Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
Sulh muborak, jiyanim! Sulh! 
— Urush tugadimi? 
— Xudoga shukur, tugadi. 
Tohir yelkasidan qamishni yerga tashlab yubordi. Tog‘asi uni bag‘riga bosib, qulog‘iga 
shivirladi: 
— Jasoratlaring bekor ketmadi, jiyanim! Samarqand podshohining o‘zi sulh taklif qilgan 
emish! Ko‘prikdagi talafot yog‘iyning belini sindirgan ekan! 
Mulla Fazliddin yelkasiga ensiz jiyak tikilgan kiftaki ko‘ylak kiygan edi. Tohir engagini 
jiyakning bog‘ichiga bosib va kutilmagan shodlikning zo‘ridan o‘pkasi to‘lib: 
— Xayriyat! — deya oldi, xolos. 
Mulla Fazliddin uning zalvarli yelkasini silab past tovush bilan: 
— Alomat bo‘ldi, — dedi. — Ne-ne beklarning qo‘lidan kelmagan xaloskorlik sendek 
tavakkalchi yigitlarning qo‘lidan kelgani alomat bo‘ldi! Kiborlar sendeklarni «qora xalq», 
deb pisand qilmaydilar. Ammo bugun shu «qora xalq»ning jasorati bilan urush balosidan 
xalos bo‘lganlarini bilsalar edi! 
— Lekin munchalik bo‘lishini biz o‘zimiz ham bilmagan edik, mulla tog‘a. Bir chekkasi, 
sizning kelib qolganingiz yaxshi bo‘ldi. Siz bo‘lmaganingizda bu ish mening xayolimga 
ham kelmas edi, siz turtki berdingiz. 
Shundaymi, a, jiyanim? Agar shunday bo‘lsa mening boshimni sen ko‘kka yetkazding! 
Mulla Fazliddin nuqul ovozini pasaytirib, qandaydir xavf sezib gapirmoqda edi. 
— Mulla tog‘a, Quvada hali ham yog‘iy bormi? — dedi Tohir. 
— Ha, yog‘iy o‘tib tamom bo‘lganicha yo‘q. Podshohlari Andijondan bir yog‘och* berida 
sulh tuzib orqaga qaytgan emish. Cherigining bir qismi ko‘prikdan nariga o‘tib ketganini, 
o‘zim ko‘rdim. Ammo qolgan-qutganlari endi qaytsa kerak. Ehtiyot shart, jiyanim, uyga 
kir. 
Tohir ust-boshiga ilashgan qamish barglarini qoqib uyga kirayotganda qo‘shni hovlidan 
ayol kishining allasi eshitildi. 
Tohir Robiyani esladi-yu yuragi bir orziqdi. Sulh tuzilganini eshitganmikin? Tohir uni juda 
sog‘ingan edi. Qani endi iloji bo‘lsa-yu, hozir devor oshib, qo‘shni hovliga o‘tsa. Robiyaga 
urush qanday daf bo‘lganini aytib berib, uning quvonganini ko‘rsa! Lekin qalliqlik odobi 
bunga yo‘l bermas, Tohir Robiya bilan faqat yashiriqcha uchrashar edi. 
Tohir endi uyga kirib, onasini sulh bilan muborakbod qilayotgan edi, ko‘chada birdan 
itlar asabiy xurib, ot dupuri eshitila boshladi. Tohir shoshilib darchadan hovliga qaradi. 
Ayvondan pastda turgan mulla Fazliddin unga o‘tinxonani ko‘rsatib: 
— Bu yoqqa chiq! — deb shipshidi. — Bekin! 
Tohir beliga taqilgan xanjarni sopidan ushlab, ayvon orqali o‘tinxonaga chopib o‘tdi va 
qamish bog‘larining orasiga yashirindi. 
Darvoza tavaqalari shaxt bilan ochildi. Egarlarining qoshiga yoy osilgan, boshlariga 
dubulg‘a kiygan, keng cholvorlari etiklarining qo‘njini yopib turgan otliq askarlar hovliga 
kirayotib, atrofga alang-jalang ko‘z yugurtirib chiqdi. Ulardan ikkitasi bitta qora otga 
mingashib olgan edi. 
Dubulg‘asining uchiga yashil matodan bayroqcha qadalgan ponsod bostirmada turgan 
yaydoq otni ko‘rdi-yu, mingashib kelayotganlarga qarab: 
— Ana u seniki! — dedi. 
Habashday qorayib ketgan o‘siq mo‘ylovli yigit qora otning sag‘risidan sakrab tushdi-yu
bostirmaga qarab yugurdi. Qolgan yigitlar ponsodning ishorasi bilan uyga kirib, yangiroq 
kigizmi, gilammi, bo‘xchami hammasini hovliga ko‘tarib chiqa boshladi. 
Ayvonning ustuniga suyanib jim turgan mulla Fazliddin bularni: «Ko‘prik voqeasidan 
xabar topib Tohirlarni qidirib kelganmi?» deb qattiq qo‘rqqan edi. Endi bularning badnafs 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling