Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
95 Mol-mulkini talatibdir! — Qasos qaytar ekan-da! — dedi Qosimbek. — Do‘stbekning o‘zi Andijonda bizning mol- mulkimizni talatgan edi. — Janob amiral umaro, Tanbalning amaldoru soliqchilari ham jabr-zulmni haddidan oshirib yubordi. El-yurt ularga qarshi isyon ko‘taradigan bo‘lib turibdir. Ayniqsa, marg‘ilonliklar hozir jo‘shu xurushga kelgan. «Bobur mirzo kelsalar qo‘rg‘on darvozalarini ochib bergaymiz!» deb, tog‘oyingiz meni huzuringizga yubordilar. — Tog‘oyimiz Tanbal bilan til biriktirib, bizni unga tutib bersalar-chi?! — Tepamizda xudo turibdir, amirzodam! — deb chopar qasam ichdi. — Hazrat momongiz Eson Davlat begim Ali Do‘stbekka yaqin qarindosh ekanlar. Momongiz yaqinda Marg‘ilonga boribdilar. — Siz momomni o‘sha yerda ko‘rdingizmi? — Ha, maslahatlarini ham oldim. «Ali Do‘stbek bilan Tanbalning yovlashgani rost!» dedilar. Momongiz sizga salom aytdilar, «Tezroq yetib kelsinlar!» deb tayinladilar. Bobur endi hayajon bilan o‘rnidan ko‘tarildi: — Janob Qosimbek, tavakkal qilaylik! Odamlarga buyuring. Darhol ko‘ch yig‘ishtirsinlar! O‘sha kuni qorong‘i tushguncha barcha o‘tovlar qatori Boburning qoyatosh* ustidagi chodiri ham yig‘ishtirib olindi. Tuni bilan yo‘l yurib, sahar palla Xo‘janddan berida bir-ikki soat dam oldilar-da, yana yo‘lga tushdilar. To‘rt kunlik yo‘lni bir yarim kunda shitob bilan bosib o‘tdilar. Marg‘ilondan berida Isfayramsoy shovullab oqmoqda. Sahar palla edi. Soy bo‘yida birpas to‘xtadilar. Bobur soy suvidan tahorat olib, ikki rakat namoz o‘qidi. Joynamoz ustida o‘ltirib, Sohibqiron bobokaloniga bag‘ishlab tilovat qildi, ulug‘ ajdodlar ruhidan madad so‘rab, yuziga fotiha tortdi. So‘ng tong qorong‘usida Marg‘ilon qo‘rg‘onining yopiq darvozasi oldiga keldilar. Ali Do‘stbek darvoza qorovulxonasida ularni kutib o‘ltirgan ekan. Darvozani to‘rt enlik ochib, qo‘rqa-pisa Boburga murojaat qildi: — Amirzodam, Andijonda qilgan gunohlarim uchun afv so‘raymen! Tanbal hammamizni aldagan ekan! — Minba’d sadoqat saqlay olurmisiz?! — shiddat bilan so‘radi Bobur. — Qur’oni karim oldida so‘z berurmen, umrbod sodiq qulingiz bo‘lurmen, amirzodam! Faqat meni inoyatlaringizdan mahrum qilmasangiz, bas! — Inoyatlar istaganingizdan ham ziyoda bo‘lg‘usidir. Oching, darvozani! Bu buyruqni Ali Do‘stbek darhol ado etdi. Bobur fonus yorug‘i tushib turgan darvozaxonaga kirganda Ali Do‘stbek o‘zini uning oyog‘i tagiga tashlab yukundi. Bobur uni qo‘ltig‘idan olib turg‘izdi: — Ma’zursiz! Tanbalning sodiq odamlari bo‘lsa, hozir uyquda tutdirmoq kerak! — Uning talonchilari uxlab yotgan joylarini bilurmen! — Janob Qosimbek, bizning navkarlarimizga siz bosh bo‘ling! ________________ * Tarixi arbaa ulus to‘rt ulus tarixi demakdir. * Ovchi qishlog‘i va undan pastroqdagi qoyatosh hozir ham bor. O‘sha joyning turkiyzabon aholisi bu qoyatoshni «Boburtosh» deydi, tojikzabon aholisi esa uni «Sangi Boburxon» deb ataydi. * * * Tong yorishganda Marg‘ilon ko‘chalarida otliq jarchilar Bobur mirzoning qaytib kelganini e’lon qildilar. Tanbalning ko‘pchilik odamlari qurolsizlantirilgani ham shaharliklarga ma’lum bo‘ldi. Butun Marg‘ilon ahli oyoqqa qalqdi. Shahar a’yonlari Bobur kelib tushgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling