Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 zinapoya bilan chiqurlarmi? Soddaroq odam bo‘lgan Qosimbek taklifi o‘rinsiz chiqqanini sezdi-yu, izzat-nafsga bormay, gapni kulgiga burdi: — Amirzodam, lutf qildilar. Kaminani bu terlab-hansirashlardan zinapoya ham qutqarolmas edi. Endi Qutlug‘ Nigor xonim ham kuldi: — Qosimbek janoblari haqdir. Ot-ulov o‘tolmaydigan bu cho‘qqilarga shoh ham piyoda chiqur, malika ham! — Hatto, xonzodalar ham! — deb Bobur opasiga qarab sho‘x kulimsiradi. Shunaqa hazil-huzullar bilan hujraga yetib bordilar. Niliy gumbazli jajji bino ko‘klam quyoshida shunday nafis jilolanib ko‘rindiki, Boburning dili birdan ravshan tortib ketdi. Atrofdagi tabiatning go‘zalligi, bahor va tog‘lar ayvonga ishlatilgan naqshlarni, gumbazdagi koshinlar rangini allanechuk juda ochib ko‘rsatar edi. Qosimbek Boburni, uning onasi va opasini tavoze bilan ichkariga kuzatib qo‘ydi-yu, o‘zi marmar zinapoya oldida qo‘l qovushtirganicha qoldi. U ayollar bor joyga podshohdan ishora bo‘lmaguncha kirmas edi. Mulla Fazliddin Qosimbekdan beriroqqa — ayvon tagiga kelib turdi. Hujra eshigi yong‘oq yog‘ochidan o‘ymakor qilib, zar bilan ishlangan edi. Bobur go‘zal o‘ymakorliklarga, devor va shift bezaklariga bir-bir ko‘z tashlab chiqdi-da, hujraning eshigini ochdi. Onasi bilan opasiga yo‘l berib keyin o‘zi ichkariga kirdi. Hujraning ichi qorong‘i bo‘lmasa ham qoidaga binoan g‘arb tomonidagi mehrobga sham yoqib qo‘yilgan edi. Kunduzgi yorug‘lik qarshisida ko‘zga zo‘rg‘a tashlanayotgan sham yog‘dusi yon-veridagi gulgun naqshlarga tushib, elas-elas jilvalanardi. Bu hammasi Boburda g‘alati bir zavq uyg‘otdi. U sham yonidagi to‘q-qizil naqshlarni Xonzoda begimga ko‘rsatib: — Islimi gulxan shumi? — deb so‘radi. Xonzoda begim bir ukasiga, bir naqshga qaradi-yu, sho‘x jilmaydi: — Bir qoshiq qonimdan kechsangiz, ayturmen. Bobur ham kulimsirab: — Kechdim, aytingiz, — dedi. Xonzoda begim o‘ngga qayrilib, eshik tepasidagi qip-qizil naqshlarni ko‘rsatdi. — Islimi gulxan mana bu. Siz naqshi lolani bunga o‘xshatmishsiz, amirzodam. Xonzoda begim ko‘rsatgan naqshlar haqiqatan qip-qizil olov tillarini eslatar, uning eshik tepasiga naqshlanishi ham bejiz emas edi. «Keluvchiga ergashgan balo-qazoni olov olib qoladi», degan qadimiy e’tiqod va kelin-kuyovni eshik oldiga yoqilgan olovdan aylantirib olib o‘tish odatlari Boburning esiga tushdi. U opasiga tan bergan kabi qarab: — Siz haqsiz, men sahv qilibmen, — dedi. Shunda Qutlug‘ Nigor xonim gap qo‘shdi: — Bobur mirzoning sahvlari uzrlik. Chunki bu hujrada naqshi lola ham xuddi gulxandek yonib ko‘rinur! Onasining lutf qilib aytgan so‘zlari Boburning hujradan olgan zavqini yana bir darajada oshirdi. Uchovlari ayvonga qaytib chiqar ekanlar, pastda turgan mulla Fazliddin Boburning chehrasi ochilib ketganini ko‘rdi. Bobur zinapoya oldida turgan Qosimbekka qarab: — Buratoqqa juda munosib! — deb qo‘ydi. Buratog‘ni Bobur yoshligidan yaxshi ko‘rar edi. Tekis vodiyning o‘rtasiga tushgan bu baland tog‘ odamlarni hayratlantirish uchun yaratilganga o‘xshardi. Go‘yo u ulkan tog‘ning bir parchasini ilohiy bir kuch shunday ko‘tarib olib kelganu tomosha uchun sayhon joyga chiroyli qilib o‘rnatib ketgan. Mana shunday toqqa munosib bo‘lish hujra |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling