Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
271 Oldinda baland darxtlar orasidan bo‘y cho‘zib chiqib turgan yonlari qirrador minora ko‘rindi. — Qutb Minora! — dedi Hindubek. Humoyun minora oldida otdan tushdi, so‘ng beklar bilan minoraning tepasiga chiqdi. Minoradan yuz qadamcha narida terak bo‘yi keladigan yolg‘iz bir qora ustun ko‘rindi. Usta atrofida odam ko‘p edi. — Bu nedur? — so‘radi Humoyun Hindubekdan. — Bu ustun yaxlit temirdan yasalgan. Bilganlarning aytishicha, uch yuz yildan beri turgan emish. Kimki ustunni quchib, ilkini bir-biriga tekkizolsa, o‘ylagan murodi hosil bo‘lar emish. Shu vaqtgacha o‘zini bosiq tutib kelayotgan Humoyun endi o‘smirlarcha bir qiziqish bilan: — Qani ko‘raylik! — dedi va chaqqonlik bilan zinadan chopib tushib ketdi. Temir ustun atrofidagi odamlar shahzodani ko‘rib, o‘zlarini chetga oldilar. — Janob Hindubek, qani, ustunni ne tavr quchish kerak? Ustunning tepasi va pasti qorayib ketgan. Faqat o‘rtasi — behisob odamlarning qo‘l va yelkalari tekkan joy oppoq bo‘lib, ma’dani yiltirab chiqib turar edi. Hindubek ustunga teskari turib, yelkasini unga tiradi-da, qo‘llarini orqaga cho‘zdi. Ustun ancha yo‘g‘on edi. Hindubek uni teskari quchib qo‘lini bir-biriga cho‘zdi, lekin yetkizolmadi. Butun kuchi bilan chirandi, baribir qo‘li qo‘liga tegmadi. Buni ko‘rganlar xaxolab kula boshladilar. Humoyun ham kula-kula Hindubek uddalay olmagan ishni qilib ko‘rdi. Lekin u ham qo‘lini qo‘liga tekkizolmadi. Bek va navkarlaru yana besh-oltitasi kuch sinab ko‘rdi. Shulardan faqat bittasi — qo‘llari uzun, o‘zi ozg‘in sa-marqandlik yigit — ustunni teskari quchib, qo‘lini qo‘liga tekkazishga muvaffaq bo‘ldi. Humoyun unga bir siqim kumush tanga mukofot berdi. * * * Dehlida to‘p-to‘p bo‘lib aylanib yurgan g‘oliblar orasida yog‘li o‘lja izlayotganlari ham bor edi. Sind daryosining bo‘yidan Bobur askarlariga qo‘shilib kelgan Yor Husaynbek ilgari Xaybar dovonining janubida yo‘lto‘sarlik qilgan qaroqchilardan edi. Hozir uning navkarlari shahar chetidagi bir ibodatxonaga kirishib, hindlar sig‘inadigan xudolarning haykallariga o‘rnatilgan qimmatbaho toshlarni ko‘chirib olishga tushdilar. Devorlari oq-sarg‘ish marmardan ishlangan ibodatxonada keksa bir barahman* ko‘zlariga yosh olib, buddaning ulkan tosh haykalidan najot so‘ramoqda. Ibodatga kelgan ayollar, chollar, o‘smirlar, xudolari oldida bosh egib jim turishibdi. Yor Husaynbekning navkarlari esa to‘rt qo‘llik xudo Shivaning baland haykaliga narvon qo‘yib chiqishgan, Shivaning peshonasiga katta qizil holga o‘xshatib o‘rnatilgan yoqutni xanjar bilan kavlab olishga urinishardi. Shu hodisaning ustiga kelib qolgan Humoyun nar-vondagi navkarga qahr bilan qichqirdi: — Podshoh hazratlari nomidan buyuramen. Haykalga tegma! Tush pastga! Yor Husaynbek nimqorong‘i ibodatxona ichida Humoyunni avval tanimadi: — Kofirlarning haykalini himoya qiladigan podshong o‘zingga! — dedi-da, narvondagi navkarga buyurdi: — Olaver! Navkar xanjar bilan haykalning peshonasini kavlashda davom etdi. Shunda Humoyun otgan yoy o‘qi uning bilagiga tegdi. Xanjar yerga tushib ketdi. Navkar bilagini changallaganicha orqaga o‘girildi. Yor Husaynbek qilichini sug‘urib: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling