Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
olishga intilishardi. Shunday paytlarda Darvesh gov ko‘pincha fuqaroning tomonini olar
beklarga navbati kelmaguncha suv bermas edi. «Bek bo‘lsang, o‘zingga, xudoning oldida 
hamma bandasi barobar!» — deb tap tortmay gapirganini ko‘p odam eshitgan. Shu 
sababli beklar Darvesh govni yomon ko‘rishar, ayniqsa dorug‘a Uzun Hasan ko‘pdan beri 
unga kek saqlab yurardi. 
Qo‘li bog‘log‘liq Darvesh gov Boburga va undan beriroqda o‘tirgan Xo‘ja Abdullaga bosh 
egib, ta’zim qildi-yu: 
Adolat qiling, amirzodam! — dedi. — Men fitnachi emasmen, ustod! Bozorda bir 
yapasqi navkar menga aytdi. «Podshoh Axsida mast bo‘lib jardan yiqilib o‘libdir. Bobur 
mirzo yog‘iydan qo‘rqib Olatog‘ tomonga qochibdir», dedi. 
Boburning g‘ashi kelib: 
— Bo‘hton bu! — dedi. 
— Bo‘htonligini men keyin bildim, amirzodam, meni avf qiling! — deb Darvesh gov bir-
ikki qadam beriga kelib, qo‘li orqasiga bog‘langan holicha tiz cho‘kdi: — Tuhmatligiga bu 
yerda muborak yuzingizni ko‘rib amin bo‘ldim. Ammo bozorda xaloyiq vahimaga tushib 
to‘s-to‘polon bo‘lib qochganda o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Bir odamni to‘xtatib: «Shundoq 
gaplarni eshitdim, nahotki rost bo‘lsa?» deb so‘rayotganimda dorug‘a janoblarining 
xufiyalari gapimni eshitib turgan ekanlar... 
— Yo‘q, sen gap so‘rash bahonasi bilan bu qabih ovozani tarqatib yurganingda qo‘lga 
tushding! — dedi Uzun Hasan. 
Kalomulloni bering, qasam ichamen! 
— Kalomulloni ham xor qilmoqchi bu qasamxo‘r! — dedi Yoqubbek Boburga yuzlanib: — 
Amirzodam, agar bu mardak sadoqatli qulingiz bo‘lganda yomon ovoza tarqatgan o‘sha 
navkarni qo‘lidan tutib dorug‘aga topshirmasmidi? Vaholanki, bu o‘zi o‘sha ovozani 
boshqalarga aytgan, ya’ni ig‘vo tarqatgan. Buni hozir o‘z tilidan ham eshitdik! 
Darvesh gov hangu mang bo‘lib: 
— Yo alhazar! — dedi. 
Yoqubbek Boburga boyagidek muloyim ko‘z tashlab, kemshik og‘zini sodiq bir tabassum 
bilan ochdi: 
— Amirzodam, sizning rahmatlik otangiz Darvesh govni miroblarga sardor qilib qo‘ygan 
edilar. Otangizning inoyati bilan shunday martabaga erishgan bu gov endi hazrati oliyni 
muqaddas ramazon oyida mast bo‘lib yiqilgan desa-ya! Bu qanday noinsoflik! 
Boburning yosh qalbi bu mash’um ig‘voga qarshi g‘azab tuyg‘usiga to‘lib bormoqda edi. 
«Aldash uchun bola yaxshi!» o‘ylandi Yoqubbek umid bilan. Ig‘vo tarqatgan bu odam 
o‘zining aybini jon-dili bilan Darvesh govga ag‘darib, Boburni bunga ishontirishga butun 
kuchini sarflamoqda edi. Bu ishda Yoqubbek yolg‘iz emas edi, beklarning ko‘pchiligi 
Darvesh govni aybdor deb bilmoqda edilar. 
— Ig‘vo tarqatganini o‘zi bo‘yniga oldi! — dedi Yoqubbek. 
Tilidan tutilmishdir, jazosini berish darkor!— deb Ali Do‘stbek nomli badqovoq ko‘sa 
bir kishi Yoqubbekning tarafini oldi. 
O‘ychan o‘tirgan Qosimbek boya Sherimbek tog‘oyining imzosiz xat keltirgan kabutar 
haqidagi gapini esladi-yu: 
— Balki yana taftish o‘tkazish lozimdir? — dedi. 
Unga Mazidbek e’tiroz qildi: 
— Ortiqcha taftishlarga fursat qani? Yog‘iy Mar-g‘ilonni olib, Andijonga bostirib kelur. 
Qonli urush paytida elni vahimaga tushirgan, podshohning martabasiga raxna solmoqchi 
bo‘lgan ig‘vogarlarga rahm qilinmaydir! 
— Siyosat uchun maydonda yasoqqa yetkazish kerak, toki boshqalarga ibrat bo‘lsin! — 
dedi Uzun Hasan. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling