimli silab o‘tdi. Amudaryo bo‘yidagi o‘rmonlar uzoqdan nechog‘lik xushmanzara 
ko‘rinishini u endi payqadi. 
Qunduzning ilgarigi xonlari bahavo bir joyga qurdirgan mustahkam qal’a va uning 
ichidagi qasr ham Xonzoda begimga uzoqdan xiyla fayzli ko‘rindi. Bu qasr ichida hozir u 
o‘zining suyukli inisi bilan uchrashishini o‘ylaganda shodligi ko‘ksiga sig‘may entikdi. 
Ularni kutib olgan mulozimlar Xonzoda begimni o‘g‘li va kanizlari bilan birga 
mehmonxonaning yaxshi bezatilgan alohida bir xonasiga kiritib qo‘ydilaru Boburga xabar 
berish uchun qo‘rg‘onning to‘riga qarab ketdilar. 
Anchadan keyin Xonzoda begim o‘tirgan xonaning eshigidan chiroyli soqol-mo‘ylov 
qo‘ygan o‘ttiz yoshlardagi yigit shoshilib kirib keldi. Begim uni Boburning mulozimlaridan 
deb o‘yladi, sekin o‘rnidan turib, salomiga alik oldi. Yigit unga tomon yurib kelar ekan, 
ovozi titrab: 
— Begim, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin! — dedi. 
Bu — Bobur edi. Lekin Xonzoda begim ukasini soqol-mo‘ylov qo‘ymagan o‘n to‘qqiz 
yoshli silliqqina yigit qiyofasida eslab qolgan edi. Hozir uning qarshisida turgan keng 
yelkali, soqol-mo‘ylovi tekis tarashlangan yigitning kiyimlari ham shohona emas edi: 
boshida bezaksiz oddiy simobi salla, egnida zira beqasam to‘n. Begim yana uni 
Boburning beklaridan biri deb o‘yladi-yu, hayajonlanib aytgan so‘zlariga bosiq javob 
qildi: 
— Qulluq! 
Devoni xosda yozuv-chizuv ishlarini qilib o‘tirgan Bobur opasining xabarini eshitib xonaki 
kiyimda chopib kelgan edi. Xonzoda begim esa hali ham podshoh ukasining kirishini 
kutib, eshikka olazarak bo‘lib qarar edi. Bobur opasiga ag‘rayib qarab qoldi. Eshikdan 
Muhammad Ko‘kaldosh degan mulozim kirganda begim undan: 
— Amirzodam qanilar? — deb so‘radi. 
Muhammad Ko‘kaldosh hayron bo‘lib Boburga qaradi. Bobur gap nimadaligini endi 
tushundi-yu, tomog‘iga bir narsa tiqilib, ovozi bo‘g‘ildi: 
— Meni tanimadingizmi? 
— Siz... Siz... 
— Men Boburmen! 
— Nahot?! 
— Men sizning iningizmen! Gunohkor iningiz Bobur!


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling