Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
274 ovqat yeb, boshqa er qilmay, to o‘lguncha azob-uqubatda yashashi kerak edi. Mabodo kelinchak bunday zabun hayotni o‘ziga munosib ko‘rmasa, sati odatiga bo‘ysunib, erining mur-dasi bilan birga olovda yonib ketishi kerak edi... Keksa barahman jasadning tagidagi o‘tinlarga birdan o‘t qo‘yib yubordi. Maxsus moy sepilgan o‘tin lovillab yonib ketdi. Kelinchak olov ichida qolayotgan jasadga qarab bir talpindi-yu, lekin joni shirinlik qilib, orqaga chekindi. Bobur Hindubekka yuzlandi: — Nahotki shunday go‘zal kelinchak o‘zini olovga tashlasa? Bu ne jaholat?! Barahmanga bizning buyrug‘imizni ayting! Kelinchakni olib ketsin! Hindubek otini chu-chulab barahman bilan kelinchakka yaqinlashdi-da, hindchalab bir narsalar dedi. Kelinchak Boburga tez o‘girilib qaradi: — Fotihlarning podshosi shumi? Mening erimga Shivaning olovini shu odam sochganmi? — kelinchak ikki qo‘lini Bobur tomonga cho‘zdi: — Agar senda Shivaning qudrati bo‘lsa erimni tiriltirib ber! O‘shanda men ham tirik qolurmen! Sen Shiva bo‘lsang, endi bizga rahm qil! Tiriltir! Hindubek bu iltijoni tarjima qilganda Bobur sarosima bo‘lib: — Hushi joyidami? — dedi. — Men Shiva emasmen! O‘lgan odam endi tirilmagay! Kelinchakni qutqaring! Bu gaplarning tarjimasini eshitgan kelinchak birdan g‘azablanib qichqirdi: — Shiva bo‘lmasang, nechun yolg‘on ovoza tarqatding? Nechun mening erimni o‘ldirding?! Endi mening o‘limimga ham sen sababchi bo‘lursen! Kelinchak olovga yaqinlashar ekan, Bobur Hindubekka: — Ushlang, ushlang! — dedi. Hindubek ot ustidan kelinchak tomonga intilib, uni o‘ngarib olmoqchi bo‘ldi. Ammo kelinchak Boburga qarata: — Ket bosqinchi! Yo‘qol! Yurtingga ket! — deb qichqirdi-da, Hindubekka chap berib, o‘zini olovga otdi va erining yonayotgan jasadini quchoqlab oldi. Lovullab yonayotgan olov darhol kelinchakning harir kiyimlariga va yelkasida yoyilib yotgan qora sochlariga ilashdi. Bobur uning olov ichida achchiq og‘riqdan chinqirib yuborganini eshitdi, shunda ham jangchi erining jasadini quchog‘idan qo‘ymayotganini ko‘rdi-yu, larzaga kelib, otini orqaga burdi. U Jamnaning sokin qo‘ltig‘ida langar tashlab turgan ikki oshiyonlik kemaga tomon otini yeldirib borayotganda orqadan esgan shamol olovda kuygan odam tanasining ko‘ngilni aynitadigan chuchmal hidini olib keldi. Kemaning pastki qavatida bakovul va oshpazlar podshoning tushlik taomi uchun kabob pishirmoqda edilar. Bobur kemaning «tolor» deb ataladigan boloxonasiga ko‘tarilayotganda, mang‘alda pishayotgan kabobning tutuni va hidi boyagi olovning chuchmal hidini eslatdi-yu, birdan ko‘nglini behuzur qildi. U bakovulga o‘girilib: — Mang‘alni o‘chirtiring! — dedi. — Hazratim, sizga tushlik... — Tushlik kerak emas. — Ammo kechqurungi ziyofat... — Ziyofat qoldirilsin!.. Bobur g‘amgin yuz bilan tolorga bir o‘zi chiqib keldi. Hademay pastki qavatga ham jimlik cho‘kdi. Shu jimlikda o‘zini olovga tashlagan kelinchakning chinqirig‘i go‘yo qayta eshitila boshladi... Panipatdagi harbiy g‘alaba bu chinqiriq ta’sirida Boburga ma’naviy mag‘lubiyatdek tuyulib ketdi. Shiva haqidagi rivoyatdan siyosat uchun foydalangani ilgari harbiy ishda xatarli asnoda joiz bir choradek ko‘ringan bo‘lsa, endi olovda yongan go‘zal kelinchak buning qanchalik g‘ayriinsoniy shafqatsizlik ekanini uning ko‘ziga baralla |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling