Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
97 bekitgaymiz. Tanbalni Andijonga kiritmagaymiz. Juma namozida Bobur mirzoning nomini xutbaga qo‘shib o‘qigaymiz! Keyin buning xabarini mo‘’tabar odamlar orqali Bobur mirzoga yetkazgaymiz. Toki ul zoti oliy Andijonga izzat-ikrom bilan qaytib kelsinlar. Shunga rozimisizlar? Bu reja amalga oshdi-yu, ertasi kuni andijonliklar Bobur mirzoni qo‘rg‘on darvozasi oldida karnay va naqoralar chalib kutib oldilar. U minib kelayotgan gulibodom otning oyog‘i tagiga gilam poyondozlar to‘shadilar. Bobur shodlikdan ko‘zlari yoshlanib, yonida kelayotgan Qosimbekka so‘z qotdi: — El-yurtda adolat bor ekan-a! — Ha, mehru oqibat ham kuchli ekan. Faqat yuzaga chiqishi oson bo‘lmas ekan! — Shukr, mas’ud kunlarga yetishdik! * * * Shu tarzda Andijondan quvilgan Ahmad Tanbal qolgan-qutgan odamlari va ko‘ch-ko‘roni bilan Axsiga yo‘l oldi. Biroq Axsida ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarilgan, Bobur tarafdorlari qo‘rg‘on darvozalarini egallashgan. Tanbalga sadoqat saqlab turgan Axsi dorug‘asi Uzun Hasan arkka kirib bekingan edi. Bobur va Qosimbekning qo‘shini so‘nggi vaqtlarda besh mingdan ham oshib ketdi. Ular Andijonda ko‘p to‘xtamay, Bandi Solor yo‘li bilan Axsiga yetib bordilar va arkdagi Uzun Hasanni asir oldilar. Bu xabarni eshitgan Ahmad Tanbal mustahkam qo‘rg‘onlardan biri bo‘lgan Popga qarab chekindi. Ammo u yetib borgunicha Bobur tarafdorlari Pop qo‘rg‘onini ham berkitib, Ahmad Tanbalni darvozadan kirgizmay quvdilar. Ahmad Tanbal G‘ova orqali Chotqol tog‘lariga qarab chekindi. Uning so‘nggi umidi — katta akasi Tilba Sultondan va Toshkent xoni Mahmudxondan edi. Tilba Sulton xon saroyida so‘zi o‘tadigan eshik og‘a ekanini Bobur bilardi. Ahmad Tanbal Farg‘ona vodiysini talon-taroj qilib orttirgan boyliklaridan katta bir qismini Ohangaron orqali Toshkentga, Mahmudxonga sovg‘a qilib yuborgani ham xufiyalar ma’lumotidan ma’lum edi. Lekin Mahmudxon — Qutlug‘ Nigor xonimning akasi bo‘laturib, jiyani Boburning ashaddiy dushmani Ahmad Tanbalga yon bosishi mumkin emasday tuyulardi. Shuning uchun Bobur qo‘shini Ahmad Tanbalni Chotqol tog‘i etagigacha ta’qib etib bordi. Kun sovuq, yo‘llar toyg‘oq. Kechki payt Tanbal besh yuztacha askari bilan Arxiyon degan joydagi qo‘rg‘onga kirib bekindi. Bu qo‘rg‘on devorlariga shoti qo‘yib oshib o‘tish mumkin edi. — Kech kiryapti, qorong‘i tushmasdan tezroq harakat qilaylik! — dedi Bobur. Ammo shotilarni o‘n chaqirimcha beridagi G‘aznayi Namangandan keltirgunlaricha g‘ira-shira qorong‘i tushdi. Kechki izg‘irinda og‘izdan chiqqan hovur uzoqdan ko‘zga tashlanadi, navkarlarning qo‘li qovushga kelmaydi, gapirganda lablari ham qiyinlik bilan harakatlanadi. — Amirzodam, — deb Ali Do‘stbek Boburga arz qildi: — Qorong‘i tushib qoldi, yovni o‘zimiznikilardan ajratish qiyin bo‘lg‘ay. Qamalni ertalabdan boshlaylik. — Ungacha Tanbal qochib ketsa-chi? — so‘radi Bobur. — Qochib qayoqqa borgay? Naryog‘i tog‘, dovon bekilgan! — Tanbalning akasi Tilba Sulton Archakent dovoni orqali inisining oldiga kelib ketibdi-ku! — dedi Qosimbek. — Ne bo‘lganda ham, endi Tanbal ilikka tushmog‘i kerak! — dedi Bobur. — Arxiyon qo‘rg‘oni atrofiga chodirlar tikdiring! Ming kishi tuni bilan qorovullik qilsin! Ertadan besh Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov www.ziyouz.com kutubxonasi 98 ming kishi bilan devorga shotilarni qo‘yib hamla qilurmiz! — Bosh ustiga! — deb Ali Do‘stbek bu farmonni bajarishga kirishdi. Qosimbek Bobur uchun shu atrofning eng obod va ko‘rkam joyi bo‘lgan G‘aznayi Namanganda qarorgoh tayyorlata boshladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling