Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
221 deb shivirladi. Mulozim bosh irg‘ab, yon eshikdan chiqib ketdi-yu, navbatdagi quvnoq kuy tugagan paytda ustiga bir necha qavat oq ipak yopilgan qandaydir sovg‘ani oltin barkashga solib ko‘tarib kirdi. Muhammadjon eshik og‘asi Shoh Ismoilning Boburga berib yuborgan maktubini va oltin- kumush in’omlarini kunduz topshirgan edi. «Endi bu yana nima ekan?» deb hamma o‘tirganlar oltin barkashga tikilib qoldi. Umumiy jimlikda qizilbosh bek barkashdagi sovg‘a bilan Boburning qarshisiga ta’zim qilib keldi. Boburga yaqin o‘tirgan Muhammadjon eshik og‘asi o‘rnidan turib gap boshladi: — Sulton Zahiriddin Muhammad Bobur bahodir hazratlarining sohibi zamon Shoh Ismoil hazratlari ya cho‘x yuksak, cho‘x semimiy hurmatlari varlig‘ina alhol bizim ishonchimiz kamil o‘ldi. Shu sebebli Shoh Ismoil hazratlari yubormish muqaddas in’omni Bobur podshoh hazratlariya topshirmog‘a ijoza vergaysiz! Elchi oltin barkashdagi sovg‘aning ustidan ipak pardani oldi. Bobur yoqut va dur bilan bezalgan nafis oq ipak sallani ko‘rdi. Sallaning tepasiga o‘n ikki imomning qonini eslatuvchi qizil jig‘a suqib qo‘yilgan edi. Salla ancha katta — Bobur o‘ramlarning soni ham shahid bo‘lgan imomlar kabi o‘n ikkita ekanini taxmin qilib bildi. Shialarning e’tiqodiga binoan, bu o‘ramlarning har biri — bir imomning ruhi uchun muqaddas makon edi. Ichgan chog‘irdan yuzi qizarib, ko‘zlari yaltillab turgan Bobur o‘zining a’yonlari orasida shivir-shivir boshlanganini payqadi-yu, kulimsirab Qosimbek tomonga qaradi. Ammo Qosimbek va undan narida o‘tirgan Xo‘ja Xalifa nomli shayxulislom oltin barkashdagi dastorga jirkanib va hatto qo‘rqib qaramoqda edilar. Chunki Boburning o‘zi ham, Qosimbek ham, ziyofatda o‘ltirgan boshqa sunniy a’yonlar, mulozimlar ham choryorlarning hurmati uchun boshlariga to‘rt o‘ram qilingan salla o‘rar edilar. Kichikligidan ollohu taologa, payg‘ambar va choryorlarga cheksiz ishonch va e’tiqod ruhida tarbiyalangan odamlar boshlaridagi sallalarining to‘rt o‘ramida to‘rt choryorning ruhi yashaydi, deb ishonar edilar. Shialar shu choryorlarning uchtasini tan olmay haqorat qilishar, ularning o‘n ikki o‘ramlik sallalari esa Abubakir, Umar va Usmonlarning avlodlariga qarshi kurashgan shia imomlarini ulug‘lar edi. Shialikni muqaddas choryorlardan yuz o‘girish, dindan chiqib, rofiziy bo‘lish, deb o‘rgangan keksa Qosimbekka oltin barkashdagi sallaning mayin yiltirgan ipagi — ilon terisining yiltirashidek ko‘rindi. Qosimbekning nazarida sallaga qadalgan yoqutlarning cho‘g‘day yonishi zaharli ilonning qizg‘ish ko‘zlari qonga to‘lib yonishiga o‘xshardi. Muhammadjon eshik og‘asi Boburga yana bir marta ta’zim qildi-yu, Shoh Ismoil shaxsan berib yuborgan shu muqaddas dastorni qo‘liga olib boshiga kiyishini undan iltimos qila boshladi. O‘nlab ko‘zlar Boburga «Ne qilarkin?» deb tikildi. Qosimbek Xo‘ja Xalifaga tahlika bilan shivirlab: — Makru hiyla bilan hazratimni shia mazhabiga o‘tkazmoqchilarmi? — degani Boburning qulog‘iga chalindi. Bobur agar shu dastorni boshiga qo‘ysa shia mazhabiga o‘tganday ko‘rinishi mumkinligini endi payqadi. U ichgan chog‘iridan durustgina kayf qilgan edi. Hozir vaziyat unga Qosimbek qo‘rqqanchalik vahimali tuyulmas edi. Choryorlar, o‘n ikki imom ham Bobur uchun bundan to‘qqiz asr burun o‘tgan tarixiy shaxslar edi. Uzoq o‘tmishga aylangan qonli dushmanlikni bugun davom ettirish kimga kerak? Qizilbosh bek hamon Boburning qarshisida tiz cho‘kib, oltin barkashdagi sallani unga tutib turibdi. Shoh elchisi unga iltimoskorona ta’zim qilyapti. Ular orqali Shoh Ismoil go‘yo Boburga hamkorona qo‘l cho‘zyapti. Bobur bu qo‘lni qaytarsa, shoh bilan orani uzishi kerak bo‘ladi. Keyin shayboniyzodalar shoh bilan ittifoq tuzishadi-yu, Boburning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling