Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
273 qochirib yuborardi. Ko‘p ichib yotgan kunlari ertalab turib yo‘talsa balg‘amga qon aralashib chiqardi. Buni ko‘rgan hirotlik xos tabib Yusufiy: — Hazratim, o‘tinamen ichkilikni tashlang! — deya yalinardi. Boburning o‘zi ham uyqusiz behalovat bo‘lib yotgan kechalari «endi tashlamasam bo‘lmas», derdi. Lekin kunduz biron tashvishdan ko‘ngli g‘ash bo‘lsa yoki aksincha, kayfini chog‘ qiladigan yaxshi voqea yuz bersa, yana ichgisi kelib qolardi. Ayniqsa, ilk qadahlarni ichib, kayfi endi ko‘tarilib kelayotgan paytlarda beklari bundan keyingi ichkilik majlisga taklif qilsalar osonlikcha rozilik berib qo‘yardi. Bugun peshindagi o‘ltirishda ham xuddi shunday bo‘lgan, «kechasi kemada bazm qilurmiz» deb beklarni o‘zi ziyofatga taklif qilgan edi. Holbuki tushda ichilgan mayning g‘ubori haligacha tarqamasdan borlig‘ini lohas qilmoqda edi. Bobur mulozimlari va xos navkarlari bilan Jamnaga yaqinlashganda daryo bo‘yidagi ko‘kalam yalanglikda dafn marosimi o‘tkazayotgan barahmanlar, ayollar, keksa-yosh yuzdan ortiq odamlarni ko‘rdi. Bobur dafn marosimini yaqinroqdan kuzatmoqchi bo‘ldi- yu, otini o‘sha tomonga burdi. Panipatdagi jangning dahshatli tafsilotlarini eshitgan odamlar otliqlardan qo‘rqib, marosimni buzib qocha boshladilar. Bobur yaqin borganda yondirishga tayyorlab qo‘yilgan o‘lik oldida bitta motamsaro kelinchak, keksa ayol va munkaygan bir barahman chol qolgan edi. O‘tin ustida chalqancha yotqizib qo‘yilgan jasadning peshonasini to‘fangdan merganlarcha otilgan o‘q qoraytirib teshib o‘tgan edi. Bu rajput yigitni Bobur qaerdadir ko‘rganday bo‘ldi. Ha, Panipat jangidan bir kun oldin Humoyun Hamidxon degan afg‘on sarkardasini yengib, uning uch yuz navkarini asir olib kelgan edi. Ibrohim Lodi bilan bo‘ladigan jang hali oldinda. Uning qo‘shini sakkiz barobar ko‘p. Shuning tahlikasi ta’sirida Bobur asirlarga nisbatan ayovsiz bir siyosat ishlatganini esladi. Ibrohim Lodi qo‘shinlarida to‘fang yo‘q. Asir olinganlar ham to‘fangdan odamni otib o‘ldirish mumkinligini bilishmaydi. Ular ko‘proq hind xudolaridan bo‘lmish Shivaning qahridan qo‘rqishadi. Rajputlarning e’tiqodi bo‘yicha, agar Shiva astoydil g‘azablansa, ikki ko‘zidan tashqari peshonasida uchinchi ko‘z paydo bo‘ladi. Shiva kimgaki shu uchinchi ko‘zining qip-qizil olovini sochsa, o‘t tekkan odam til tortmay o‘ladi... Bobur mana shu diniy e’tiqoddan harbiy maqsadda foydalanmoqchi bo‘ldi-da, asirlardan yuztasini bir chetga saf qildirdi. Ularning qarshisiga yuzta to‘fangandozni qo‘ydi va yigirma qadam joydan o‘t ochishni buyurdi. O‘sha to‘fanglardan otib o‘ldirilgan asirlarning biri — peshonasidan o‘t tekkan mana shu yigit edi. Tirik qolgan asirlar to‘fangdan otilgan olovli o‘q odamni qanday o‘ldirishini umrlarida birinchi marta ko‘rib dahshatga tushdilar. Ulardan biri osmonga qo‘l cho‘zib: — O Shiva! Rahm qil, Shiva! — deb baqirdi. Bobur vahimadan titrayotgan yuzta asirga tarjimon vositasida murojaat qildi: — Ha, bizda Shivaning ko‘ziday shafqatsiz olov sochadigan qurol bor! Sizlarni hozir ozod qilgaymiz. Borib yurtdoshlaringizga aytinglar! Biz bilan urushganlar mana shu olovning zarbidan halok bo‘lurlar! Urushmay taslim bo‘lganlar sizlar kabi omon qolurlar! Tirik qo‘yib yuborilgan yuzta asir bu gaplarni shaharu qishloqlarga tarqatdilar. Hozir Jamna bo‘yida dafn etilayotgan jangchi yigitning yaqinlari ham uning Shiva olovini eslatadigan bir balodan halok bo‘lganini eshitgan edilar. Marhum jangchining yoshgina xotini o‘zini erining jasadi bilan birga olovga tashlab kuydirishga tayyorlanmoqda edi. Bobur sochlari yoyilib yelkasiga tushgan kelinchakning yuzida o‘lim sharpasini ko‘rdi-yu, hindlardagi sati odatini esladi. Agar kelinchak tirik qolsa, umr bo‘yi azadorlik kiyimida yurishi, kuniga faqat bir marta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling