Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
uchun juda katta sharaf ekanini sezgan Qosimbek bir chetda qo‘l qovushtirib, sukut 
saqlab turgan me’morni chaqirdi. 
Bobur podshoh bo‘lgandan beri o‘z ko‘nglidan chiqarib qurdirgan birinchi imorati juda 
kichik bo‘lsa ham unga aziz va g‘animat tuyuldi. Bu hujra tog‘ qirrasida shunday joziba 
bilan uzoq vaqt turishini istab, me’morga savol nazari bilan qaradi: 
— Tog‘da qor-yomg‘irlar ko‘p bo‘lur. Hujra uzoq vaqtga bardosh berurmikin? 
Ayvonda turgan Qutlug‘ Nigor xonim bilan Xonzoda begim ham me’morga ko‘z tikishdi. 
Mulla Fazliddin hayajonlanganidan tizzalari bukilib-bukilib ketmoqda edi. U qo‘lini ta’zim 
bilan ko‘ksiga qo‘yib: 
— Inshoollo, bardosh berur, — dedi. Qosimbek uning gapini tasdiqlab: 
— Ha, qirq-ellik yil yaxshi turur, — deb qo‘ydi. 
«Qirq-ellik yil» degan so‘zlar mulla Fazliddinga ozor bergani uning Qosimbekka qisqa bir 
ko‘z tashlab qo‘yganidan sezildi. Shu payt mulla Fazliddin o‘z yuziga kimningdir mayin 
nigohi tushganini his qildi. Boshini ko‘tarsa, Xonzoda begim yuziga yopilgan yupqa oq 
harir parda orqali mulla Fazliddinga qarab turibdi. Mulla Fazliddinning butun vujudi olov 
seli ichida qolganday bo‘ldi. U hozir siri fosh bo‘lishi mumkinligini sezib, yana ta’zimga 
bosh egdi. Shunda Xonzoda begim Boburga izoh berdi: 
— Amirzodam, xudo xohlasa, bu hujra ko‘p avlodlarni ko‘rgay. Qarang, qor-yomg‘ir 
tegadigan joylari sangkorlik qilingan. Poydevori qoyatoshga mahkam o‘rnatilgan. Mulla 
Fazliddinning mahoratlari baland — Hirot bilan Samarqand me’morlaridan ta’lim 
olmishlar. 
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning maqtovini ishga oid oddiy gaplardek qabul qilmasa
ko‘nglidagi nozik hislarni sezdirib qo‘ysa, o‘n jonidan biri ham omon qolmasligini sezdi. 
Axir jo‘n bir me’morning shoh qiziga muhabbati podshoh oilasiga ham, uning beklariga 
ham haqoratday tuyulishi mumkin! 
Xayriyatki, hukmdorlar oldida hayajonga tushish va ta’zim qilish odat tusiga kirib 
qolgan. Mulla Fazliddin Xonzoda begimning iliq so‘zlariga javoban yana bir ta’zim qildi-
da, yerga qarab, xuddi qilichning tig‘i ustidan yurib borayotganday ehtiyot bo‘lib gapira 
boshladi: 
— Hazrati oliyga arzim shulki, Samarqandda Ulug‘bek madrasasining devorlari uchun 
qanday ganchu gilmoya, g‘ishtu koshin ishlatilgan bo‘lsa, bu hujraning devorlariga ham 
faqir shularni ishlatmishmen. Xudodan umidim bor. Bobur mirzoning muborak nomlariga 
mansub bu hujra asrlar davomida mustahkam turur*. 
Bobur bu so‘zlardan ta’sirlanib: 
Aytganingiz kelsin, — dedi. — Hujra biz istaganimizdan ham yaxshi! 
Qosimbek «qirq-ellik yil turar», deb hujraning umrini qisqa qilib qo‘yganidan endi xijolat 
bo‘ldi. Hujradan narida xarsangtosh ortida buyruq kutib turgan savdarboshiga bir qarab 
oldida, keyin me’morga o‘girildi: 
— Ofarin sizga, mulla Fazliddin! 
Bobur Qosimbekning gapini to‘g‘rilab: 
— Mavlono Fazliddin! — dedi. 
Shu bilan me’morga mo‘’tabar mavlonolik unvoni berilganday bo‘ldi. Qosimbek 
podshohning oldida bir necha marta ustma-ust sahv qilganini bir harakat bilan 
to‘g‘rilagisi keldi-yu, savdarboshiga buyurdi: 
— Mavlonoga to‘n keltirilsin! 
Savdarboshi sarosima bo‘lib pastga qaradi. Mukofot uchun olib yuriladigan to‘nlar tog‘ 
etagidagi chodirlarda qolgan edi. Qosimbek buni sezdi-yu, o‘zining egnidagi yangi 
kimxob to‘nni yechmoqchi bo‘lib: 
Mirzo hazratlari, ijozat bering! — dedi. Bobur uning jo‘mardligiga tan bergandek, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling