Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
265 aravalaru xandaqlar turish berarmikin? Bir vaqtlar Kobulda Andijon va Quvalarni eslasa yuragi eziladigan Tohir endi Kobulni eslasa yuragi sog‘inchdan orziqadi. Kobulda uning o‘n besh yil istiqomat qilgan uyi bor, xotini Robiya, madrasada o‘qiyotgan o‘g‘li Safarbek, yolg‘iz tog‘asi mavlono Fazliddin bor. Oldindagi jang tahlikasidan ko‘ngli bezovta bo‘lib yurgan Tohir: «Ishqilib o‘lim bo‘lmasin-da, — deydi o‘zicha. — Agar shu gal ham tirik qolsam, sipohiylikni bas qilardimda. Yosh ham ellikka borib qoldi. Qachongacha begona yurtlarda tentirab yuramen? Safarbek katta yigit bo‘lib qoldi, bu yil madrasani hatm qilib*, muhandis* bo‘ladi. Keyin boshini ikkita qilib qo‘ysam... Yo xudo! O‘g‘limning to‘yini ko‘rish menga nasib qilganmikin-a? Robiyani yana ko‘rarmikinman-a?» Yurakka g‘ulg‘ula soluvchi bu iztirobli o‘ylarni ichkilik bir oz bosar edi. Tohir ko‘pdan beri beklar davrasida yurib, ko‘nglining chigalini ichkilik bilan tarqatishga anchagina odatlanib qolgan edi. Hindistonda uzum kam, shuning uchun chog‘ir tanqis, lekin mahva degan daraxtning bargidan olinadigan o‘tkir aroq uchrab turar edi. Ibrohim Lodi bilan jang bo‘lishidan bir kun oldin Tohir shu aroqdan ko‘proq ichgan edi. Sahar palla badani tirishib uyg‘ondi. Og‘zi taxir, boshi lo‘qillab og‘riydi. U yoq-bu yoqqa ag‘darilib, yana uxlamoqchi bo‘lib ko‘rdi, lekin uxlay olmadi. Shunday keyin turib, sopol ko‘zaning tagida qolgan aroqdan uch-to‘rt qultum ichdi-da, sabuhiy qildi. Shu payt birdan dovullar va naqoralar chalinib, hammani saflanishga chorlay boshladi. Chig‘dovullar Ibrohim Lodining bostirib kelayotgani haqida xabar bergan edilar. Sabuhiydan yana kayf qila boshlagan Tohir etigi bilan jibasini ancha vaqt imillab kiydi. Bir qulog‘i Samarqandda kesilgan Mamat so‘nggi yillarda Tohirning otboqariga aylangan, lekin eski qadrdonligi va bir-ikki yosh kattaligi tufayli goh uni koyib ham qo‘yar edi. — Sahari mardondan ichib nima qilar edingiz, bek!— deb po‘ng‘illadi Mamat. — Gapni ko‘paytirmay ko‘k otni tezroq keltiring!— buyurdi Tohir. So‘nggi yillarda xiyla ozib, yuz-ko‘zlari avvalgidan ham ortiqroq bo‘rtib qolgan Mamat otlar bog‘langan tomonga chopib ketdi. Yov yaqinlashib kelayotgani haqidagi xabardan ko‘p odam jonsarak bo‘lib u yoqdan-bu yoqqa yugurmoqda edi. Mamat kechasi yechilib ketgan ko‘k otni tutib olguncha ancha ovora bo‘ldi. Odatda ot kechasi egarlog‘liq qolsa, ayili, qorinbog‘i bo‘shatib qo‘yilardi. To‘polonda Mamat shoshilib ayilni mahkamlashni xayolidan qochirdi. Tezroq Boburning huzuriga yetib borishi kerak bo‘lgan Tohir uzangini izlab o‘tirmadi-yu, otning bo‘ynidan olib, ustiga sakrab mindi. Shunda egar bir chayqaldi. Tohirning kayfi bo‘lmaganda ehtimol, egarning yaxshi urilmaganini tez sezgan bo‘lardi, otdan tushib ayilni mahkamlab olar edi. Lekin u egarda chayqalganini sabuhiydan ko‘rdi-da, oyoq tirab, otni tez orqaga burdi. Anchadan beri boquvda yotib kuchi tanasiga sig‘may ketgan ko‘k bedov orqa oyoqlariga tikka turib, og‘zidan ko‘pik sochib, burildi. Shunda birdan egar og‘ib otning qorniga tushdi-yu, Tohir yelkasi bilan yerga gursillab yiqildi. Mamat chopib kelib, bir qo‘li bilan otning jilovidan oldi va ikkinchi qo‘li bilan Tohirni suyab turg‘izdi. U Tohirni kayfi borligi uchun yiqildi deb o‘ylab kulib gapirdi: — Tohirjon, bek bo‘ldingizu ichadigan hunar chig‘ardingiz-da! Bu sabilni ko‘p ichmang demaganmidim! Tohir yumshoq yerga yiqilgani uchun hech qaeri lat yemadi. Lekin katta jang arafasida shunday ahmoqona yiqilishi unga mash’um bir falokatning xabarchisidek tuyuldi. U qahr bilan so‘kinib. Mamatga egarni ko‘rsatdi. — Ayilni kim bo‘shatib qo‘ygan edi? Mamat kechasi ot dam olsin deb bo‘shatib qo‘ygan ayilini ertalab mahkamlamaganini endi payqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling