Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
264 yuz mingga yaqin askar va bir yarim ming harbiy fil bilan Agra tomonidan yaqinlashib kelmoqda edi. Ibrohim Lodi shu fillari va askarlari bilan bultur Dehli bo‘sag‘asida Olamxon, Dilovarxon va boshqa dushmanlarining qirq ming kishilik qo‘shinini tor-mor keltirgandi. Boburning qo‘shini esa o‘n ikki mingdan oshmas edi. Yovning son jihatidan beqiyos darajada ustunligi ko‘pchilik bek va navkarlarning qalbiga g‘ulg‘ula solar edi. Agar mag‘lub bo‘lishsa, atrof hammasi notanish yerlar, begona yurt, qayerda jon saqlashadi? Ichki beklar orasida yurgan Tohir ko‘proq Boburning harbiy tajribasiga va usta Aliqul boshliq to‘fangandozlar va to‘pchilarning qurollariga umid bog‘lagan edi. Jahonda hali juda kam tarqalgan bunday qurollar Ibrohimning qo‘shinida yo‘q edi. Bobur o‘zida yo‘q harbiy fillar hujumini mana shu qurollar kuchi bilan bartaraf qilish fikrida ekanini Tohir bilar edi. Ular Panipat shahri bilan Jamna daryosining oralig‘idan to‘fang va to‘p otish uchun qulay bo‘lgan bir joyni topishdi-yu, yaqin-yiroqlardan olib kelingan barcha aravalarni yarim doira shaklida saf qildirishdi. Yetti yuzdan ortiq arava bir-biriga zanjirday mahkam tirkishlar* bilan bog‘landi. Aravalarning oldi va oralariga yoy o‘qi o‘tmaydigan temir qalqonlar o‘rnatildi. To‘fangandozlar va to‘pchilar shu qalqonlar ortiga bekinib o‘q otishni mashq qildilar. Aravalar baland bir tepalikning etagiga — oldi nishab joyga keltirildi. Ular o‘z-o‘zlaridan yurib ketmasligi uchun g‘ildiraklarning tagiga yog‘och to‘siqlar tirab qo‘yildi. Harbiy mashqlar o‘tkazilgan kuni Bobur aravalar ortidagi tepalikda otliq turib, g‘ildiraklar oldidagi yog‘och to‘siqlarni birvarakayiga olishni va barcha aravalarni barobar yurgizib ko‘rishni buyurdi. Mulozimlar qatorida yurgan Tohir aravalar safining narigi chetiga ot choptirib borib, sarkardaning buyrug‘ini Mustafo to‘pchiga yetkazdi. Hamma piyodalar, to‘pchilar, zarbzan va barqzanlar* buyruqni bajarishga hozirlandilar. Hammaga ko‘rinadigan joyda turgan usta Aliqul: — Aravalar surilsin! — deb qichqirdi. Aravalar ba’zisi hadeganda o‘rnidan jilmadi, ba’zilari esa birdan tezlab ketdi. Aravalar safi egri-bugri bo‘la boshladi, ora-oraga bog‘langan tirkishlardan bir qanchasi uzildi, temir qalqonlar qulab tushdi. — To‘xtang! — buyurdi Bobur. — Mashqni takrorlating, janob Aliqulbek, toki birorta tirkish uzilmasin, birorta qalqon ham qulamasin! Odamlar terlab-pishib aravalarni yuqoriga sudrab chiqa boshladilar. Bu og‘ir ishdan ba’zi navkarlar o‘zlarini chetga olsa, o‘nboshilar ayamay so‘kar, hatto urar edilar. — Mashq paytida navkarni ayamang, — dedi Bobur Aliqulbekka. — Hozir ayasangiz jangda mag‘lub bo‘lib o‘lib ketur. Bobur tepalikdan tushib, daryo tomonga yo‘l oldi. U yoqda fil o‘tolmaydigan chuqur xandaqlar qazilgan, endi ba’zi joylarga shox-shabba bosib, ihota yasashmoqda edi. Xizmati yuzasidan Boburga ergashib, uni qo‘riqlab yuradigan Tohir xandaqlar va shox- shabbalarga qarab o‘zicha o‘ylandi: «Shuncha tayyorgarliklarga yarasha yog‘iy to‘g‘rimizdan kelsa yaxshi-ya! Agar shaharni aylanib o‘tib orqadan kelsa hammasi behuda-da!» Biroq shaharning narigi tomoniga borib kelgan chig‘dovullar u yoqdagi botqoqlik va changalzorlardan katta qo‘shin o‘tolmasligini aniqlab keldilar. O‘ng tomonda Jamna daryosi. Chapda Panipat shahrining aholisi tig‘iz mahallalari. Ibrohim Lodi bu mahallalarni qo‘shiniga toptatib, shahar oralab kelmas. Demak, uni faqat to‘g‘ridan kutish mumkin. Lekin salkam o‘n barobar katta kuch bilan kelayotgan yovga bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling