Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
280 xonasida xastalarday shiftga tikilib yotgan edi. Yo‘lda issiqdan terlab-pishib kirgan nevarasiga yonidan joy ko‘rsatdi-yu, majolsiz bir ahvolda o‘rnidan turib o‘tirdi. Nevarasining bo‘g‘riqqan yuzlariga qarab hol-ahvol so‘rashdi. Yoz bu yil har yilgidan ham issiq kelganini aytdi. — Fotihlar issiqqa bardosh berolmay o‘layotgani rostmi? — deb so‘radi. — Birda-yarim o‘layotganlari bor, — dedi Bahodir. — «Hindistonda turmaymiz, salqin joylarga qaytib ketamiz» deyayotganlari-chi? — Podshohlari ketgani qo‘ygaymi? Ko‘pchilik uning izmidan chiqmas ekan. O‘zi ham juda gapga usta notiq odam ekan. «Ketamiz», deb yurganlarni saroyga to‘plab, shunday bir gaplashdiki, hammasi jim bo‘lib qoldi. — Sen otangning qotilini... maqtayapsanmi? Bahodir eshikka xavotirli ko‘z tashlab qo‘ydi. U o‘zi bilan birga kelgan hamrohlaridan xavotirda edi. Buni sezgan malika ovozini pasaytirib so‘radi: — Ketingga odam qo‘yganlarmi? — Ha, hech kim bilan yakkama-yakka gaplasholmayman. Hamisha yon-verimda qo‘riqchilar... Yomonlasam, darrov yetkazadiganlar ko‘p. — Qo‘rqma, bu xonada faqat biz ikkalamiz... Ilgari bizga xizmat qilgan odamlardan saroyda hech kim bormi? — Otamning vaziri Malikdod Koroniy bor... Ke-yin... bizning kutubxonada ishlagan to‘rtta olim ham xizmatga olindi. Bilishimcha, Bobur hindistonliklarni o‘ziga el qilmoqchi, ularni ishonchini qozonmoqchi. Shuning uchun otamning barcha oshpazlarini saroyga to‘plab, to‘rttasini o‘zi uchun tanlab olibdi. — Shu bizning oshpazlar pishirgan ovqatlarni Bobur ham yermishmi? — Ha, ko‘rganlardan eshitdim. Bobur hindistoniy taomlarni yeyish bilan ham o‘zini bizning elga yaqin ko‘rsatmoqchi bo‘lsa kerak. Malika ilgari o‘zining itoatida bo‘lgan o‘sha to‘rtta oshpazdan birortasini qo‘lga olish mumkinligini o‘yladi-yu kutilmagan bir bardamlik bilan o‘rnidan turib ketdi. Uning qalbini o‘rtab yurgan qayg‘u-alamlar endi birdan yangi yo‘l topganday bo‘ldi. Zo‘r intiqom tuyg‘usi uning xayollarini bir nuqtaga to‘plab, vujudiga kuch-quvvat berganday bo‘ldi. «Agar Bobur o‘ldirilsa, uning odamlari bu yerda turolmaydi: ketadi, mamlakat yana o‘zimizga qoladi!» degan o‘y ham uning oshpazlarini qo‘lga olish haqidagi qarorini mustahkamladi. Malika og‘zini nevarasinnig qulog‘iga yaqinlashtirib so‘radi: — O‘sha oshpazlarni sen ko‘rdingmi? — Ko‘rdim. — Ularning orasida Ahmad choshnagir yo‘qmi? Bahodir buvisining avzoyi o‘zgarganidan allanechuk cho‘chib: — Yo‘q, — dedi. — Ahmad choshnagir Agradan Atovaga ketgan. Malika Bahodirning eshikka yana xavotir bilan ko‘z tashlab qo‘yganini ko‘rdi-yu, kinoyaomuz iljaydi: «Bu nevaram bo‘shroq, ayg‘oqchisi ham ko‘p ekan, sir berib qo‘ysa juvonmarg bo‘ladi, men ham niyatimga yetolmayman», dedi o‘zicha va ko‘nglidagi qaltis niyatni unga bildirmay gapni boshqa yoqqa burdi: — Bizga shunchalik sodiq ko‘ringan odamlar hozir dushmanlarimizga xizmat qilyapti-ya! E, bevafo dunyo! Malikdod Koroniy ham, oshpazlar ham hammasi sotilgan! Lekin sen... dushmanlar bilan til uchida murosa qilu dilingni otangga sodiq tut! — Hali ham shunday, buvijon! — pichirlab dedi Bahodir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling