Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
310 Mohim begim o‘rnidan turib, Boburni odatdagiday ta’zim bilan qarshi oldi, lekin o‘pkasi to‘lib, durust gapirolmadi. So‘nggi ikki yil ichida yarasidan qolgan asoratlar tuzalib, qo‘llari avvalgiday ishlaydigan bo‘lib ketgan Tohir uzumni ta’zim bilan Mohim begimga tutdi. Mohim begim barkashni uning qo‘lidan olib, miz ustiga qo‘ydi. Uning qovoqlari shishib, ko‘zlari yig‘idan qizarganini payqagan Tohir sekin orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Er-xotin yolg‘iz qolganlarida Bobur: — Sizga ne bo‘ldi? — dedi. — Yig‘labsizmi? — Nafasim qisildi... Mohim begim qirq yoshga borgandan beri yuzlari to‘lishib, anchagina semirib qolgan edi. Kobulning yengil va quruq tog‘ havosiga o‘rgangan begim Jamna bo‘yidagi issiq kunlarda sernam dim havodan nafas olish qanchalik qiyin bo‘lishini avval ham eshitgan, bir chekkasi shu sababdan to‘rt yilgacha Agraga kelmay yurgan, axiri Boburning yuzidan o‘tolmay bultur kelgan edi. — Pashkol faslida men ham juda qiynalib, nafas olurmen, — dedi Bobur. — Tashvish chekmang, o‘rganib ketursiz. Qani, uzumdan oling! Mohim begimning hech narsa yegisi kelmas edi. Shunday bo‘lsa ham kishmishdan ikki dona olib og‘ziga soldiyu, Boburning ko‘ngliga bo‘la: — Yaxshi pishibdir, — dedi. — Maktub yozmoqchi edingizmi? — Ha, Humoyunga... Mening nafasimni pashkol emas, sog‘inch qisadir! To‘lib o‘tirgan Mohim begim birdan yig‘lab yubordi: — Men hamisha Humoyunning diydoriga zormen. Siz mudom o‘g‘limni mendan uzoqlarga yuborursiz! Kobulda ekanimda Humoyun Jamnayu Ganga bo‘ylaridan bo‘shamadi. Men Agraga keldim, Humoyun Badaxshonga jo‘nab ketdi. Badaxshonni tinchitib qaytdi hamki, uni yana uzoq Sambxalga yubordingiz. Qayerda bir xatar bo‘lsa, o‘shanga Humoyun ro‘baro‘! Qaysi uzoq yurtda mushkul ish bo‘lsa — yana Xumoyun! Men bu yerda xavotirlikda qon yutib iztirob chekurmen! — Bunchalik xavotirlanishning ne hojati bor, Mohim! — Siz xavotirlanmaysiz, hazratim, sizning farzandlaringiz ko‘p! Mening yolg‘iz farzandim qolgan! Uchtasini tuproqqa topshirib, shu birgina Humoyun bilan qolganmen! Boburning boshqa xotinlari va ulardan bo‘lgan bosh-qa bolalari ham borligi Mohim begimda qanchalik murakkab tuyg‘ular qo‘zg‘ashini Bobur hozir yana bir marta sezdi. Shu payt xonaga sakkiz yoshli Gulbadan chopib kirib keldi. Bo‘ynidagi jajji taqinchoqlarini shildiratib otasi qarshisida egilib ta’zim qildi. Lekin onasining yig‘lab, o‘rtanib gapirayotganini ko‘rdi-yu, xavotirlanib to‘xtadi. — Mohim, — dedi past tovush bilan Bobur, — Hindol bilan Gulbadan ham sizga farzand- ku, axir! — Komron mirzo-chi, hazratim? U kishi sizning o‘g‘lingiz emasmilar? U kishi Laxo‘rda onalari bilan tinchgina yuribdilar! Nechun hamma baloga Humoyun balogardon bo‘lmog‘i kerak? — Chunki Humoyun — taxt vorisi! Men qilmog‘im kerak bo‘lgan mushkul ishlarni Humoyun qilib o‘rganmog‘i kerak. — Men xavotirlanib qon yutsam mayli! Siz bunga parvo qilmaysiz, chunki boshqa xotinlaringiz bor! Gulbadan ota-onasini hech qachon bunday mushkul va noqulay ahvolda ko‘rmagan edi. U ko‘zlari javdirab, nima gap bo‘layotganini tushunolmay lol bo‘lib turardi. Axir hazrat onasi podshoh otasiga nihoyatda mehribon edi-ku. Kobuldan ikki oy yo‘l yurib, kela- kelguncha uning nomini tildan qo‘ymay e’zozlab gapirar edi-ku! Hazrat otasi ham ularga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling