Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
endi undan orqada — izma-iz yelib kelayotgan navkar va savdarlar orasida qolib 
ketganday bo‘ldi. 
Ular oftob ufqqa yaqinlashgan paytda Andijon qo‘rg‘oniga kirib keldilar. Kechqurun 
gavjum bo‘ladigan ko‘chalar hozir allanechuk jimjit. Do‘konlar yopiq. Hammayoq 
huvillagan. Butun shahar xavf-xatardan qo‘rqib, biqinib turganga o‘xshardi. 
Sherimbek oldinda borayotgan Boburni ehtiyot qilmoqchi bo‘lib, navkarlariga «qurshab 
boring» ishorasini qildi. O‘zi esa Boburning old tomoniga o‘ta boshladi. Atrofini otliqlar 
o‘rab ola boshlaganda Bobur yana quyunning ichiga tushib qolganday bo‘g‘ildi. Ko‘z 
o‘ngida yana otlar, odamlar chirpirak bo‘lib aylanishga tushdi. Bobur yutoqib oldinga 
intildi, otini qamchilab, navkarlar qurshovini yorib chiqqanda yuziga shabada tegib, xiyol 
yengillashdi. Sherimbek yana oldinga intilib, Boburga yondashmoqchi bo‘lganda No‘yon 
Ko‘kaldosh uning jilovidan mahkam ushladi: 
— Bek janoblari, qo‘ying, amirzodam oldinda borsinlar. Fuqaro taxt vorisini ko‘rsin, 
ko‘ngli taskin topsin. Ana, tuynuklardan mo‘ralab turgan odamlar ig‘vogarlarning gapi 
yolg‘onligiga amin bo‘lsinlar! 
— Fitnachilar biror teshikdan amirzodamni o‘qlasalar-chi? 
— Niyatni yaxshi qiling! 
Bobur boshliq otliqlar arkka yaqinlashganlarida ulkan darvozaning har ikki tavaqasi lang 
ochildi. Xo‘ja Abdulla va bir to‘da beklar, mulozimlar Boburga peshvoz chiqdilar. Bobur 
otdan tushib ustozi bilan ko‘rishar ekan, birdan ko‘ngli yumshab, ko‘zlariga yosh quyilib 
keldi. Xo‘ja Abdulla rangi o‘chgan, lablari titrayotgan Boburni bag‘riga bosib, tasalli 
bergisi keldi, ammo beklar va navkarlar oldida taxt vorisini quchoqlash odobsizlik 
sanalishini o‘ylab, o‘zini tutdi. U ham ko‘ziga yosh olib: 
Kulfatda qoldik, amirzodam, musibatda qoldik!— dedi. — Endi bizning pushti-
panohimiz o‘zingizsiz! 
Mazidbek a’yonlar davrasidan bir-ikki qadam oldinga chiqdi. O‘zining Boburga bek atka 
ekanini bildirib qo‘ygisi kelib, Xo‘ja Abdullaning gapini og‘zidan oldi: 
— Amirzodam, hamma beklar sizga sodiq xizmat qilishga tayyordurlar! 
Bobur to‘planib turgan beklarga ko‘z tashlagan edi, ular hammasi Mazidbekning gapini 
tasdiqlab, qo‘llari ko‘kraklarida, ta’zim ado qilishdi. Bobur tovushi titrab: 
— Minnatdormen, — dedi. 
U yana otlanib ark darvozasidan kirayotganda orqadan Yoqubbek ham yetib kelib, beklar 
davrasiga qo‘shildi. U Bobur qaytganini eshitgan zahoti har qanday shubhadan xoli 
bo‘lish uchun darhol otlanib, sadoqat izhor qilishga shoshilgan edi. Xo‘ja Abdulla o‘ngda, 
Mazidbek chapda yurib Boburni ark to‘ridagi qishlik qasrga boshlab keldilar. 
Ilgari poytaxt Andijondaligida taxt mana shu qasrga o‘rnatilgan edi. Keyin poytaxt 
Axsiga ko‘chirilgach, ustunlari o‘ymakorliklar bilan bezatilgan marmar zinapoyali bu qasr 
avvalgi hashamatidan mahrum bo‘lib, ko‘rimsizlashib qolgan edi. Bugun Bobur 
kelishidan oldin Xo‘ja Abdullaning farmoyishi bilan qasrning zinapoyalariga yana 
poyandoz to‘shaldi. Ilgari taxt qo‘yilgan shahnishinga turkman gilamlari va kimxob 
ko‘rpachalar solinib, maxsus joy hozirlandi. 
Bobur binafsharang poyandozga qadam qo‘yganda quruqshab ketgan tomog‘ini 
ho‘llamoqchi bo‘lib yutindi. Ammo og‘zida nam yo‘qligidan tomog‘ini allanarsa qirib 
o‘tganday bo‘ldi. Bo‘lajak podshohga xizmat qilish uchun to‘plangan beklarning hech 
qaysisi Boburga hozir bir qultumgina suv kerakligini sezmas edi. Birda-yarim sezganlari 
ham shuncha odamning oldida yosh podshohning ro‘zasini ochirish musulmonchilikka 
to‘g‘ri kelmaydi, deb bunday ishni qilishdan qo‘rqishar edi. 
Hamma o‘ltirgach, Xo‘ja Abdulla qur’on o‘qib, Axsida bugun dafn etilgan Umarshayx 
mirzoning arvohiga bag‘ishladi. Bir necha kishi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling