Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
3
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 314 Yigirma uch yoshlik Humoyunning yigit yuragi otasi ko‘rsatgan ruhiy madaddan kuch olib, og‘ir kasallikni axiyri yengdi. Oradan bir hafta o‘tgach, u kasal ko‘rishga kelganlarni o‘rnidan turib qabul qildi. Yana ikki kundan so‘ng otasini borib ko‘rish uchun xobgohidan chiqdi. Bobur o‘g‘lini Orombog‘ning to‘ridagi xonayi xosda qabul qildi. Humoyun uning qarshisida tiz cho‘kib, ko‘ziga yosh olib gapirdi: — Hazratim, men sizning iltijongiz bilan shifo topmishmen. O‘zimga kelganimdan beri xudodan tilaymenki, sizning umringiz uzoq bo‘lsin! Bu ulug‘ davlatni siz barpo etdingiz. Hammamizning pushti panohimiz o‘zingizsiz. Parvardigor bizga rahm qilsin! Bobur o‘g‘lini yelkasidan olib o‘rnidan turg‘izdi: — Mana, shukr, yuribmen-ku, o‘g‘lim. Sen ko‘p xavotir bo‘lma. — Ammo shayxlar: «Hazratim o‘g‘liga kelgan ajalni o‘zlariga oldilar», deb ko‘nglimga g‘ulg‘ula soldilar. Bobur o‘g‘liga o‘ng yonidan joy ko‘rsatdi. — Humoyun, o‘g‘lim, mardona bo‘l, eng og‘ir yuklar endi sening yelkangga tushadigan ko‘rinadir. Xayriyat, tuzalib ketding. Agar mutaassib shayxlarning gapiga kirib, Ko‘hinur olmosini tasaddiq qilsam, ular g‘olib chiqmasmidi? «Humoyunni biz o‘shal tasaddiq evaziga qutqarib qoldik, biz podshohdan ham zo‘rmiz!» deb tantana qilmasmidi? Imonu e’tiqod bunday g‘arazlardan baland turmog‘i kerak-ku, axir! — Ilohim, siz haqqingizdagi karomatlari ham yolg‘on chiqsin! — Har qalay, sen Ollohu taologa g‘arazli shayxlar orqali emas, bevosita imonu e’tiqoding orqali iltijo qilishga o‘rgangin. Shayxlar mudom podshohning tepasiga chiqib, unga hukmini o‘tkazishga intilurlar. Shundan ehtiyot bo‘lgin. — Toki tirikmen, bu o‘gitingizga hamisha amal qilgaymen!.. Endi... Hazratim, Sambxal chegarasida yana qonli to‘qnashuvlar bo‘lmoqda emish. Ijozat bersangiz, men borib chegaralarni tinchitsam... Bobur indamay o‘rnidan turdi-da, xonayi xosning to‘ridagi sandiqni ochdi. Humoyun tik turgan holda otasiga yuzlanib qo‘l qovushtirdi. Bobur sandiqdan oq ipak matoga o‘ralgan qilichni oldi. — Humoyun, o‘g‘lim, mening qancha umrim qolgani xudoning o‘ziga ayondir. Sohibqiron bobokalonimizning mana shu qilichini endi sen taqmog‘ing kerak. Bu qilichga «Kuch — adolatdadir» degan so‘zlar bitilgan. Doim odil bo‘lginu mag‘lub bo‘lmagin! Bobur qilichni o‘g‘liga ikki qo‘llab uzatdi. Humoyun tabarruk qilichni tiz cho‘kib oldi-da, uning muqaddas yozuv bitilgan joyini ko‘zlariga surib o‘pdi. — Mayli, — dedi Bobur. — Sambxal notinch bo‘lsa, borib tinchitginu o‘rningga Hindubekni qo‘yib qaytgin. Endi davlat ishini zimmangga olmog‘ing kerak... * * * Yomg‘ir fasli o‘tib, osmon yana bulutlardan tozalandi, tunlar salqin bo‘lib qoldi. Bobur uyqusiz tunlarda boqqa chiqar va yulduzlarni tomosha qilgisi kelib osmonga qarardi. Lekin tanida isitmaning balandligidan osmondagi yulduzlar joyidan ko‘chib, girdobga tushib aylanib ketayotganday ko‘rinar, ko‘ngli behuzur bo‘lib, osmondan darhol ko‘zini olardi. Kunduz saroyda davlat ishlarini qilgan paytida goh shayxulislomni, goh nufuzli a’yonlarni uchratur, ular Boburga avvalgidan ham pastroq, egilib ta’zim qilishar, lekin o‘lishi muqarrar bo‘lgan bemorga qaraganday musibatli ko‘zlar bilan qarashar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling