Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
SAMARQAND
HAL QILUVCHI OLISHUV 1 Bo‘stonsaroyning bir chetida rang-barang toshlar bilan sangfarsh* qilingan marmar hovuzli hammom bor edi. Kechki payt shu hammomga Sulton Ali mirzoning haramidagi eng chiroyli qizlar cho‘milishga keldilar. Hamomning ichida gilamlar va ko‘rpachalar to‘shalgan, shohona dasturxon tuzab qo‘yilgan maxsus bir xona bor edi. Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu xonadan qizlar cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi. Shahvoniyparastlik bilan dong chiqargan Sulton Mahmud mirzo o‘sha tuynukdan qizlarning cho‘milishini tomosha qilar edi. Sulton Mahmud mirzo o‘lib ketganiga besh yil bo‘ldi. Hammomda maxfiy tuynuk borligini uning o‘n yetti yashar o‘g‘li, hozir Samarqand taxtida o‘tirgan Sulton Ali mirzo yaqinda Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 111 bilib qoldi. Uni bu sirdan voqif qilgan Abu Yusuf Arg‘un haramga bir qancha chiroyli qizlar keltirib berib, yosh podshoning sohib ixtiyor, sirdosh bekiga aylandi. Hozir Sulton Ali mirzo qo‘lida may to‘la billur qadah bilan maxfiy tuynuk oldida o‘tiribdi. Marmar hovuzda qiy-chuv qilib cho‘milayotgan yalang‘och qizlar uning ko‘zlarini yondirib, vujudini jingak qilayotganday bo‘ladi. U tomog‘i quruqshaganda may xo‘plab qo‘yadi-yu, ammo ko‘zini tuynukdan olmaydi. Bir payt uning bu tomoshasiga kimdir xalaqit berdi. — Mirzo hazratlari, xufiyalar favqulodda xabar keltirmishlar. Sulton Ali mirzo Abu Yusuf Arg‘unning mayin ovozini taniydi-yu, ammo unga o‘girilib qaragisi kelmaydi: — Nima xabar bo‘lsa onamga aytavering. — Begim hazratlari meni sizga yubordilar, amirzodam! Sulton Ali mirzo endi Abu Yusuf Arg‘unga o‘girilib qaradi. Uning quyuq ta’zimi ham, pastki tishlari tushib ketgan kemtik og‘zining tabassumi ham ko‘ziga juda yomon ko‘rindi: — Janob bek, o‘zingiz-ku, bizga mehribonchilik ko‘rsatib go‘zal qizlar peshkash qildingiz... Endi nega orom olgani qo‘ymaysiz? — Mirzo hazratlari, saltanatingiz xavf ostida! Men shuning uchun oromingizni buzishga jur’at etdim! — Yana qanday xavf? Onam qayerdalar? — Devoni xosda sizga muntazirlar. Sulton Ali mirzo kayfini buzganlaridan achchig‘i kelib, qo‘lidagi qadahni mayi bilan marmar devorga otib urib chil-chil sindirdi. So‘ng barvaqt semirgan yo‘g‘on gavdasi kayfdan xiyol chayqalib, tashqariga chiqdi. Qorong‘i tushib qolgan edi. Devoni xosning kiraverishida ellik yoshlardagi qovoqlari qalin, jingalak soqolli bir bek qo‘l qovushtirib, bosh egib turibdi. Uy to‘rida tikka turgan Zuhra begimning yuzi qahrdanmi, qo‘rquvdanmi oqarib ketgan: — Amirzodam, siz ayshu ishrat bilan bandsiz. Xiyonatchilar poytaxtni yog‘iyga pinhona topshirmoqchilig‘idan bexabarsiz! Sulton Ali mirzodan norozi bo‘lib shaharni tashlab chiqqan mingdan ortiq bek va navkarlar Andijondan qo‘shin tortib kelgan Bobur bilan birga Darg‘om bo‘ylarida fursat kutib yurganlari ma’lum edi. Ammo Sulton Ali mirzo barcha darvozalarga eng ishonchli kishilarini qo‘yib, shaharni mahkam berkitib yotar edi. Shuning uchun onasiga zarda qilib: — Yana nima vahima? — dedi. — Menga ishonmasangiz, mana Muhammad Sulton janoblaridan so‘rang. Bu bek hozirgina Boburning qarorgohidan qochib kelmishlar. Shahar ichidagi fitnachilar bugun kechasi So‘zangaron darvozasini Boburga yashiriqcha ochib bermoqchi emishlar. Piringiz Xo‘ja Yahyo ham sizdan yuz o‘girib, Boburga tarafdor bo‘lgan emishlar. — Ishonmaymen! — deb Sulton Ali mirzo qo‘l qovushtirib turgan Muhammad Sultonga tikildi. — Amirzodam, gapim yolg‘on bo‘lsa bugun kechasi tekshirib ko‘ring! Men yog‘iylaringiz bilan Darg‘om bo‘yida ikki hafta yurdim. Xo‘ja Yahyoning rizoligini Bobur rosa o‘n bir kun kutdi. Nihoyat, bugun ertalab Mamadali kitobdor xo‘janing rizoligini olib boribdir. «Tun yarmida kelsinlar, shaharga kiritgaymiz», deganmish. Bobur bugun peshinda ishongan beklarini to‘plab, mashvarat o‘tkazdi. Xayriyatki, uning ishongan beklaridan biri, men — sizning sodiq qulingiz edim!.. Sulton Ali mirzo qovog‘i qalin bekka endi mamnun nazar tashladi-yu: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling