Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
287 ketgaymen, bunga ishoning! Bobur Hirotga, Tabrizga, Balxga, Andijonu Toshkentga odamlar yuborgan, «kimda-kim bizga xayrixoh bo‘lsa Hindistonga kelsin, ulufalar berurmiz, ne istaklari bo‘lsa ado eturmiz» degan qadag‘a*lar yo‘llagan edi. Kobuldagi dorug‘alar keluvchilarning sarfu xarajatlari uchun maxsus mablag‘lar olgan edilar. — Bo‘lmasa, siz ham... qaerdaki qizilboshlar bilan shayboniyzodalardan bezgan olimu hunarmand, beku navkar ko‘rsangiz, bizning nomimizdan ayting, kelsinlar!— dedi u Xo‘ja Kalonbekka. — Jonim bilan ayturmen, toki mendek ketganlarning biri o‘rniga yuzi kelsin! Xo‘ja Kalonbek Boburga bu gaplarni chin dildan aytganday ko‘ringan edi. Ammo Hindistondan ketishga ijozat olgandan keyin Boburga o‘zini ayanch ko‘rsatib yalingani uchun alami keldi. U bek do‘stlari oldida ichgan qasamini qoyillatib bajarganini hammaga namoyish qilgisi, Hindda qolayotganlarni kuydirib ketgisi keldi-yu, Agrada yashagan uyining devoriga bir bayt she’r yozib qoldirdi: Agar bayxayri salomat guzar zi Sind kunam, Siyoro‘y shavam, gar havoyi Hind kunam*. Xo‘ja Kalonbekning uyiga ko‘chib o‘tgan Hindubek bir kun kechki payt bu she’rni yozib kelib Boburga ko‘rsatdi va baytni o‘qigan odamlar hamma joyda shov-shuv gap qilib yurganini aytdi. Bobur Xo‘ja Kalonning «Hech kim menga ergashmaydigan qilib ketgaymen!» degan so‘zlarini esladi-yu: — Bu kudurat nechun? — deb hayron bo‘ldi. — Nahotki, Xo‘ja Kalon boshqa beklarning ham Hinddan ketishini istasa? — Bilmadim, bu yerda qolgan beklarning fidoyiligi Xo‘ja Kalonbekning alamini keltirganmi? — Ha, o‘zi shunday fidoyi bo‘lolmaganining alami bu! — dedi Bobur va qarsak chalib munshini chaqirdi. Munshi kelguncha o‘rnidan turib, xonai xosning u burchagidan-bu burchagiga asabiy bir tarzda borib keldi. Bir ko‘ngli Xo‘ja Kalonning ketidan chopar yuborib, uni G‘azni hokimligidan bekor qilishga moyil edi. Lekin shuncha yillik qadrdonidan ayrilish, keyin G‘aznidagi vayron bo‘lib yotgan bandni tiklash uchun yana boshqa odam izlash tashvishi uni bu fikrdan qaytardi. Nima qilish kerak? Xo‘ja Kalonning she’ri Hindistondan ketgisi kelib yurgan beku navkarlarni battar qo‘zg‘atib qo‘yishi aniq. Agar bu bayt uchun Xo‘ja Kalon jazolansa, she’rning ta’siri yanada oshishi aniq. — Bu bayt devorga yozilganicha turibdimi? — so‘radi Bobur Hindubekdan. — O‘chirtirib tashladim. — Bekor qilibsiz, bek. Siz o‘chirganingizdan so‘ng bu bayt odamlarning xotirasiga yanada mahkamroq o‘rnashur, she’rning ta’sirini faqat she’r bilan kesmoq mumkin. Qo‘lida qalam-qog‘ozi bilan xipcha bo‘y, o‘rta yashar munshi ta’zim qilib kirdi. — Yozing! — buyurdi Bobur unga. Munshi gilam ustiga cho‘kka tushib, juzdonni tizzasiga qo‘ydi, qog‘ozni kafti bilan tekislab, yozishga tayyorlandi. Bobur badiha ohangida gapirdi: — Yuz shukr de Boburki, karimu g‘affor, Berdi senga Sindu Hindu kishvari bisyor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling