Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
bo‘ling! — degan kinoyasi uni o‘ziga keltirdi. 
— O‘lmasak hali me’mor kerak bo‘ladigan kunlarga ham yetishurmiz! — dedi mulla 
Fazliddin dorug‘aga nafratli nazar tashlab. 
Endi uning Bobur huzuriga kirolmasligi aniq. Yoqubbek bilan Uzun Hasanning ixtiyoriga 
o‘tgan qal’ada qolish esa juda xatarli. Darvesh govning o‘limiga shu beklar sabab 
bo‘lganini mulla Fazliddin eshitgan edi. Hozir uning uchun sal bexatarroq joy — 
Quvadagi opasining uyi edi... 
Mulla Fazliddin xufton payti hovliga kirib kelsa, pochchasi bilan opasi yov 
yaqinlashayotganini eshitib, vahimaga tushib o‘tirishgan ekan. 
Quvasoydin narida — Karkidon adiridagi yov il-g‘orlari yoqqan gulxanlar milt-milt 
qilmoqda edi. 
Mulla Fazliddin, yog‘iy kelsa po‘lat sandig‘ingizni tinch qo‘ymas, — dedi pochchasi. — 
Buni tezroq yashiring. 
— Bo‘sh o‘rangiz bormi, pochcha? 
— Bor. Ana, bedaxonada. 
— Tohir qani? 
— Mahmud bilan ko‘prikka qarab ketdi. Bilmadim, ne ishi bor? So‘rasam, aytmadi. 
Mulla Fazliddin pochchasining yordamida po‘lat sandiqni yana qopga solib, bedaxonada-
gi bo‘sh o‘raga tushirib qo‘ydi-yu, o‘raning og‘zini taxtalar bilan bekitdi. Keyin bu 
taxtalar ustiga beda bog‘larini baland qilib taxlab tashladi. 
* * * 
Osmonni yana quyuq bulut qoplagan. Birda-yarim yomg‘ir tomchilab qo‘yadi. Quva 
ko‘chalari jimjit. Yov yaqinligini sezgan odamlar uy-uyiga bekinib olgan. Ahyon-ahyonda 
itlar hurgani eshitilmasa, butun Quva ko‘chib ketganga o‘xshardi. Quvasoy ustidan 
o‘tgan yog‘och ko‘prik ham kimsasiz. Elchilar yomon xabar bilan qaytgandan so‘ng, 
ko‘prikdagi soqchilar qo‘rg‘onga qochib ketishgan... 
Tun yarimlaganda shu ko‘prikka qarab ketadigan yo‘l chetida uch-to‘rtta qora ko‘rindi. 
Yo‘l bo‘yidagi darvozaning bir tavaqasi sekin ochildi-yu, undan katta cho‘va ko‘targan 
pakana odam chiqdi. 
Tohir shivirlab so‘radi: 
— Chaqmoq bilan tutantiriqni ham oldingmi? 
— Oldim. 
Pakana yigitning kiyimlaridan zig‘ir yog‘ining hidi keladi — uning kasbi juvozkash. 
Tohir yuziga yomg‘ir tomchilaganini sezib osmonga qaradi. Bulut quyuqlashib, yulduzlar 
ko‘rinmay qolgan. 
«Jala quysa, olov yonmay balo bo‘larmikin? — o‘ylandi u. — Ko‘prikning yog‘ochlari ham 
ho‘l bo‘lib ivib yotgandir». 
— Mahmud, men bitta bolta oldim. Endi yana bitta bolta bilan ikki kishilik katta arra 
kerak. Sen duradgorsen, asboblaring taxt. 
— Arrani nima qilasen? 
— Kerak! Umrzoq, sen ham birga bor. Darrov olib chiqinglar. 
Ikki yigit bir tor ko‘chaga kirib ketishdi-yu, anchadan keyin aytilgan narsalarni olib 
kelishdi. Keyin hammalari devorning zehi bilan yurib oldinma-ketin ko‘prikka 
yaqinlashishdi. 
Tohir ko‘prikda qorovul yo‘qligini boya aniqlagan edi. Andijon qo‘shini orqaga chekinib, 
qo‘rg‘onga kirib ketgan, bostirib kelayotgan yov buni yaxshi bilar, shuning uchun 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling