Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
282 Shunday bo‘lsa ham u issiqdan behalovat bo‘layotganini ketidan ergashib kelayotgan beklariga sezdirmas edi. Chunki bu beklar o‘lja tushgan xazinalardan katta-katta ulushlar olgandan beri salqin joylarga ketib, rohat-farog‘atda yashashga intilishar, Agra va uning atrofida yangidan imorat qurib, bog‘-rog‘ qilishga toqatlari yo‘q edi. Kobul va G‘azni kabi salqin joylarga tezroq qaytib ketishning yo‘lini izlayotgan beklardan biri marg‘ilonlik Xo‘ja Kalonbek edi. Bobur unga uzun oq yaktak kiygan, kichkina oq salla o‘ragan mo‘ysafid me’morni ko‘rsatdi-yu: — Tanidingizmi? — dedi. — Andijonlik mavlono Fazliddinmi? — Ha, Kobuldan biz bilan ketma-ket kelsin deb tayinlagan edim. Sangtarosh o‘g‘li bilan yetib kelib, mana shu bog‘ning tarhini chizdi. Shundoq keksa odam chidagan issiqlarga nahotki biz bardosh bera olmasak? — Lekin mijoziga issiq to‘g‘ri kelmaydigan odamlar ham bor-da, hazratim. Kechagi bodi samumda* mening navkarlarimdan uchtasi tap-tap yiqilib jon berdi. — Ajali yetgan bo‘lsa, samum bir sabab bo‘lgan, xolos, — dedi Bobur va ta’zim qilib peshvoz chiqqan mavlono Fazliddinga yuzlandi. — Hormang, mavlono... Qani arzingiz bo‘lsa eshitgali keldik. — Arzim shuki, hazrati oliylari, bizga fil bilan ishlaydigan filbonlar kerak. Bog‘ o‘rtasidagi marmar qasr uchun Dehalpurdan juda og‘ir toshlar olib kelmoqchimiz. Bunday toshlarni katta arobalarga faqat fillar ortib berishlari mumkin. Bobur Panipat jangida filbonlari bilan asir olingan suruv-suruv fillarni esladi. So‘ng devonxonaga ishga olingan hindistonlik maslahatchisi Malikdod Koroniyga yuzlan-di: — Janob Koroniy, harbiy fillarni mehnatga o‘rgatish mumkinmikin? — Mumkin, hazratim. Fil juda ziyrak jonivordir. Filbonlardan eshitganim bor. Fillar qonli janglardan ko‘ra osuda mehnatga tezroq o‘rganar emishlar. — Bizning qo‘shinlar fil yordami bilan jang qilishga odatlangan emaslar. Shuning uchun Panipatda o‘lja olingan harbiy fillarni qurilishlarda ishlatmoq mumkin. Janob Koroniy, bu farmonni shu bugunoq barcha filbonlarga yetkazing! — Jonim bilan. Koroniy buyruqni tezroq bajarish uchun hozir ketmoqchi edi, Bobur uni to‘xtatdi: — Yana shaharu qishloqlarga maxsus tavochilar yuboring. Biz Ibrohimdan o‘lja olingan boyliklarni obodonchilik yo‘lida sarflamoqchimiz. Shuni barcha viloyatlarga ma’lum qiling. Qurilishlarda ishlash uchun sizga o‘n besh ming korgar yetarlikmi, mavlono? — Yetarlik. Lekin hazratim marmar qasr bilan tosh voyin*ni bir yilda qurib bitirishni buyurgan edilar. Sangkorlik — tez bo‘ladigan ish emas... — Sangtaroshlarni ko‘paytirsak-chi? — dedi Bobur. — Men ham shuni iltimos qilmoqchi edim. Hindis-tonning havosiga Hirotu Samarqanddagi g‘ishtu koshindan ko‘ra toshu marmar mosroqdir. — Hozir qurilishlarimizda qancha sangtarosh usta bor, mavlono? — Agraning o‘zida olti yuz sakson sangtarosh ishlatmoqdamiz. Sekrida, Dehalpurda, yana boshqa joylarda— jami ming to‘rt yuz to‘qson bir sangtarosh... — Bu oz emas! — dedi Bobur. — Bobokalonimiz Amir Temur Samarqandda eng katta imoratlar qurdirganda turli mamlakatlardan ikki yuz sangtarosh borib ishlagan ekan. Tarixchi mulla Sharafiddin* buni favqulodda maqtab ta’riflagan ekanlar. Lekin Hindiston hunarpeshalarga shu qadar boyki, biz yuzlab emas, minglab usta-sangtaroshlarni ishga taklif etishimiz mumkin. Janob Koroniy, bizning qalamravimizdagi barcha shaharlarga jarchilar chiqaring. E’lon qilsinlarki, bizning qurilishlarimizga kelib ishlaydigan korgaru ustalarga istaganlaridan ham ziyoda haqlar to‘lanur, imtiyozlar berilur. Dinu millat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling