Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 qulog‘iga chalindi. Ayvonga chiqqanda kechki shabada yuziga ipakday mayin salqinlik berdi. 2 Ammo bu ma’sud damlardan keyin kelgan kunlar, oylar, hatto yillar lomakonlik va sargardonlikda o‘ta boshladi. Sohibqiron bobokalonidan saboq olib yashashga ahd qilgan Bobur buning qanchalik qiyin bo‘lishini o‘z boshiga og‘ir kunlar tushganda bildi. U onasi in’om qilgan sandiqdagi xotirotlarni takror-takror o‘qib, Sohibqiron bobosini yigitlik paytidagi ismi bilan xayolida Temurbek deb atashga o‘rgandi. Temurbek yigirma besh yoshida Samarqand va Shahrisabzdagi xonumonidan judo bo‘lgani va ota yurtining to‘rt tomoniga bosh urib najot izlagani Boburning hozirgi ahvolini eslatardi. To‘g‘ri, Temurbekka tajovuz qilgan Ilyosxo‘ja va Amir Bekchiklar Ahmad Tanbaldan yuz chandon qudratliroq va xatarliroq edi. Ular Temurbekni tutib olib o‘ldirish uchun minglab odamlarni safarbar etadilar. O‘lim xavfi yillar davomida Temurbek bilan izma-iz yuradi. Qoraqum sahrosidan narida Xiva bo‘sag‘asida Temurbek oltmish yigiti bilan ming kishilik yov qurshovini qo‘lda qilich bilan yorib chiqib, qutulib ketadi. Endi o‘n yetti yoshga kirayotgan Bobur hali bunday dahshatli xatarlarga duch kelgan emas. Faqat ota yurtidan ayrilib, lomakon bo‘lib yurgani va Ahmad Tanbalga bas kela oladigan kuchli qo‘shin yig‘ish nihoyatda mushkul bo‘layotgani uni qiynaydi. Boburning ishongan odamlari yashiriqcha Andijonu Axsiga, Marg‘ilon va O‘shga borib kelmoqda. Xayrixohlar ko‘p, ammo yurak yutib maydonga chiqadiganlar kam. Boburning o‘zi ham bu yog‘i Isfara va Konibodomga, u yog‘i Zomin va Jizzaxgacha, janubda O‘ratepa, shimolda Toshkentgacha hamma joyga bir necha marta borib keldi. Bir yarim yildan beri qishni qish, yozni yoz demay yo‘l bosdi. Sirdaryodan qayta-qayta suzib o‘tdi. Qishda muzni teshib cho‘milgan paytlari bo‘ldi. Uning o‘ziga o‘xshab chiniqqan yigitlari Temurbekning Xisor tog‘larida, afsonaviy g‘orlarda yashab toblangan yigitlarini eslatadi. Biroq navkaru sardorlari bilan bir joyda uzoq vaqt mehmon bo‘lib turishga yuzi chidamaydi. Chunki haftalar, oylar davomida yuzlab odamlarga ovqat, otlarga yemish topib berish mezbonlarga juda og‘ir tushishini sezadi. Shuning uchun onasi va egachisini Xo‘janddan O‘ratepaga, xolasi Xub Nigor xonimning uylariga keltirib qo‘ydi. O‘zi uch yuzga yaqin beku navkarlari bilan janubdagi tog‘larga chiqib ketdi. Ovchi deb ataladigan bir qishloq yaqiniga chodir va o‘tovlar tikishib, ancha vaqt ov o‘ljalari bilan ro‘zg‘or tebratishdi. Ovchi qishlog‘iga tor bir daradan o‘tib boriladi. Daraning tubidan odamni oqizadigan katta suv hayqirib oqadi. Suv bo‘yida besh qavatlik uyday bir bahaybat qoyatosh osmonga bo‘y cho‘zib turadi. Bobur shu qoyatoshning ustini tekislatib, chodir o‘rnattirgan. Ovdan bo‘shagan paytlari- da chodirda o‘ltirib kitob o‘qiydi, xotira daftariga ko‘rgan-kechirganlarini yozadi, she’r mashq qiladi. Bir kun shu chodirda Bobur Mirzo Ulug‘bekning «Tarixi arbaa ulus»* kitobini o‘qib o‘tirganda, daraning narigi chetidan bir otliq odam jadallab kelayotganiga ko‘zi tushdi. Oti terga botgan bu otliq Marg‘ilondan kelgan chopar yigit edi. U Bobur qarshisida tiz cho‘kib arzini aytdi: — Amirzodam, meni Marg‘ilon dorug‘asi Ali Do‘stbek tog‘oyingiz yubordilar. — Bizga xiyonat qilib, Andijonni Tanbalga yashiriqcha topshirgan tog‘oyimizmi? — Ha, tog‘oyingiz bu qilgan ishlaridan hozir ming pushaymonlar. Ahmad Tanbal uning uylariga bostirib kelib, yaxshi ko‘rgan qizlarini zo‘ravonlik bilan haramiga olib ketibdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling