Sentyabr oyi mavzusi: O‘zbekiston—mening Vatanim! 1-Hafta mavzusi: Mening mamlakatim bayrami. Mening shahrim. Mening mahallam


Download 24.56 Kb.
bet1/7
Sana23.03.2023
Hajmi24.56 Kb.
#1288458
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sentyabr oyi mavzusi O‘zbekiston—mening Vatanim! 1-Hafta mavzus (1)


Sentyabr oyi mavzusi: O‘zbekiston—mening Vatanim!


1-Hafta mavzusi: Mening mamlakatim bayrami.Mening shahrim.Mening mahallam.
Sentyabr oyi davomida bolalar bilan birgalikda mashg‘ulot faoliyatlari o‘z vaqtida “Ilm yoli” Davlat o‘quv dasturi va “Davlat talablari”, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayonining mavzuli rejasi asosida amalga oshirildi. Har bir hafta mavzusidan kelib chiqqan holda slayd, ko‘rgazmalar, videoroliklar, tarqatmalar va boshqa resurslardan foydalangan holda tarbiyalanuvchilarga mavzuga oid bilim va tushunchalar berildi.
Guruhda tashkil etilgan rivojlantiruvchi markazlar bo‘yicha:
Qurish-yasash va matematika markazida: “Mening shahrim” “Mahalla ko‘chalari’ mavzusi asosida tarbiyalanuvchilarga bilan qurilish materiallari va turli kattalikdagi g‘ishtchalardan mustaqil uylar qurish o‘rgatildi. Bundan tashqari hafta davomida “Teleminora quramiz”, “Bolalar bog‘chasi”, “Yo‘l va ko‘priklar quramiz” “Mahalla ko‘chalari’ mavzulari asosida mavzuga mos tarzda qurish yasash o‘yinlari o‘tkazilib tarbiyalanuvchilarga bilim va ko‘nikmalar berildi.
Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:“Yosh sayoxatchilar” “Shahardagi ta‘til”, kabi mavzular asosida o‘yinlar o‘tkazilib o‘yin jarayonida tarbiyalanuvchilarning bir-biriga o‘zaro munosabati, muomala malakalari, mehmonga borish odobi, mehmonlar orasida so‘zlashish madaniyati shakllantirildi.
Til va nutq markazida:“Vatanimizning tarixiy shaharlari” (Samarqand, Buxoro, Xiva), ” Toshkent - mening tug‘ilgan shahrim’’. «Rasmni to‘plang mavzusidagi rasmlar, Vatanimizning qadimiy shaharlari, Toshkent poytaxti arxitekturasi mavzulari asosida suhbatlar o‘tkazilib, tarbiyalanuvchilarga belgilangan bilim va ko‘nikmalar berib borildi.
Fan va tabiat markazida: “O‘lkaning yer maydoni” (tog‘lar, adirlar, daryolar), “Sabzavot va mevalardan bo‘yoq olish” qum, qora qog‘oz, kattalashtiruvchi oyna.
kabi mavzular asosida ushbu markazda loy, qum, tosh, suv, maxsus idishcha, sharlardan foydalanib faoliyatlar olib borildi.

Download 24.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling