Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
101 uning xizmatini qilgan. Faqat To‘xtamishxon Temur bilan dadil olishgan, ammo omadi kelmay yengilgan. Oltin O‘rda yer bilan yakson qilingan. Temur Mo‘g‘uliston xonlariga qarshi bir emas, yetti marta yurish qilib, Chingizxon avlodlarini Chig‘atoy ulusidan butunlay siqib chiqardi. Uning o‘g‘li Shohruh bilan nevarasi Ulug‘bek chingiziylarni Turonga yo‘latmay qo‘ydi. Mana endi, oradan yuz yil o‘tgandan keyin temuriylar davlati parchalanib, o‘zaro urushlardan batamom zaiflashdi-yu, sizu bizga omad keldi. — Gapingiz to‘g‘ri, janob Shohbaxtxon, Chig‘atoy ulusidan temuriylarni siqib chiqarib, chingiziylar hukm-ronligini qayta tiklash siz bilan bizning zimmamizga tushadir. Sayramu Turkistonlar ham ikki yuz yil davomida chingiziylar tasarrufida bo‘lgan. Keyin Amir Temur Yassaviy maqbarasini qurib, bu yerlarga ega bo‘lib oldi. Hozir ham Turkiston temuriylarga sadoqat saqlab turibdir. Men sizga uch ming kishilik sara qo‘shin beray. Bobongiz Abulxayrxonning mulkini temuriylardan qaytarib oling! — Minnatdormen, xon hazratlari! Turkistonni temuriylardan tortib olib, sizning davlatingiz tarkibiga qo‘shish — mening orzuyimdir! Siz barcha chingiziylarga rahnamo bo‘lgaysiz! Mening ezgu niyatim — sizning yo‘lboshchiligingizda chingiziylarning ulug‘ saltanatini qayta tiklamoqdir! — Mana bu niyat — tahsinga sazovor, janob Shohbaxtxon. Ammo zamonlar o‘zgardi. Siz bilan biz ham Chingizxon davridagi mo‘g‘ullar emasmiz. Islomni qabul qildik. Turkiy til — ona tilimizga aylandi. Mana, siz madrasada o‘qidingiz. Biz ham forscha, arabcha o‘rgandik. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy tutish, hayot tarzi — hammasi o‘troq turkiy aholinikidan farq qilmagani yaxshi bo‘ldi. Chunki bu hammasi bizning Turonzaminga otgan yangi ildizlarimizga aylandi. — Ammo o‘q ildizimiz — Chingizxon naslidan ekanligimizdir! — gap qo‘shdi Shohbaxtxon. — Ha, ana shu o‘q ildizni mahkam tuting, ammo Turonzaminga otgan yangi ildizlaringizdan ham oziqlaning! — Mening dilimdagi gapni aytdingiz, xon hazratlari. Men o‘z atrofimga Turondan ham, Dashti Qipchoqdan ham barcha turk-mo‘g‘ul qavmlarni yig‘moqdamen. Bularning biri qipchoq, biri nayman, biri qo‘ng‘irot, biri jaloyir, ammo hammalarini «o‘ziga-o‘zi bek — o‘zbek» degan chiroyli nom bilan atasam, ko‘pchiligiga ma’qul tushdi. Oralarida Qur’onni menchalik yaxshi qiroat qiladigan imomlari yo‘q. Shuning uchun hammalari meni «Imomi zamon!» deb tan olurlar! — Ko‘pchilikning boshini qovushtirish uchun nimayiki zarur bo‘lsa, hammasini qiling. Eng muhimi, ahillikdadir. O‘zaro urushlar temuriylarning boshiga yetmoqda. Siz bilan biz bir yoqadan bosh chiqarsak, Islom bayrog‘ini temuriylardan ko‘ra balandroq ko‘tarsak, barcha musulmonlar bizga ergashgay! — To‘g‘ri aytdingiz, hazratim! Hozir bobokalonimiz Chingizxonning mafkurasi bilan ish yuritib bo‘lmagay! Endi faqat islomning sunniy mazhabi bizga mos kelur. Mahmudxon Shayboniyxonning bu fikrini ham ma’qul ko‘rdi. Ularning maslakdosh ekanliklari, ayniqsa Shayboniyxonga qo‘l keldi. Mahmudxonning yordami bilan Shayboniyxon avval Turkistonni, so‘ng Buxoroni noshud temuriyzoda Sulton Ali mirzodan tortib oldi. Vaziyat yetilishi bilan Shayboniyxon Samarqandni ham egallaydi. Uning homiysi Mahmudxon bundan mamnun. Shayboniyxonga rahnamo bo‘lib butun Turonda, undan so‘ng Xurosonu Eronlarda ham Chingizxon avlodlarining shonu shuhratini, davlatu hokimiyatini qayta tiklash Mahmudxonning eng ulkan orzusidir. Buni yaxshi biladigan Tilba Sulton: — Ilohim, ana shu orzuyingiz tezroq ro‘yobga chiqsin, xon hazratlari! — deb tilyog‘lamalik qila boshladi. — Siz Sohibqiron a’zam Chingizxonning dahosini meros olgansiz. Ona tomondan Iskandar Zulqarnayn avlodlaridan ekansiz! Muhtarama |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling