Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
316 tushganini Bobur ham ko‘rdi. — Sendan iltimosim, — deb davom etdi Bobur. — Buni avlodlaring ham o‘qisin.. Xatolarimni takror etmanglar. Yaxshi ishlarim... oz bo‘lsa, ko‘paytiringlar. Bu kitobdan nusxalar ko‘chirtirib, Samarqandga... Toshkentga... Andijonga... munosib odamlarga yuborgin... Men tug‘ilgan yurt bilan aloqani uzmanglar. Shoyad men bitgan kitoblar... ikki oradagi aloqaning rishtalari bo‘lsa... Bobur o‘g‘liga vasiyat qilayotganini sezib turgan Xonzoda begim o‘zini ortiq tutib turolmadi. — Boburjon, men egachingiz!.. Men... men sizdan besh yosh kattamen! Bu dunyodan ketish navbati avval meniki! Siz taslim bo‘lmang! Boburjon, inim! Xonzoda begim uning podsholigini unutib, «Boburjon!» deganda Bobur bolaligini eslab, ko‘ngli bir orziqdi. U beklardan ham, savdarlardan ham, begonalardan ham, hatto suyukli o‘g‘li va xotinidan ham nuqul «hazratim» degan murojaatni eshitar, ko‘p ishlatilaverib siyqa bo‘lib ketgan bu so‘z uning me’dasiga tekkan edi. Piq-piq yig‘layotgan Mohim begim oldingi og‘ir suhbatlarni eslab: — Mening xarxashalarim ham sizni xasta qildi, hazratim! — dedi. — Meni kechiring! — Mohim, siz meni kechirsangiz bo‘ldi... Men sizdan rozimen... faqat endi meni hazratim demang... Mohim Boburni: «Ko‘z ochib ko‘rgan tanho yorimsiz, jismimdagi jonsiz!» demoqchi bo‘lib og‘iz juftlab ko‘rdi-yu, lekin atrofidagilardan uyaldi. Yig‘i aralash: — Xo‘p, — deya oldi, xolos. Bobur uning aytilmagan so‘zlarini ovozidan, ko‘zlaridan sezdi. So‘ng o‘g‘liga yuzlandi: — Humoyun, men sendan ham «ota» degan so‘zni hali eshitganim yo‘q. «Ota» degan jo‘ngina so‘zga o‘rganmagan Humoyun: — Padari buzrukvor! — deb ko‘rdi. Bundan otasining ko‘ngli to‘lmaganini sezdi-yu: — Otajon! — dedi. — Siz saltanatni menga bermoqcshi bo‘libsiz. Lekin ishoning, men bu toju taxtdan sizning bir nafaslik umringizni afzal ko‘rurmen! — Men sendan rozimen... Endi mendan ham rozi bo‘linglar! Xonzoda begim rozilik so‘rashga tili bormay o‘rtanib yig‘ladi. Uning yig‘isiga Mohim begim qo‘shildi. Bu og‘ir ahvolning ustiga kirib kelgan mavlono Yusufiy Boburning ko‘zlari bejo bo‘layotganini, uni qattiq ter bosganini ko‘rdi. — Endi hazratim orom olishlari kerak! — deb qo‘liga oq dokani olib, Boburning yuzidan, bo‘yinlaridan terlarini arta boshladi. Qiynalib nafas olayotgan Bobur bosh tomonda turgan Tohirga shivirlab: — Yelping!.. — dedi. Yig‘i-sig‘i bilan Boburni qiynab qo‘yganlarini endi sezgan begimlar sekin chiqib ketdilar. Bobur Humoyunga: — Endi eshik og‘a bilan... a’yonlar kirsin, — dedi.— Ko‘zim tirikligida... hokimiyatni senga topshiray. Tashqarida kutib turgan Muhammad Do‘lday va boshqa nufuzli beklar kirdilar. Bobur ularning oldida podsholik tojini o‘g‘li Humoyunga topshirdi. Rozi-rizolik so‘rash paytida beklardan bir-ikkitasi ko‘ziga yosh olganday bo‘ldi. Lekin chiqib ketayotganlarida hammalari endi Humoyunning atrofida parvonaday aylanib, yangi inoyatlar umidida ko‘zlari tama bilan yonganini Bobur ko‘rib qoldi. Xonada Tohir bilan ikkovlari qolgandan so‘ng: — Endi... beku sultonlarga mening keragim yo‘q, — dedi. — Tohirbek, kechga... Mavlono Fazliddinni chaqirtiring. Tohir Boburga tabib Yusufiy buyurib ketgan suyuq doridan ichirtirdi, uning qiyshayibroq qolgan yostig‘ini to‘g‘rilab qo‘ydi. So‘ng savdarlar xonasiga o‘tib, tog‘asiga odam |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling