Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
311 Agradan peshvoz chiqib, Jaloli ko‘li yaqinida kutib olmaganmidi? Charchagan otidan tushib, boshqa ot keltirgunlaricha sabri chidamagan Bobur Mohim begimning oldiga piyoda kelgan emasmidi? So‘ng suyukli xotinini e’zozlab, uni otdan tushishga qo‘ymagan, o‘zi esa Mohim begimning oti yonida uch chaqirimcha joyga piyoda borgan edi-ku. Buni ko‘rgan odamlar: «Podshohning o‘z xotinini bu darajada yuksak izzat-ikrom bilan kutib olganini umrimizda ko‘rgan emasmiz!» deganlarini Gulbadan o‘z qulog‘i bilan eshitgan edi-ku. Hozir bularga nima bo‘ldi? Bobur qizchasining hang-mang bo‘lib turganini sezib, tez o‘rnidan turdi, barkashdagi uzumdan bir boshini qo‘liga berdi: — Ma, qizim, ye!— deb unga muloyim gapirib, eshikdan tashqariga yetaklab chiqdi. — Bor, endi bog‘da o‘yna. U ko‘z yoshlarini hamon to‘xtatolmayotgan Mohimning qarshisiga qaytib kelib o‘ltirdi va hazin tovush bilan dedi: — Mohim, siz mendan har qancha ranjisangiz haqqingiz bor. Shariat ruxsat bergani bilan har bir musulmon uch xotin olishi shart emas edi... Mendek sayyohtabiat odam... umrining yarmidan ko‘pini safarlarda, janglarda o‘tkazishini bila turib, uch xotin olishi... kechirilmaydigan bir xatolik bo‘ldi. Bu xotinlarning hech biri men orzu qilgandek baxtiyor bo‘lolmaganini... bugun sizga qarab ko‘rib turibmen... Kundoshlik alamlari... Bir-biriga o‘gay bolalarning raqobati... Ota-bobolarimizni o‘rtagan bu jahannamlar bizga daxl qilmas deb o‘ylagan edim... Yo‘q, mana, hatto sizdek suyukli yorim ham... shu jahannam azobidan ko‘zyosh to‘kmoqdasiz. Majruh dilim sizni ko‘rib, battar xastalandi. Mohim begim Boburning sarg‘ayib qolgan kasalmand yuziga qaradi-yu, ko‘z yoshini apil- tapil arta boshladi. — Hazratim, mendan ozorlanmang. Men bir munglik ayolmen. Siz podshohsiz. Arzimni sizga aytmasam, kimga aytamen? — Ha, men podshohmen — butun balo shunda. Neki xatolik, neki gunoh qilgan bo‘lsam, hammasining birlamchi sababi mening podshohligimdir. Yoshligimda podshohlik zanjiridan qutulib ketmoqchi bo‘ldim. Lekin meni bu zanjirdan xalos qiladigan najotkor topilmadi. Endi umidim borki, mening najotkorim Humoyun bo‘lg‘usidir. Mohim begim Boburning bu so‘zlariga ishonib-ishonmaganday unga termilib qaradi. — Mohim, maktubingizni davom ettiring. Mening nomimdan ham yozing, Humoyun Agraga tezroq qaytsin. Ko‘zim tirikligida toju taxtni egallasin. Yozing, men imzo chekurmen! — Hazratim, Siz Humoyunni toju taxtga bunchalik intiq deb o‘ylamang! Hech unday emas! Men faqat o‘g‘limiz yonimizda bo‘lsin demoqchi edim, xolos! — Yozing, kelsin!.. Faqat podshoh bo‘lish sharti bilan kelsin. Bu maxfiy gapni hozircha boshqa hech kim bilmasin. Boburning niyati jiddiyligiga endi ishongan Mohim begim: — Siz... Kobulga qaytmoqchimisiz? — deb so‘radi. — Mabodo, olamdan ko‘z yumsam, Kobulda dafn etinglar. — Nechun bunday deysiz? — Sizdan yashiradigan sirim yo‘q, Mohim. Siz Kobulda «fotihlikning qasosi qaytsa yomon bo‘lur» degan edingiz. Shu gapingiz rost chiqdi. Podshohligu fotihlik balolari malika Bayda bergan zahar shakliga kirib, mening umrimni kemirdi. Agar men ham bor ku- chimni faqat ilmu ijodga bersam, balki Beruniydek yetmishdan osharmidim? Yoki Alisher Navoiydek oltmishga kirarmidim? Biroq mana qirq yetti yoshimda umrimning oxiri ko‘rinib qoldi. — Niyatni yaxshi qiling, hazratim! Xudo xohlasa, hali umringiz uzoq bo‘lg‘usidir! — Ne bo‘lganda ham endi podshohlik bas. Qolgan umrimni ijodga sarflamoqchimen! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling