Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
* * * Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
* * *
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 281 Nevarasi ketgandan keyin malika Bayda xastalik to‘shagini yig‘ishtirdi, ilgarigi fig‘on chekishlar va qarg‘ashlarni ham bas qildi. Uning fikru zikri — eng sadoqatli va tadbirkor odamlarini ishga solib, Boburni zaharlab o‘ldirishga qaratildi. Malikaning atrofida fotihlardan qasos olishga tashna odamlar ko‘p edi. Bobur askarlari bilan to‘qnashuvlarda birining akasi, birining inisi o‘lgan, biri ilgarigi makoni va mavqeidan ajralib xonavayron bo‘lgan... Malika ana shunday qasoskorlarning eng ishonchlilarini izlay boshladi. Bobur ishga olgan to‘rt oshpazdan birining yolg‘iz inisi Panipat jangida halok bo‘lgan edi. Malika zimdan surishtirib buni bilganda quvonib ketdi. Biroq o‘zi bu oshpaz bilan bevosita aloqa qilishni lozim topmadi. Chunki malikani hamma taniydi. Bobur odamlari sezib qolishlari mumkin. Ilgari sulton Ibrohimning saroyida bu oshpazlar bilan birga ishlagan va ularga qadrdon bo‘lib qolgan eng ishonchli odam — Atovaga ketib qolgan Ahmad choshnagir edi. Malika Agradan ancha uzoq bo‘lgan Atovaga maxsus odam yuborib, Ahmad choshnagirni o‘z huzuriga taklif qildi. Ahmad choshnagir Agradagi hovlisi va molu mulkidan ayrilib fotihlarga qarshi g‘azabga to‘lib yurar edi. Malika Bayda uni o‘z parganasiga ishga oldi, uy-joy va maosh berdi, so‘ng asta-sekin ko‘nglidagi niyatini aytdi. Ahmad choshnagir avval «uddalay olmayman» deb qo‘rqdi. Lekin malika unga dalda berdi, «inisi Panipatda o‘ldirilgan oshpaz bilan gaplashib bersang bo‘ldi, qolgan ishni o‘zimiz qilamiz», dedi. Ahmad choshnagir saroyga qanday kirishni bilmas edi. Buning yo‘lini ham malika o‘zi topdi. Malika Bayda nevarasidan xabar olish uchun saroyga borishi mumkin edi. Malika nafis shohi va parchalardan sovg‘alar tayyorlatdi, so‘ng bu sovg‘alarni Ahmad choshnagirga ko‘tartirib saroyga bordi... Malika podsho qabuliga kirib chiqquncha Ahmad choshnagir eski qadrdoni bo‘lgan o‘sha oshpazni topgan va u bilan ertasi kuni saroydan tashqarida uchrashishga kelishgan edi. Oradan bir haftacha o‘tgach, Ahmad choshnagir oshpaz bilan til biriktirganini malikaga kelib aytdi. — U ham kelgindilarni daf qilishning yo‘lini bilmay yurgan ekan. Podshohlari o‘lsa hammasi daf bo‘ladi deb ishontirdim! — Agar hamma ish o‘ylaganimizday bo‘lsa, otasining taxtini Bahodirjon oladi. O‘shanda sizga katta bir pargana beramiz. Oshpaz ham katta mukofot oladi. — Ilohim shu niyatimizga yetaylik! Vatanimiz berahm fotihlardan xalos bo‘lsin! — Omin! Ahmad choshnagirning saroy oshpazi bilan kelishuviga binoan, Boburning ovqatiga solinishi kerak bo‘lgan zaharni malika o‘zining eng ishonchli bir kanizidan berib yuborishi kerak edi. Endi ular mana shu nozik ishni qaysi kanizga topshirishni o‘ylay boshladilar... 2 Uch oydan beri muttasil ko‘tarilib borayotgan jazirama issiqlar hindcha ashora deb ataladigan to‘rtinchi oyga* kelib juda avjiga chiqib ketdi. Yomg‘ir faslining boshlanishiga hali salkam bir oy bor. To‘rt oydan beri nam ko‘rmay qurib yotgan yer issiqning zo‘ridan tars-tars yorilib ketgan. Jamna daryosining chap qirg‘og‘iga — ilgarigi tashlandiq yerlar va chakalakzorlar o‘rniga qurilayotgan Zarafshon bog‘ida hali soya joylar kam. Bobur qurilishni otliq aylanib ko‘rar ekan, uzangi temirining issig‘i etikdan o‘tib, oyog‘ini jizillatib uzib olayotganini sezadi. Oltin qoplangan egarning oftobda yaltirayotgan qoshini ushlaganda cho‘g‘ni ushlaganday bo‘lib, qo‘li kuyar edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling