Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
2
Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 103 Arxiyon qo‘rg‘onini qamal qilayotgan Bobur endi asosiy kuchlarini Kosonsoy tomonga burishga majbur bo‘ldi. U Ahmad Tanbalga keladigan har qanday ko‘makning yo‘lini to‘smoqchi, kerak bo‘lsa, tog‘asining o‘g‘li Xonikaxon bilan ham olishmoqchi edi. Bu xabar Axsida turgan Qutlug‘ Nigor xonimga va uning keksa onasi Eson Davlat begimga ham yetib bordi. Onalar tog‘a-jiyan orasida urush boshlansa juda ko‘p begunoh qonlar to‘kilishidan iztirobga tushib, avval Axsidan Kosonsoyga bordilar, Tilba Sulton bilan Xonikaxonni yaxshilikcha Toshkentga qaytishga undab ko‘rdilar. Biroq olti ming qo‘shinning kuchiga ishongan Tilba Sulton Mahmudxonning nomidan bir qancha og‘ir shartlarni o‘rtaga qo‘ydi: — Bobur mirzo qo‘shinini Andijon tomonga olib ketsinlar. Axsi bilan Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi hamma joylar avvalgiday Jahongir mirzo ixtiyorida qolsin. Ana undan so‘ng biz qo‘shinni Toshkentga olib qaytgaymiz. Qutlug‘ Nigor xonim onasi bilan Kosonsoydan Namanganga, Bobur qarorgohiga keldilar. Sakkiz burchaklik katta oq o‘tovda Bobur o‘ng yoniga onasi va buvisini e’zozlab o‘tqazdi. Uning chap yonidan Qosimbek va Ali Do‘stbek o‘rin oldilar. Onalar keltirgan noxush xabardan otashin bo‘lgan Bobur kuyunib so‘z boshladi: — Biz Tanbal tufayli shuncha jabr ko‘rdik, ikki yil sargardon bo‘ldik, xon tog‘amiz bizga bironta ham navkarini yordamga yubormadi. Tanbal o‘z qilmishiga yarasha hamma joydan quvilib tor-mor bo‘layotgan paytda xonning olti ming qo‘shini uni qutqarish uchun tog‘ oshib yetib kelibdi! Buni qanday tushunmoq kerak, hazrat momojon? Qani bu yerda adolat?! Qutlug‘ Nigor xonim xon og‘asining qilmishidan xijolat bo‘lib yerga qaradi. Eson Davlat begim tomoq qirib qiynalib gapirdi: — Amirzodam, adolat siz tomonda. Lekin Mahmudxonning eshik og‘asi Tilba Sulton o‘ta mug‘ambir odamda. Xonni shu odam qo‘shin yuborishga ko‘ndirgan. Biz Kosonsoyda ular bilan so‘zlashdik. Maqsadlari urushish emas. Iningiz Jahongir mirzo bilan sizni yarashtirib qo‘yishmoqchi. — Men Jahongir bilan emas, Tanbal bilan olishmoqdamen. Mayli, Jahongir hali bola, uzr so‘rab kelsa u bilan yarashaylik. Ammo Tanbalni qamaldan bo‘shatmagaymiz! Bu qotil o‘z qilmishlari uchun javob bermog‘i kerak! — Biroq Tanbal Jahongirning otalig‘i-ku! Biri bilan yarashsangiz, ikkinchisi bilan ham yarashmog‘ingiz kerak bo‘lur, — dedi Ali Do‘stbek. — Bundan tashqari, Ahmad Tanbal ham Chig‘atoyxon avlodlaridandir. Xon tog‘oyingiz shuning uchun uning himoyasiga katta qo‘shin yubormishdir! — Ha, ana, kosa tagidagi nimkosa endi ko‘rindi!— dedi Qosimbek. — Mahmudxon hazratlari temuriylarga o‘gay ko‘z bilan qaraydirlar. Amirzodam, men buni ko‘pdan beri kuzatib yuribmen. Toshkentda, Buxoroda, Turkistonda sizning tarafdorlaringiz, bizga haqiqatni yetkazib turuvchi xufiyalarimiz bor. Ular Mahmudxonning Shayboniyxonga yon bosayotganligi bejiz emasligini ma’lum qilmoqdalar. Asli Chingizxon naslidan bo‘lgan bu xonlar hozir temuriylarga qarshi til biriktirganlar. Ular nafaqat Toshkentu Farg‘onada, balki butun Turonda Chingizxon avlodlarining hukmronligini qayta tiklamoqchilar! Bu gaplardan Qutlug‘ Nigor xonimning yuzi qizarib, ko‘zlari chaqnab ketdi: — Men ham Chingizxon naslidanmen! Siz bizni Mahmudxonga qo‘shib o‘g‘limiz Bobur mirzodan begona qilmoqchimisiz?! — Meni afvu eting, xonim hazratlari! Siz Bobur mirzoga Amir Temur qilichini, uning ruhiy madadini yetkazib berib, olijanob ishlar qildingiz!.. Salkam ikki yil barcha sargardonliklar azobini siz amirzodam bilan birga tortdingiz. Shunchalik qiynalgan paytlaringizda Mahmudxon og‘angiz sizga ham yon bosmadi-ku! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling