Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
257 qaroqchilarni jazolash tashvishlari esiga tushar, goh og‘ir zambaraklarni sinovdan o‘tkazish paytida ularning yo‘g‘on mis quvuri yorilib ketgani va to‘pchilardan besh kishi o‘sha joyda halok bo‘lgani ko‘z oldiga kelar edi. U sovuq izg‘irin changalidan chiqib ketishga va avvalgi iliq ruhiy holatiga qaytishga intilib, dardli tovush bilan dedi: — Mohim, uzoq umru baxtli hayot men uchun ushalmaydigan orzu bo‘lsa kerak. — Nechun? Agar tangrim nasib qilsa, ushalishi hech gap emas. Ilohim nasib qilsin! — Aytganingiz kelsin... Bobur mayni sipqordi-yu, piyolani Mohim begimga qaytarib berdi. Norinjdan bittasining po‘chog‘ini qo‘li bilan archib, yarim pallasini yedi. So‘ng Mohim begimga «Yana quying!» ishorasini qildi. Ikkinchi piyoladan keyin vujudiga mayin bir iliqlik taraldi, boyagi sovuq izg‘irin xayolidan uzoqlashganday bo‘ldi-yu, Mohimga ko‘nglini ochib gapirgisi keldi. — Bu amirlar, elchilar, ittifoqdoshlaru yog‘iylar, yana yuz xil davlat ishlari qalbimni yuz bo‘lak qilib, yuz tomonga tortadir, Mohim! Goho mening ko‘nglim ham parchalanib ketgan, o‘zaro urushlarda azob tortayotgan mamlakat kabi alg‘ov-dalg‘ov bo‘ladir! Hayotimda go‘yo shunday bir qutb borki, unga barcha amirlaru elchilar, chopqinlaru urushlar to‘planmishdir. Bu qutbda men sovuqqonlikka o‘rganmishmen, chunki siyosat bobida odamlarga xuddi shatranj taxtasi ustidagi piyodayu sipohiylarga qilgan shafqatsiz muomalani qilmasang, ularni aqlu farosat, hisobu kitob bilan idora etmasang, murodga yetolmassen. Ammo bu shafqatsiz siyosatning sovuq izg‘irinidan o‘zim to‘ng‘ib keturmen. So‘ng may ichib, isingim kelur. Bu sovuq qutbda she’r yozishga ham hafsalam qolmas! — O‘shal noxush qutb o‘trusida boshqa iliq makoningiz yo‘qmi, hazratim? — Bugun... mana hozir yana bir marta payqadimkim... men uchun olamda eng iliq qutb — Siz, Humoyun, Gulbadan... Sizlar bilan bo‘lganda tuyg‘ularim jo‘shib, ijod qilgim kelur. — Undoq bo‘lsa, doim biz bilan birga bo‘ling! Bundan biz ham behad baxtiyor bo‘lurmiz! — Qani edi!.. Ammo buning uchun men davlat ishlaridan butunlay voz kechmog‘im kerak. — Butunlay voz kechishingizga hojat yo‘q, hazratim. Axir siz Kobulda katta davlat barpo etdingiz. Qunduzdan Qandahorgacha, Badaxshondan Sind daryosigacha bo‘lgan parokanda o‘lkalarni bir markaz atrofiga birlashtirdingiz. Kobul o‘z tarixida birinchi marta shunday ulkan mamlakatning poytaxtiga aylandi. Bu yerda siz yangi ko‘shklar qurdirdingiz, yangi bog‘lar barpo etdingiz, yangi ariqlar qazdirib, ko‘p joylarni obod qildingiz. Shu hammasi siz uchun aziz emasmi? — Noshukrlik bo‘lmasin, men Kobulda ko‘p mas’ud kunlarni ko‘rdim. Biroq katta orzularimni ro‘yobga chiqarishga hamon ojizmen. Shu menga tinchlik bermaydir. Kobul atrofidagi ko‘p joylar hali qalamiy emas, sayfiy*. Ana, G‘aznida necha asrdan beri buzilib yotgan ulug‘ band* bor. Mahmud G‘aznaviy bandi derlar. Agar shu band tiklansa, cho‘l bo‘lib qolgan katta bir vodiy yana yashnab ketgay. Men shu bandni tuzattirmoqchi bo‘ldim. Lekin sarfini hisoblab ko‘rsam, xazinam yetmas ekan... Bu ahvolda men Kamoliddin Behzoddek ulug‘ iste’dodlarni qaysi davlatimga taklif etamen? Behzodni Shoh Ismoil Tabrizga olib ketmishdir. Chunki hozir shoh mendan qudratliroq. Qanchadan-qancha ilmu hunar ahli, me’morlaru muhandislar bor, agar chorlasam, ko‘plari kelurlar. Lekin... Kobulga o‘zi kelgan me’mor mavlono Fazliddinga munosib ish topib berganim yo‘g‘u boshqalarni qandoq chorlay? Mohim begim Boburning Hindistonga intilishiga naqadar ko‘p va murakkab sabablar borligini sezib: — Xorazmlik vatandoshingiz Beruniy ham Hindis-tonga borgan — dedi. — Hazratim, siz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling