Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
285 Xo‘ja Kalonbek e’tirozga so‘z topolmay tasdiq ma’nosida bosh irg‘adi va dasturxonda turgan limu sharbatiga qo‘l cho‘zdi. Ular Dehlaviy haqida ilgari ham ko‘p so‘zlashgan edilar. Laxo‘r, Dehli va Agrada Dehlaviyning hind tilida bitgan qo‘shiqlarini musulmonlar ham, otashparast va budparastlar ham to‘yu tomoshalarda kuylab yurganlarining guvohi bo‘ldilar. Dehlaviy Boburdan ikki yuz yil oldin o‘tgan bo‘lsa ham uning g‘azallari, kuylari, qo‘shiqlari xuddi bugun bitilganday yangi va ta’sirli edi. Bobur Dehlaviyning Hindistondagi barcha ellarni ahillikka da’vat etib ketganini, agar bu mamlakat dinu millat nizolaridan baland tursa va tarix maydoniga yakdilu yaktan bo‘lib chiqsa, jahonning eng ulug‘ qit’asiga aylanishi mumkinligini ayta boshladi. Boburning bu gaplarni aytishdan maqsadi — Xo‘ja Kalonbekni Hindistonda olib qolish edi. Lekin Xo‘ja Kalonbek do‘stlari davrasida chog‘ir ichib o‘ltirganda: «Shu bu yil Hinddan ketmasam yuzim qora bo‘lsin!» — deb qasam ichgan edi. Endi u qasamxo‘r bo‘lib qolmaslik uchun ham Hindistondan ketishga intilmoqda edi. U Boburning nutqi va mantiqi juda zo‘rligini yaxshi bilar, Bobur keltirgan kuchli dalillarga jim turib quloq solar, lekin e’tiroz uchun qulay payt poylar edi. — Hindning qadimiy madaniyatini Beruniy qanchalik ulug‘lab yozganini bilursiz, — so‘zida davom etdi Bobur. — Bu elda iste’dodu salohiyat konlari hozir ham beadad. Faqat inqirozli davrlar bu konlarni berkitib ketmishdir. Biz bu konlarni qaytadan ochmog‘imiz mumkin. Hunarmandlar behisob. «Ish topib bersangiz qilg‘aymen», deb muntazir turgan qurur-qurur* zahmatkashi bor. Xazinalarini o‘zingiz ko‘rdingiz. Aholisiyu boyligining ulkanligini yana shundan bilsa bo‘lurki, bizda yo‘q raqamlar bularda bor. Yuz qurur — bir arb*. Yuz arbni qarb derlar. Yuz qarbni nil* derlar. Yuz nil — padam*. Birgina Dehli viloyatidan har yili davlat xazinasiga tushadigan daromad uch qururu oltmish to‘qqiz laku ellik ming tangadan ortiq. Bunday viloyatlar Hindistonda ozmi? Siz shu viloyatlardan qaysi birini ma’qul ko‘rsangiz, shunisini beraylik. — Hazratim, menga G‘aznini inoyat qilsangiz, marhamatingizdan umrbod minnatdor bo‘lur edim. — Yana G‘azni deysiz-a! G‘aznida nechog‘lik tangdastlik bilan kun kechirganlarimiz esingizdan chiqdimi? Mahmud G‘aznaviyning buzilgan bandini tiklaymiz deb, uddasidan chiqolmagan edik. Odam topsak, mablag‘ topilmas edi, mablag‘ topsak, yana biron narsa yetishmas edi. Bu yerda hammasi bor. Kuchu qudrat ummonday cheksiz! — Lekin bu ummon mendek... musofirni nom-nishon qoldirmay yutib yuborishidan qo‘rqamen! Xo‘ja Kalon «mendek musofirni» deb faqat o‘zi haqida gapirayotganday ko‘rinsa ham aslida u Bobur bilan kelgan barcha vatandoshlarini nazarda tutmoqda edi. «Bu ulkan mamlakatga bir urvoq ham bo‘lolmaymiz, katta xalqqa aralashib yo‘q bo‘lib ketamiz, undan ko‘ra oladigan o‘ljamizni olib, shimolga tezroq qaytib ketaylik», deb yurgan beklar yolg‘iz Xo‘ja Kalon emas edi. Bobur shuni o‘yladi-yu: — Maqsad nom-nishon qoldirish bo‘lsa, — dedi,— odam shu maqsadga o‘zini fido qila bilishi kerakmi yo‘qmi? Biz o‘rgangan salqin bog‘lar, ravon ariqlar bu yerda yo‘q. Uzum yo‘q, qovun yo‘q, yax yo‘q. Yaxshi ot yo‘q. Sulton Ibrohimdek podshoning saroyida shamu shamdon ishlatilmas ekan. Yuz-ikki yuz charog‘bon davtiylar tirik shamdon bo‘lib xizmat qilar ekanlar. Chap iliklariga sepoya bor chirog‘ni tutib, o‘ng iliklariga yog‘ solingan kaduni ko‘tarib, ulug‘lariga chirog‘ kerak bo‘lganda o‘trularida shamdonga o‘xshab turar ekanlar... Men buyurdimkim, hunarmandlarga bizning shamdonlaru qandillarni ko‘rsatib, shundaylarini yasatsinlar. Bir oy o‘tmay saroyga yetgulik shamdonu qandil tayyorlandi. Shamgarlik ham joriy etildi. Tok ektirdim, nasib qilsa hind uzumini ham yermiz. Bugun ko‘rib kelgan bog‘imizning o‘rni qanchalik besafo yerlar bo‘lganini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling