Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
«Yasoqqa yetkazish» — xaloyiq oldida boshini kesish degan gap edi. 
Darvesh govning yuziga o‘lim sharpasi soya solib o‘tganday bo‘ldi. U tizzasi bilan yurib 
Boburga yaqinlashar ekan, yig‘lab iltijo qildi: 
— Amirzodam, men ig‘vogar emasmen! Men ig‘vogarlarning qurbonimen! Menga rahm 
qiling! Beshta yosh bolam bor! Noumid qilmang, amirzodam! 
Darvesh gov, yo‘g‘on gavdasi silkinib, o‘kirib yig‘lar ekan, qo‘li bog‘liq bo‘lgani uchun 
yuzini yashirolmas, ko‘z yoshlari mosh-guruch soqoliga tomchilab oqib tushar edi. 
Shunday katta yoshli odamning bunchalik kuyunib yig‘lagani Boburning qalbida ko‘pirib 
turgan g‘azabni birdan bosdi. Uning Darvesh govga rahmi keldi-yu, ustozi Xo‘ja 
Abdulladan «shu bechoraning qonidan keching!»— degan bir gapni kutdi. 
Biroq Xo‘ja Abdulla og‘iz ochguncha bo‘lmay, yana Yoqubbek gapirdi: 
— Beshta bolasi bor odam tilini tiyib yursa bo‘lmasmidi! 
— E, bu gov o‘zi haddidan oshgan! — dedi Uzun Hasan. — Bo‘lmasa, podshoh haqida 
ig‘vo qilganlarning gapini eshitgan hamono og‘ziga urmasmidi! Yoki u haromnamaklarni 
bizga tutib bermasmidi! 
Bir-birini inkor qiluvchi bu gaplar Boburning xayollarini chalkashtirib yubordi. Vujudini 
o‘rtayotgan tashnalik yangi bir kuch bilan qaytib keldi. Yuzlar, devorlar, gilamlar bir-
biriga qo‘shilib, chaplashib, chir-chir aylana boshladi. Darvesh govning yig‘lab gapirgan 
so‘zlari go‘yo uzoqdan eshitildi: 
— Amirzodam! Adolat qiling! Men otangizning sodiq raiyyatlaridanmen! Siz yoshsiz, 
beg‘uborsiz. Siz hali bu beklarni bilmaysiz! Bularning menda keki bor! Beklarga 
ishonmang, amirzodam! Xalqdan so‘rang! Meni el ulus biladi! Raiyyat biladi! 
Ali Do‘stbek qo‘lini mirobga paxsa qilib: 
— Eshitdingizmi, amirzodam? — dedi. — Bu govning ichi qoraligini ko‘rdingizmi? 
Yoqubbek Bobur tomonga ta’zim bilan egilib, boyagiday mehribon tovush bilan 
tushuntirdi: 
— Bu gov el-ulusni beklarga qarshi qo‘zg‘amoqchi, amirzodam. Yog‘iy hujumi paytida 
bariyat bilan raiyyatning* orasiga nifoq solmoqchi! 
— Niyati buzuqligi shundan ham ayon! — dedi Uzun Hasan va navkarlarga qarab 
buyurdi. — Bas, olib chiq! 
Boyagi ikki navkar Darvesh govni ikki qo‘ltig‘idan olib, o‘rnidan turg‘izdi-da, kuch bilan 
eshikdan olib chiqa boshladi. Endi Boburdan ham umidini uzgan bandi: 
— Men begunohmen! — deb qichqirdi. — Besh bolamning uvoli uradi sen beklarni! 
Mening begunoh qonim tutadi hammangni! 
Bu qarg‘ish Boburning qalbiga o‘tkir tig‘day qadaldi. Uning qo‘l-oyoqlari titrab, o‘tirgan 
joyida ko‘zi tina boshladi. Nazarida, boyagi quyun avvalgidan battar xuruj qilar, uni 
mana shu odamlarga qo‘shib chirmab aylantirar edi. Atrof ko‘ziga chang-to‘zon orasida 
qolib ketganday xira ko‘rinar edi. U o‘tirgan joyida yiqilib ketmaslik uchun ikki qo‘lini ikki 
yoniga tiradi. 
Darvesh govning qarg‘ishidan g‘azabi oshgan beklar endi uning o‘ldirilishini yana ham 
qattiq turib talab qildilar: 
— Bu ko‘rnamak yasoqqa yetmagunga eldagi vahima bosilmaydir! 
— Siyosat uchun bitta ig‘vogarning boshini kesmoq zarur! 
— Yasoq! 
— Yasoq! 
Boburning ko‘z oldidan boyagi odamning soqoliga oqib tushgan ko‘z yoshlari ketmas, 
qulog‘i tagida uning alamli qichqirig‘i hamon jaranglab turardi. Shu tirik odam murdaga 
aylanishi kerak. Bobur bunga farmon berishi kerak. Nechun? Beklar u odamni gunohkor 
deb Boburni ishontirgani uchunmi? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling