Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
114 Biroq qandillarda ko‘pdan beri yonayotgan shamlarning tutunidan uy sal xira tortib qolgan edi. Zuhra begim havorang barqut darpardalarni ochdi-yu, sahar salqiniga yuzini tutib, ayvon eshigi oldida birpas turdi. Shunda arkka yaqin bir mahalladan er kishining jon achchig‘i bilan qichqirgani eshtildi. Ayol kishining o‘kirib yig‘lagani unga jo‘r bo‘ldi. Abu Yusuf Arg‘un bilan Muhammad Sulton hamon fitnachilarni ovlab yurgani, ularning uylarini talab boyiyotgani, allakimlar o‘q yoki tig‘ zarbidan jon berayotgani Zuhra begimning ko‘z oldiga keldi. Shunda xayoli birdan boshqa yoqqa burildi. Shayboniyxon Samarqandni jangsiz olish uchun Zuhra begimga yolg‘ondakam ishq izhor qilayotgan bo‘lsa-chi? Samarqandni olganidan keyin so‘zidan qaytsayu, Zuhra begimni mana bu qorong‘i tunda o‘kirib yig‘layotgan ayolning ahvoliga solsachi? Bu shubhadan begimning borlig‘i muzlab ketdi. U orqasiga qaytib Shayboniyxonning maktubini yana qo‘liga oldi. Xon uning shunday shubhalarga borishini oldindan sezganday, maktubning yana bir joyida she’r aytgan edi: «Men Samarqandni sensiz netayin, Jasadi tiyrani jonsiz netayin?» Bu satrlarning taftidan Zuhra begimning qalbiga yana iliqlik yugurdi. Shu topda begimning o‘ziga ham yorsiz Samarqand — jonsiz tanaday sovuq tuyulardi. Shay- boniyxon uning bevalik hayotiga issiq jon bo‘lib kirib kelishi ko‘z oldida gavdalandi-yu, qalamni qo‘liga olib, xonga javob yozishga kirishdi. Satr boshidan xonning ta’rifini yuksaklarga ko‘tarib: «Hazrati imomi zamon, xalifayi rahmon», deb yoza boshladi... _______________ * S a n g f a r sh — go‘zal toshlardan gul yasash. * N i sh o n — farmon, buyruq. * B a r a k — chuchvara. 2 Samarqand qal’asining tashqarisidagi bog‘ ko‘chalar, Ulug‘bek rasadxonasining atroflari, Obirahmat arig‘ining bo‘ylari behisob qo‘shinga to‘lib ketgan. Cho‘ponota tog‘ining etaklarida, naryog‘i Zarafshon sohilida yuzlab o‘tovlar va chodirlar paydo bo‘lgan. Bu qo‘shinning sarkardasi Shayboniyxon Bog‘i Maydonga, Ulug‘bek qurdirgan mashhur Chilsutun ko‘shkiga kelib tushgan edi. Shayboniyxon ko‘shkning yuqorigi qavatida to‘rt tarafi ayvonlik katta uyda peshin namozini o‘qib bo‘lgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton Ali mirzo bir necha ichkilari bilan qal’adan xon huzuriga kelganini aytdi. Shayboniyxonning kichik-kichik ko‘zlari quvonchdan yaltillab ketdi. — Sultonlarni bu yerga chorlang. Keyin mirzoni boshlab kiring. — Hazratim, taxtingiz pastki oshiyonda. — Joynamozim taxtimdan baland! — Lutf qildingiz, hazratim! Yasovul ikki bukilib ta’zim qilganicha orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Shayboniyxon bo‘taloq junidan to‘qilgan mayin malla joynamoz chetiga qaytib o‘tirdi. Yasovul poygakdagi eshikdan Sulton Ali mirzoni boshlab kirganda Shayboniyxon hali ham shahnishinda o‘sha joynamoz ustida o‘ltirgan edi. Shahnishin pastida uning o‘n chog‘li sultonlari cho‘kkalab o‘ltirishibdi. Shayboniyxon bezaksiz jo‘n kiyingan edi. Sulton Ali mirzo eshikdan kirgan zahoti uning sallasiga qadalgan duru gavharlar, to‘niga tikilgan oltinu marvaridlar dabdaba bilan yaltirab ko‘zga tashlandi. Ammo Mirzoning ko‘zlari besaranjom, semiz gavdasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling