Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
261 barglar qo‘yib bog‘lashgan, zahar badanga ko‘p tarqalmasligi uchun tizzasini ola chilvir bilan tang‘ib tashlashgan edi. Aravalar qo‘zg‘aldi. Fil mingan yo‘l boshlovchi yana oldinga o‘tib ketdi. Yo‘l yurganlari sari rutubat kuchayib, nafas olish og‘irlashib borar edi. Kun oqqanda Ravi daryosi tomondan yuztacha qurolli odami bilan Hindubek chiqib keldi. Xos navkarlar uni yaxshi bilishardi. Asli dehlilik sipohiylardan bo‘lgan Hindubek Ibrohim Lodi bilan kelisholmay bundan yetti yil oldin Kobulga borgan va Boburning xiz-matiga kirgan edi. Qirq yoshlardan oshgan bu yigit Boburning Hindistonga qilgan avvalgi yurishida ko‘p jasorat ko‘rsatgan edi. Boburga uning dovyurakligi bilan birga vatanidagi ichki parokandalikni tugatish yo‘lida ko‘p qon to‘kmaslikka, iloji bo‘lgan joylarni jangsiz olishga astoydil intilishi ham juda ma’qul tushgan edi. Hindubek turkiy, forsiy tillarni ham mukammal o‘rgangan, ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo‘lganligi uchun Bo-burning eng yaqin musohib beklari qatoriga kirgan edi. Bundan oldingi yurishda Kashmirdan oqib keladigan Jilom daryosi bo‘yidagi Bhira Hindubekning harakatlari bilan jangsiz olinganda Bobur bu obod viloyatga Hindubekning o‘zini hokim tayinlab, Kobulga qaytib ketgan edi. Hozirgi yurishda Bobur Laxo‘rni ham qon to‘kmasdan jangsiz olish umidida edi va Hindubekni vositachi qilib Laxo‘r amirlari bilan muzokara olib bormoqda edi. Bobur Hindubekni uzoqdan tanidi va u bilan yakkama-yakka gaplashish uchun otini yo‘ldan chetroqqa burdi. Hindubek otdan tushib, ta’zim qildi. — So‘zlang, bek! — Hazratim, Davlatxonning avzoyi buzuq. Meni tuttirmoqchi bo‘lganini sezib qochib keldim. — Nechun? Axir Kobulga o‘g‘li Dilovarxonni yuborib, biz bilan ittifoq tuzgan edi-ku. Men uni otam degan edim! Qancha yaxshiliklar qilgan edim. — Davlatxon hammasini unutgan. Beliga ikkita qilich taqib olgan. Men buning sirini o‘g‘li Dilovarxondan so‘rab bildim. Bir qilichni Dehli sultonni Ibrohim Lodiga qarshi taqqan emish. Ikkinchi qilichni sizga qarshi. — O‘g‘illari ham yog‘iylik maqomidami? — Dilovarxon sizga xohon, kelib mulozamat qilmoqchi, Laxo‘rni jangsiz bermoqchi. Otasi meni tuttirmoqchi ekanini Dilovarxon aytib, bir falokatdan qutqardi. Lekin katta o‘g‘li G‘ozixon otasi tomonida. — Olamxon-chi? — Olamxon Ibrohim Lodi bilan urushib mag‘lub bo‘lgandan beri qayta urushishga jur’ati yo‘q. Laxo‘rga borganingizda chiqib mulozamat qilishga so‘z berdi. Agar G‘ozixon shikast yesa, ko‘pchilik beklar bo‘yin egurlar, Laxo‘r jangsiz olinur. Lekin... hazratim, nechun Laxo‘rga bunday yomon yo‘llardan bormoqdasiz? — Panjoblik ittifoqdoshlarimiz peshvoz chiqargan rahnamo bizni shu yo‘lga boshladi. — Qani o‘shal rahnamo? Ijozat bering, men bir taftish qilib ko‘ray. Fil mingan yo‘lboshlovchini yana chaqirib keldilar. La’l Chand filini changalzorga yaqinroq bir joyda to‘xtatdi va yana juftlangan qo‘lini peshonasiga qo‘yib, egilib salomlashdi. Hindubek ham kaftini juftlab, peshonasiga tekkizdi-da, o‘zini osoyishta tutib, hindcha gapirisha boshladi: — Asli qayerliksiz? — Agralikman, sohib. — Panjobga qanday kelib qolgansiz? — Ish izlab kelganman. — Shunday zo‘r filingiz bor ekan, Ibrohim Lodi sizga ish topib bermadimi? — Ibrohim Lodi xasis. Butun mamlakatning oltinlarini yig‘ib, xazinasiga yashirib qo‘ygan. Qurilishga sarflash yo‘q. Odamlarni ishlatib, rozi qilish yo‘q! Bezor bo‘ldik! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling