Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
305
— Agrada biron shoshilinch ish chiqqanga o‘xshaydir, — dedi Bobur. — Mavlono, agar 
men poytaxtga ketsam, «Vaqoi’»ni sizga oqshom keltirib berurlar. 
Bobur otini tutib turgan jilovdor tomonga yo‘naldi. 
_____________ 
* «Habib us-siyar» — «Sevimli do‘stning tarjimai holi» demakdir. Xondamir o‘zining bu katta asarida Arab, Eron, O‘rta Osiyo, Xuroson 
tarixining olam paydo bo‘lganidan to XVI asrgacha o‘tgan eng muhim davrlari haqida so‘z yuritadi.
2 
Sekri tog‘ining shimoliy yonbag‘rida salqin bog‘ning to‘rida joylashgan uch xonali shinam 
xilvatxona mavlono Xondamirga berilgan edi. Bobur o‘sha kuni Agraga jo‘nab ketdi. 
Mavlono xilvatxonaning o‘ymakor ayvoniga chiqib, undan yaxshi ko‘rinadigan shishaday 
tiniq ko‘lni tomosha qilib o‘tirganida xonai xosning savdarboshisi Boburning 
qo‘lyozmasini unga olib kelib berdi. 
Qo‘lyozma xattot tomonidan zarvaraqlarga benihoya chiroyli qilib ko‘chirilgan edi. 
Xondamir uni xona ichiga olib kirib, miz ustiga qo‘ydi. Tepada yonayotgan shamlarni miz 
ustiga yaxshi yorug‘ beradigan qilib o‘rnatgach, ko‘zoynagini taqdi va asarni ehtiyot 
bilan varaqlab o‘qishga tushdi. 
Bundan o‘n yilcha avval Bobur Hirotga ikkinchi marta borganida Xondamirga 
«Vaqoi’»dan o‘qib bergan bobning uslubi mavlononi xiyol taajjubga solgan edi. Mana bu 
qo‘lyozmada ham Bobur qalamga olgan voqealar juda murakkab bo‘lsa-da, muallif ularni 
og‘zaki hikoyaga yaqin bir tarzda xiyla oddiy uslubda yozgan edi. Ko‘p joylarda 
Xondamir hatto Boburning so‘zlash tarzini, ohangi, ba’zi bir shaxsiy xislatlarini payqab: 
«G‘alati-ku!» — deb qo‘ydi. Chunki otasi Mirxond Xondamirni yoshlikdan boshqacha 
e’tiqodlar bilan tarbiyalab o‘stirgan edi. Bu e’tiqodga binoan, nasrnavis muarrix o‘z 
shaxsiy uslubini davr uslubiga bo‘ysundirmog‘i, o‘z «meni»ni davr ummoniga qo‘shib 
bilintirmay yubormog‘i kerak edi. Agar asarda muallif o‘zini namoyon qilaversa, bu — 
nokamtarlik belgisi hisoblanardi. Katta tarixiy kitoblar hukmdorlar uchun yozilar, asosiy 
ta’rifu tavsif o‘shalarning ishlariga berilardi. Nazokatli o‘xshatishlar, jimjimador majozlar 
va shoirona ko‘tarinki uslub hukmdorlarga xush kelar va barcha mualliflar bo‘ysunadigan 
bir qonun hisoblanardi. 
Bobur mana shu qonunni butunlay inkor etuvchi uslub bilan asar yozgani Xondamirga 
ortiq darajadagi bir shakkoklikdek tuyuldi. Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan xatini ham 
kitobida keltirgan edi: 
«...Xat bitirda takalluf qilay deysen, ul jihattin mug‘laq* bo‘ladur. Betakalluf pok alfoz 
bila bit, senga ham tashvish oz bo‘lar va o‘qig‘uvchig‘a ham». 
«Ajabo! — o‘ylandi Xondamir, — betakalluf til bilan asar bitmoq Bobur mirzo uchun pok 
uslub belgisi hisoblanur ekan-da!» Xondamir o‘zining o‘n yildan beri yozayotgan «Habib 
us-siyar»ida nazokatli takalluflar ko‘pligini esladi-yu, o‘zini o‘ng‘aysiz sezib, o‘qishdan 
to‘xtadi va ayvonga chiqdi. 
Osmonda sakkiz kunlik oy suzib yurar, uning nuri qarshidagi ko‘lning o‘rtasida oydin 
yo‘lka hosil qilgan edi. Ko‘lning narigi chetidan tog‘ etagigacha kelgan bu nur yo‘lkasida 
to‘lqinlar jimir-jimiri gavhar jilvasiga o‘xshab ko‘zni qamashtirardi. Lekin Xondamir shu 
nur o‘yinida ham Bobur tasvirlagan voqealarni ko‘rar, ularning ta’sirini xayolidan 
uzoqlashtirolmas edi. Sertakalluf, serbezak uslub Xondamirdan juda ko‘p kuch, vaqt, 
mehnat talab qilar edi. Bunday jimjimador uslubda asar yozish qanchalik qiyin bo‘lsa, 
uni o‘qib tushunish ham shunchalik qiyin edi. Bobur ikki tomonni ham bu qiyinchilikdan 
qutqarishga intilsa nimasi yomon? O‘g‘liga yozgan xatida «senga ham tashvish oz bo‘lar, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling