Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
267 yaqinlashishini kutmoqda. Uning o‘ng qanotiga o‘g‘li Humoyun javobgar edi. Xo‘ja Kalonbek, Hindubek kabi eng sinalgan beklar barcha navkarlari bilan Humoyunning ixtiyoriga berilgan. Markazni to‘pchilar va to‘fangandozlar egallagan. Har ikki qanotning ikki chetida to‘lg‘ama uchun ajratilgan otliqlar tayyor turibdi. Ibrohimning harbiy fillar himoyasiga tayanib urushadigan qo‘shinida piyodalar ko‘pligi va saflar tig‘iz bo‘lishi ma’lum edi. Bunday hollarda Shayboniyxon tajribadan o‘tkazgan to‘lg‘ama usuli qo‘l kelishini Bobur yaxshi bilardi. U ham Shayboniyxonga o‘xshab to‘lg‘amaga ajratilgan askarlarga otlarning eng chopqirlarini saralab bergan edi. Tohir ichki beklar va xos navkarlar bilan birga podshohdan orqada turibdi. Boburning ikki yonini aloqachi beklar, yasovullar va choparlar egallaganlar. Bobur ularga ish buyurar ekan, ovozi ichki bir kuch va ishonch bilan jaranglab eshitilardi. «Shu odamning panohida necha qirg‘inlardan omon chiqding, — dedi Tohir o‘ziga-o‘zi tasalli berib. — Bobur mirzo bor ekan, senga hech nima qilmaydi». Daryo bilan shahar oralig‘ini to‘ldirib vahimali qora bulutga o‘xshab kelayotgan Ibrohim Lodining qo‘shini qarshisida harakatsiz tek turib kutish og‘ir edi. Ko‘pchilik bek va navkarlar fursatni boy berib qo‘yayotgandek sabrsizlanishar, lekin Bobur: — Hech kim buyruqsiz qo‘zg‘almasin! — deb hammani qattiq tutib turardi. Ibrohim Lodi Boburning qo‘zg‘almasdan kutib turganini, ikki orada yuzlab aravalardan yasalgan mustahkam devor va chuqur xandaqlar borligini ko‘rdi-yu, qo‘shinini to‘xtatdi. Lashkarboshilarni chaqirib, asosiy zarbani yovning o‘ng qanotiga berish va shahar tomondan aylanib o‘tish haqida buyruq berdi. Biroq yuz ming qo‘shinga to yangi buyruqni tarqatib, uni shahar tomonga burguncha ancha vaqt o‘tdi. Bobur darhol mana shu vaqtdan foydalandi. Uning buyrug‘i bilan to‘lg‘amaga ajratilgan ikki ming otliq joyidan qo‘zg‘aldi. Chopqir otlar yov qo‘shinining ikki qanotiga tegmay o‘tdi-yu, bexavotir kelayotgan orqadagi otliqlar va piyodalarga hamla qildi. Humoyun boshliq to‘rt ming otliq o‘ng tomondan yovning yo‘lini to‘sib chiqdi. Chap qanot ham jangga tushdi. Markazdagi aravalarning ora-orasidan to‘plar ustma-ust o‘q yog‘dira boshladilar. To‘rt tomondan yashin tezligida birvarakayiga qilingan hamlani tepadan kuzatib turgan Tohir Boburning sarkardalik tajribasiga o‘zicha qoyil bo‘lib qo‘ydi. U harbiy san’atni faqat do‘stlaridan emas, dushmanlaridan ham o‘rgangan edi. Bobur to‘p va miltiq ishlatishning ahamiyatini birinchi marta ittifoqdosh Shoh Ismoilga qarab bilgan bo‘lsa, to‘lg‘ama ishlatishda ashaddiy yovlari Shayboniyxon va Ubaydullaxonning tajribasini o‘zlashtirgan edi. U achchiq mag‘lubiyatlar jarayonida orttirgan barcha harbiy tajribalarini bugun go‘yo yagona bir mushtga tugib, maydonga ustalik bilan tashladi-yu, tashabbusni darhol qo‘lga oldi. Boburning butun rejasi — yov qo‘shinini to‘rt tomondan o‘rab olishga va qanotlarini ichkariga qayirib tashlashga qaratilgan edi. Lekin o‘rab olingan yov Bobur qo‘shiniga nisbatan yetti-sakkiz barobar ko‘p edi, chopqir otlar bahaybat fillarning bir zarbasidan yumalab yiqilib ketardi. Shu sababli Ibrohim Lodi askarlari hali o‘ngda, hali so‘lda Bobur qo‘shinining halqasini yorib chiqardi. Bobur yonida turgan aloqachi beklar va yaso- vullarni ketma-ket jang maydoniga choptirar, yovning qo‘li baland kela boshlagan qanotlarga markazdan ko‘mak yubortirar edi. U markazni yovga ataylab ochiq qoldirmoqda edi, chunki hali harakatsiz turgan aravalar va to‘fanglar markazga qo‘yilgan edi. Ikki tomondan va orqadan ustma-ust zarba berilavergandan keyin Ibrohim Lodining asosiy kuchlari va harbiy fillari markazga tashlandilar. Shunda Bobur aravalarning g‘ildiraklari tagidagi yog‘ochlarni olishni buyurdi. Yetti yuz arava joyidan qo‘zg‘alib yov qo‘shinining ro‘parasidan chiqdi. Aravalar ustidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling