Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
3
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Qo‘rg‘on ichidan darvozaxonaning tomiga chiqib olgan yapasqi bir navkar devor kungurasi orasidan ularni kuzatib turgan edi. Qosimbek Mirzo darvozasidan shitob bilan kirayotganda bu navkar ham tomdan sekin tushdi-yu, devor oldiga bog‘lab qo‘yilgan otni minib, xo‘jayini Ahmad Tanbal kutib turgan joyga qarab ketdi. Mevalari g‘arq pishgan katta bog‘ning to‘rida marmar gumbazlik hammom bor edi. Bog‘ egasi Yoqubbek yozning issiq kunlarida shu hammomning mehmonxonaga o‘xshatib bezatilgan salqin bir xonasida dam olar edi. Asl gilamlar to‘shalgan bu xonaning to‘rida hozir Ahmad Tanbal o‘tiribdi. U kumush bilan bezatilgan qimiz kadidan jiyda gulli piyolaga qimiz quyib, sipqordi. So‘ng sarg‘ish mo‘ylovini kafti bilan artar ekan: — Tangrim meni kechirsin, bugun ro‘zani buzdim,— dedi. — Yo‘lda tashnalikdan tilim tanglayimga yopishib qoldi. Hushimdan ketib otdan yiqiladigan holatga keldim. — Bugun sizga ravo, — dedi Yoqubbek. — Zarurast— ma’zurast. Mushkul ishga bel bog‘labsiz. Agar kushoyishi koringizni berib, taxt Jahongir mirzog‘a o‘tsa, siz uning eng ishongan rahnamosi bo‘lursiz. Ahmad Tanbal bu nurli istiqbolni ko‘z oldiga keltirib, bir entikdi. Oldingi tishlaridan ikkitasi tushib ketgan semiz Yoqubbek unga sinovchan nazar bilan qarab turardi. Yoqubbekning nigohida «Mening bu xatarli ishga nechun bosh qo‘shayotganimni unutmasmikansen?» degan ma’no bor edi. Ahmad Tanbal sergaklandi: — Bek janoblari, siz bilan biz asli mo‘g‘ul* urug‘idanmiz. Barloslarning Farg‘ona viloyatida shuncha vaqt hukm surganlari yetar. Endi navbat bizniki. Men sizni mo‘g‘ul beklarining eng ulug‘i deb bilurmen. Tangri omad berib, agar men taxt vorisiga rahnamo bo‘lsam, o‘shanda ham menga siz rahnamolik qilg‘aysiz! — Inshoollo! — deb Yoqubbek mamnun yuz bilan kalta soqolini silab qo‘ydi. — Qani, Ahmadbek, chan-qoq bosilgandan so‘ng ochlik bilinadir. Yaxna go‘shtdin totining. Ahmad Tanbal chinni lagandagi go‘shtga endi qo‘l uzatganda eshik sekin ochildi. Ahmad Tanbal laganni bir chetga surib, eshikka qadalib qaradi. Boyagi yapasqi navkar xo‘jayinining tinchini buzgani uchun uzr so‘raganday bo‘sag‘adan narida turib, ta’zim qildi: — Bek janoblari, sevinchi bering! — dedi. — Bobur mirzo qo‘rg‘onga kirmay qaytib ketdilar. — Ayni muddao! Ahmad Tanbal uchun bu chindan ham quvonchli xabar edi. Charm hamyonidan bitta oltin tanga olib, bo‘sag‘a oldiga tashladi. Yapasqi navkar tangani shosha-pisha olib, ikki bukilib rahmat aytdi. So‘ng Ahmad Tanbalning ishorasi bilan eshikni sekin yopib, orqaga chekindi. Axsidan Andijonga kelib to‘g‘ri Yoqubbeknikiga tushgan Ahmad Tanbal podshohning o‘limi haqidagi xabarni eng avval Sherim tog‘oyiga yetkazdirgan edi. Uning hovliqma fe’lini qo‘zg‘atib, o‘zi panada qolish uchun imzosiz xatni kabutar yordamida osmondan tushirtirgan edi. — Maslahatingiz bilan tuzilgan reja sharofatli chiqdi!— dedi Ahmad Tanbal uy egasiga mamnun ko‘z tashlab. — Ha, Sherimbek endi jiyanini xavf-xatardan yaxshilab «xalos qilur». Uning eng nufuzli bekiga aylanish uchun Olatog‘dan ham oshur. — Endi biz Boburning xatardan qo‘rqib qochganini xaloyiqning qulog‘iga yetkazmog‘imiz kerak. Bobur shunday paytda ota yurti Andijonni tashlab ketganini xalq bilsin, undan ixlosi qaytsin. Ana undan so‘ng Jahongir mirzoning taxtga o‘tirishiga hech bir monelik qolmas. Yoqubbek soqolini tutamiga olib, bir lahza o‘ylanib turdi-yu: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling