Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
263 bo‘lgan nobakor jazolanmog‘i kerak! To‘fangandozlar otlanib, o‘rmonni aylanib o‘tsinlar! To‘fangandozlar shosha-pisha otlanib, aylanma yo‘l izlay boshladilar. Ammo hammayoq changalzor, botqoqlik edi. — Qani, Hindubek, endi bizga siz rahnamolik qiling! — Bosh ustiga, hazratim! Hindubek kechki payt ularni keng bir ko‘klamzor vodiyga boshlab chiqdi. Behad charchagan Bobur shu ko‘kalamzorga chodir tikdirdi. O‘rmonda kiyimlari tirnalib yirtilgan, otlari loyga belangan to‘fangandozlar La’l Chandni topolmay qaytdilar. Shuning ustiga Laxo‘rdan amir Davlatxon, uning o‘g‘li Dilovarxon ellik-oltmishta mulozim va navkarlari bilan Boburning qarorgohiga yaqinlashishdi. Dilo- varxonning avvaldan xayrixohligini yaxshi biladigan Bobur xirgohda uni o‘rnidan turib kutib oldi va o‘ng tomonda o‘tirgan e’tiborli beklari orasidan joy ko‘rsatdi. — Janob Dilovarxon, padari buzrukvoringiz nechun ittifoqni buzib, bizga yog‘iylik maqomida qilich qayramishlar? — Hazrati oliylari, otamni og‘am G‘ozixon yo‘ldan urdi. «Yot qo‘shin kelsa Laxo‘r bizdan ketadi, bular ham bizga Ibrohim Lodiyday dushman», deb ishontirdi. — Shuning uchun Davlatxon aldamchi rahnamo yuborib, bizni o‘rmon ichida adashtirgan ekan-da? — Ammo bu fitnadan otamning xabarlari yo‘q, hazrati oliylari! Bu — G‘ozixonning ishi. Agar otam shunday qilganlarida bu yerga o‘zlari kelmas edilar. Laxo‘rda qon to‘kilmasin deb, sizdan inoyat istab keldilar. — Bizning inoyatlarimizga faqat siz munosibsiz, janob Dilovarxon! Ammo otangiz qilmishlariga yarasha jazo olgusidir! — Bobur shig‘ovulga yuzlandi: — Davlatxon so‘nggi paytlarda bellariga ikkita qilich taqib yurgan emish. Qani, o‘sha qilichlarini biz ham bir ko‘raylik... Har ikki qilichni bo‘yniga osib kiritinglar! Ko‘p o‘tmay ikki zo‘r navkar oppoq soqolli keksa Davlatxonni ikki bilagidan mahkam ushlab chodirga olib kirdi. Chol navkarlarning qo‘lidan bo‘shamoqchi bo‘lib asabiy siltanar, uning bo‘yniga osilgan ikkita uzun qilich ko‘kragiga urilib selanglar edi. Davlatxon Boburga alam bilan tikilib dedi: — Podshoh hazratlari, men asir olingan emasmen, o‘zim keldim! Bu qanday shafqatsizlik? — Siz mendan elchi bo‘lib borgan Hindubekni tuttirmoqchi bo‘libsiz! Agar niyatingizga yetganingizda Hindubek omon qolmas edi! Keyin biz ham changalzorda balchiqqa botib, G‘ozixonning qopqonida jon berarmidik? Bizga shafqat qilganlaring shumi? Shaf- qatsizlarga biz ham shafqatsizmiz! — Bobur shig‘ovulga buyurdi: — Bu odam oilasi bilan birga Laxo‘rdan Bhiraga badarg‘a etilsin. Bhiraning Milvat qo‘rg‘onida hibsda saqlansin! Bo‘shashib hech narsa deyolmay qolgan Davlatxonni olib chiqib ketdilar. _____________ * I s k a n d a r L o d i — Ibrohim Lodining otasi. 1517-yilda o‘lgan. * K sh a t r i y — hindlardagi asosiy to‘rt tabaqaning biri, harbiylar. 2 Kuz va qish o‘tib borayotgan bo‘lsa ham, daraxtlar yashil libosini yechmas, «dun» deb ataladigan bag‘ri keng, sayhon Hind vodiylari yil bo‘yi bahordagiday ko‘kalam bo‘lib turar edi. Jamna daryosi bo‘ylab janubga tomon harakat qilib borayotgan Bobur qo‘shini Dehlidan ellik chaqirimcha shimoldagi Panipat shahriga kelib to‘xtadi. Dehli sultoni Ibrohim Lodi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling