Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
258 uning «Hindis-ton» otliq kitobini qanday o‘qiganingiz esingizdami? Bobur G‘aznidan topib kelingan bu kitobning eski arab tilidagi nusxasini qiynalib o‘qigan bo‘lsa ham mazmunini juda yoqtirgan edi. — Ha, Hind hayotini Beruniychalik teran tahlil etgan olim kam bo‘lsa kerak. Beruniy ham mening Hindni ko‘rish ishtiyoqimni oshirdi. — Bilamen. Hindda sizni ohanraboday o‘ziga tortgan yana bir siymo Xisrav Dehlaviydir. — So‘zingiz chin, Mohim. Men Dehlaviyning ko‘p ash’orlarini «Muxtasar» kitobimda keltirmishmen. Dehlaviyning otasi amir Mahmud Qarshi bilan Shahrisabz oralig‘ida yashagan lochin ismli turkiy qabiladan edi. Men buni yaqinda bildim. Lochin qabilasi Chingizxon istilosidan qochib, Hindga borib qolgan ekan. Xisrav Dehlaviy Davlatnoz ismli hind muslimasidan tug‘ilmishdir. — Hazratim, — dedi Mohim Boburga muloyim tikilib, — siz ham shoirsiz, ham olimsiz. Men orzu qilardimki, barcha el-uluslar sizni ham Beruniydek, Dehlaviydek faqat yaxshi so‘zlar bilan tilga olsalar. Bobur Mohim begimning botinib aytolmagan so‘zlarini tushundi-yu, yuzi tundlashdi. Xayolida yana o‘sha sovuq izg‘irin qo‘zg‘aldi. — Siz mening podshoh ham ekanimni nechun eslatmoqchi emassiz? — Chunki men sizni ijodingiz olovi yongan iliq qutbda muqim turishga chorlamoqchimen! — Men ijod qutbida umrbod qolmoqchi bo‘lib, Dahkatda, Osmon Yaylovda yalangoyoq yurganimda nechun uchramadingiz? Endi kech!.. Podshohni barcha el-uluslar faqat yaxshi so‘zlar bilan tilga olishi — ushalmaydigan bir orzu. Men odamlarning maqtoviga ham, ta’nayu malomatiga ham rosa to‘yganmen! Bobur yaqinda yozgan bir g‘azalidan ikki satrini jo‘n so‘zga o‘xshatib ohangsiz, aytdi: — Ulusning ta’nu ta’rifi* menga, Bobur, barobardur, bu olamda o‘zimni chun yomon- yaxshidan o‘tkardim. — Rost, bizning hech birimiz dunyoning achchiq-chuchugini sizchalik ko‘p tatib ko‘rgan emasmiz... Olamning berahm dag‘al jabru jafolarini bunchalik ko‘p ko‘ra turib shu qadar nafis she’rlar bitishingiz, shunchalik nazokatli ohangda kuylashingiz meni doim bir mo‘’jizadek hayratga solur. Hazratim, siz ulug‘ shoirlar davrasidan joy olmog‘ingiz kerak. Men goho qo‘rqamenki, jahongirlik, fotihlik sizning shoirligingizga soya tashlab qo‘ymasmikin? — Hind yurishidan voz keching, demoqchimisiz?! Mohim begim Boburni bu niyatidan qaytarolmasligini endi aniq sezdi. — Hazratim, hech bo‘lmasa Humoyunni Kobulda qoldiring! Axir siz Hindga ketsangiz, kimdir Kobulni boshqarishi zarur-ku! — Men yo‘g‘imda Kobulni siz idora etgaysiz, begim! — Nahot! Axir men ayol kishimen! Shariatga binoan xotinning mavqeidan o‘g‘illarning mavqei balandroq bo‘lur. Kobulda o‘g‘illaringiz mirzo Komron bilan mirzo Askariy borlar. Bobur bu muammoni birpasda sovuqqonlik bilan hal qildi: — Mirzo Komronga Qandahorni bergaymen. Askariy ikkalasi shu hafta Qandahorga keturlar. Qandahor bu yerdan otda bir haftalik yo‘l. O‘g‘illari ketsa, Gulruh begimning hovuri pasayib qolishi aniq. — Kobul mening xos shahrim, — deb davom etdi Bobur. — Uni hargiz o‘g‘illarga bermasmen, faqat sizga topshirib ketgaymen! Qosimbek qavchin xizmatingizda bo‘lur. Barcha haram ahli men yo‘g‘imda sizga bo‘ysung‘usidir! Kutilmagan bu inoyatdan Mohim begim endi hayajonga tushdi. Podshoh o‘z xotiniga bunchalik katta ishonch bildirishi juda kam uchraydigan hodisa edi. Ayniqsa, butun haram, hatto Gulruh begim ham Bobur yo‘g‘ida Mohim begimga bo‘ysunishi, bunga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling