Syujetli rolli o‘yin va drammalashtirish markazida:Niqoblar, kiyimlar, oshxona anjomlari, sovg‘alardan foydalangan holda ushbu markazda “Harakatli o‘yinlar”, “Bayramona kechki ovqat” kabi mavzular asosida faoliyatlar va o‘yinlar olib borilib bolalarga mavzular yoritib berildi.
Til va nutq markazida:Bolalarga“Mening oilam-mening qo‘rg‘onim”, “Yaxshi so’zlar”, “Chiroyli uycha” kabi mavzular asosidagi ertak, xikoyalar tuzish mavzuli rasmlar asosida o‘rgatildi.
Fan va tabiat markazida: qumdagi magnit,qum va qog’ozdan foydalanib bolalar uchun sevimli mashg’ulotlar tashkil etish bolalarni tadqiqotga jalb qilish.
San’at markazida:Ushbu markazda bolalarga “Mening uyim”,“Maishiy texnika” mavzulari asosida faoliyatlar olib borildi.
Ushbu xafta davomida ota-onalarga tavsiyalar o‘z vaqtida berib borildi.Musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi tomonidan har kuni badan tarbiya mashqlarini taqdim etib borlildi.Bolalarni qilgan ishlari uchun o‘z vaqtida rag‘batlantirildi.
4-hafta mavzusi: O‘zbekistonda kuz-Kuzda tabistdagi fasliy o‘zgarishlar
Qurish-yasash va matematika markazida: Qurilish o‘yinlari
“Sabzavotlar uchun savat”, “yuk mashinasi”mavzusda ishlar olib borildi, lego, qurilish materiallarlari, chiqindilardan foydalanildi. Bolalarga o‘z tashabbusi bilan harakat qilish imkoniyatini berildi - rejaga muvofiq o‘zlari qurishlari va o‘ynashlariga imkon berildi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirsh markazida:
“ Hosilni yig‘ish’’ , “Bozorda”mavzularda faoliyat olib borildi’’, bolalarga mavzu bo‘yicha o‘yin materiallaridan foydalangan holda mustaqil ravishda rolli o‘yinlarni o‘ynash imkoniyatini berildi.
Til va nutq markazida: “Oynani yoping”mavzusida faoliat olib borildi,fikrlash, e’tibor, xotira, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirildi,bolalarda rasmlarni ko‘rib chiqish va ular ustida qisqa suhbat o‘tkazish istagini uyg‘otildi.
Ilm fan va tabiat markazida: “Qum harakati”mavzusida bolalarni tadqiqotga jalb qilindi,tovoqlardagi quruq va ho‘l qum, gumbazlarni hosil qilish uchun naychalar, qum ustiga chizilgan tayoqlarni sanash o’rgatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |