Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
AGRA
YO HAYOT, YO MAMOT 1 Ibrohim Lodining onasi malika Bayda Panipat jangida o‘ldirilgan o‘g‘li uchun aza tutib, boshdan-oyoq oq kiyinib yurar edi. Oraga qo‘yilgan odamlar unga istagan parganasini berib, Agrani jangsiz topshirishga ko‘ndirdilar. Malika qo‘rg‘on darvozalarining kalitini Jamna bo‘yida Boburga topshirayotganda ko‘zlaridan tirqirab yosh chiqib ketdi. Bobur bu salobatli kampirning keng peshonasi va bir-biriga qo‘shilgan qoshlarini qaerdadir ko‘rganday bo‘ldi. So‘ng birdan Panipat esiga tushdi. Jang tugagandan keyin bir bek minglab o‘liklar orasidan Ibrohim Lodining jasadini izlab topgan va boshini kesib olib, uzun nayzaga sanchib Boburga keltirib ko‘rsatgan edi. Endi qirq yoshlarga borgan Ibrohim Lodining keng peshonasi va payvasta qoshlari ham xuddi onasinikiga o‘xshar edi. Boburga bir lahza shunday tuyuldiki, go‘yo Ibrohim Lodi to‘satdan tirilib, onasining qiyofasiga kirib kelgan. Bobur allanechuk sarosima bo‘lib: — Malika, yig‘lamang, — dedi. — Bizdan yana qanday tilagingiz bo‘lsa ayting? Malika Bayda ko‘z yoshini kafti bilan tez artdi: Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 279 — Menga boshqa ozor bermasalar bo‘ldi. Bobur mulozimlari tomonga yuzlandi: — Minba’d malikaga hech kim ozor bera ko‘rmasin, hamma uni mo‘’tabar onamizdek ehtirom qilsin! Mulozimlar bu topshiriqni ta’zim bilan qabul qildilar. Malika ham bosh egib, minnatdorchilik bildirgan bo‘ldi. Ammo uning yig‘idan namlangan ko‘zlari po‘lat tig‘ning sovuq jilosini eslatib nafrat bilan yaltirab ketganini hech kim ko‘rmadi. Malika Bayda o‘g‘lining kushandasini kechiradigan onalardan emas. Panipatdan mudhish xabar kelganda malika uchun osmon o‘pirilib yerga qulaganday bo‘lgan edi. U o‘g‘lini so‘nggi marta ko‘rishni istar, uning jasadini o‘z qo‘li bilan tuproqqa qo‘yib, qabrini quchoqlab yig‘lasa — ko‘ngli xiyol taskin topadiganga o‘xshar edi. Shuning uchun malika eng ishongan odamlarini Panipatga yuborib, Ibrohimning jasadini topib kelishni buyurgan edi. Lekin Agra bilan Panipatning orasi uch-to‘rt kunlik yo‘l. To o‘lim xabari Agraga yetib kelguncha, so‘ng Agradan malika yuborgan odamlar Panipatga borguncha oradan bir haftacha o‘tgan, ungacha o‘liklarning bir qismi ko‘mdirilgan, bir qismi mechkay quzg‘unlar suyaklarigacha tozalab yeb ketgan edilar... Malika Bayda yuborgan odamlar sulton Ibrohimning jasadini topolmadilar, faqat jang kuni uning kallasini nayzaga sanchib Boburga eltib ko‘rsatganlari haqida xabar topib keldilar... O‘g‘lining jasadi qanday xor bo‘lganini eshitgan onaning qayg‘u-alamlari avvalgidan o‘n hissa oshdi. U hatto joynamoz ustida namoz o‘qib o‘tirganda ham: «Ibrohimjon, endi bu olamda sening qabring ham yo‘q, xudo menga jasadingni ham ko‘p ko‘rdi! — deb nola qilar: — Ilohim, senga o‘lim keltirgan Boburning o‘zi o‘lsin, bundan ming hissa ortiq xor bo‘lib o‘lsin!» — deb qarg‘ar edi. Malikaning kanizlari va xizmatkorlari ko‘cha-ko‘ydan unga taskin beradigan gaplar topib kelishardi. Boburning askarlari yem-xashakdan qiynalib, dehqonlarning ekinlarini otlariga yedirgan ekan, dehqonlar g‘alayon ko‘tarib, navkarlardan bir qanchasini bolta va panshaxalar bilan urib o‘ldiribdi. Fotihlarni Hindistonning issiqlari ham juda qiynab qo‘ygan emish. Salqin tog‘ havolariga o‘rgangan ot va odamlar bu yerning ayovsiz issig‘iga bardosh berolmay o‘layotgan emish. Vabo va qora bezgak ham ularning saflarini siyraklashtirib qo‘yayotgan emish... Malika ovozalarning qanchalik rostligini Bobur saroyida xizmatda yurgan nevarasi Bahodirdan surishtirib bilmoqchi bo‘ldi. Bahodir hafta-o‘n kunda kelavermagach, malika «uni saroydan chiqarishmasa kerak», deb o‘yladi-yu, kanizini podshoh mahkamasiga yubordi. «Men betobman, nevaramga ruxsat bersinlar, meni kelib ko‘rib ketsin», degan ma’noda maktub yubordi. O‘n yetti yoshli Bahodir forschani va sanskritni yaxshi bilar, Bobur uchun zarur bo‘lgan ba’zi hujjatlarni tarjima qilar edi. Saroyda boshqa tarjimonlar ham bor edi. Bahodirga ko‘p ish buyurishmas edi-yu, lekin uni o‘zicha erkin ham qo‘yishmasdi. Bobur uni qattiq qo‘riqlab yurishni buyurgan edi. Bu qo‘riqchilar Bahodirni tashqi xatarlardan ehtiyot qilib yurganday ko‘rinsalar ham, aslida ular shahzodani «Ibrohim tarafdorlari tomondan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan biron fitnaga bosh qo‘shmasin» deb sinchiklab kuzatishardi. Shu sababli Bahodirni saroydan ko‘p chiqarishmasdi. Biroq eshik og‘a Muhammad Do‘lday malika Baydaning «Kasalman, nevaram kelib ketsin» degan mazmundagi xatini olgach, Boburning «Malikani mo‘’tabar onamizday ehtirom qiling» degan buyrug‘ini esladi-yu, Bahodirga javob berdi. Faqat uning yoniga avvalgidan ikki barobar ko‘proq navkar qo‘shdi-da, shu bugunoq qaytib kelishni tayinladi. Nevarasi kelganda malika Bayda daryo bo‘yidagi marmar ko‘shkning nimqorong‘i ichki |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling