Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/318
Sana23.07.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1661981
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
112
— O‘g‘rini qaroqchi urganday bo‘libdir! — deb xaxolab kuldi. 
Uning kayf bilan beparvo kulishi Zuhra begimning g‘ashini keltirdi: 
— Amirzodam, har bir daqiqa g‘animat. Xos nav-karlaringiz otlangan. Hammasi 
farmoyishingizga muntazir. 
— Farmoyishmi? — deb Sulton Ali mirzo bir lahza o‘ylanib oldi: — Mayli, Bobur 
darvozadan kirsin. Keyin tuttirib ko‘ziga mil torttirmoq kerak! Toki bizga qasd qilgani 
uchun abadiy ko‘r bo‘lib qolsin! 
Abu Yusufbek oq oralagan qalin soqolining uchini tutamlab bosh chayqadi: 
Tuttirolsak yaxshi edi-yu, ammo bu reja ancha qaltis, amirzodam. Darvozani ochsak, 
so‘ngra yopib bo‘lmas. Boburning ulkan qo‘shini bor. Qal’a ichida ham tarafdorlari ko‘p. 
O‘tgan safar Samarqandga kirganda ochlarga non ulashib, dehqonlarga urug‘lik qarz 
berib, avomning ko‘nglini ovlagan ekan. Bir yoqdan Xo‘ja Yahyoning fatvosi bilan avom 
ko‘tarilsa, tashqaridan qo‘shin kirsa... 
— Yo‘q, bu — juda xatarnok! — dedi Zuhra begim. 
— Ha, undan ko‘ra tezroq So‘zangaron darvozasiga borib, u yerdagi soqchilarni 
almashtirish lozim, — dedi Abu Yusuf va zarhal jildga solingan bir qog‘oz keltirdi.— 
Amirzodam, mana bu — sizning muborak nomingizdan yozilgan nishon*. Bunda fitnachi 
beklarning nomlari ham ko‘rsatilgan. Shular bugun kechasi qo‘lga olinmog‘i lozim. 
— Fitnachilarning molu mulklari mana bu Muhammad Sulton kabi sadoqatli beklarga olib 
berilsin!— deb qo‘shimcha qildi Sulton Ali mirzo. 
Qovog‘i qalin bekning josuslik qilishdan maqsadi ham shu edi. U Sulton Ali mirzoga ikki 
bukilib ta’zim qildi: 
— O‘lgunimcha xizmatingizdamen, amirzodam. Ijozat bering, mana bu muborak 
farmoyishingizni bajo keltirishda faqir ham navkarlarim bilan ishtirok etay. 
Bu bek fitnachilarning hovlilarini talashda bevosita ishtirok etsa, ko‘proq o‘lja olishi 
mumkinligini sezib shunday demoqda edi. 
— Ijozat berdik. 
Muhrdor chaqirtirildi va qog‘ozdagi farmoyishga podshohning muhri bosildi. 
Qolgan ishni biz bajo eturmiz, — dedi Abu Yusuf Arg‘un. 
Sulton Ali mirzo til uchida: 
— Men ham birga boray, — dedi. 
— Yo‘q, yo‘q! — dedi Zuhra begim tez. U yolg‘iz farzandini qorong‘i tunda dushman 
ko‘payib ketgan shaharga chiqarishni istamas edi. Mirzo onasining yuzidan 
o‘tolmaganday bo‘lib saroyda qoldi. 
So‘ng ona-bola Bo‘stonsaroyning ikkinchi qavatidagi ochiq ayvonga chiqib, So‘zangaron 
darvozasi tomonga quloq sola boshladilar. 
Tun sukunatida otlarning dupuri quloqqa baralla chalinardi. Amir Temur maqbarasidan 
sal nariroqda joylashgan So‘zangaron darvozasi Bo‘stonsaroyga ko‘p ham uzoq emas 
edi. 
Yarim kechada Boburning ilg‘orlari darvozaga sekin yaqinlashganda Abu Yusuf va 
Muhammad Sultonning navkarlari darvozaxona ustidan ularga kamondan o‘q otib, bir 
qancha kishini yarador qildi. 
Qorong‘ida devor tepasidan tusmol bilan otilgan ba’zi o‘qlar otlarga ham tekkan edi. 
Og‘riqdan asabiylashgan otlarning qattiq kishnagani Bo‘stonsaroyga ham eshitildi. 
Darvozaxona ustidagi qo‘riqchilar Boburning odamlarini masxara qilib kulishardi: 
— Mirzolaring barakni* xom sanabdir! 
— Ha-ha-ha! 
— Samarqandni endi tushlaringda ko‘ringlar! 
— Keyin tushlaringni suvga aytursanlar? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling