Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
TOSHKENT, NAMANGAN, ANDIJON
CHINGIZIYLAR YANA HUKMRON BO‘LMOQCHI 1 Qirchillama qishda samur* po‘stin va qunduz telpak kiygan Mahmudxon xonai xosda eshik og‘a Tilba Sulton bilan yakkama-yakka suhbatlashmoqda. Osmonni quyuq bulut qoplagan. Kunduz kuni bo‘lishiga qaramay, xonayi xosdagi qandillarda shamlar lipillab yonmoqda. Mahmudxon sham yorug‘ida Tilba Sultonning yuziga tikilib qaradi-yu, uning ozib ketganini payqadi. Odob bilan cho‘kka tushib o‘ltirgan Tilba Sulton xonga tomon qaddini bukib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib so‘zlamoqda: — Shu sovuq kunlarda dovon oshib Farg‘ona vodiysiga ikki marta borib keldim, xon hazratlari. Archakent dovoni pastroq ekan, undan oshib o‘tib, Kosonsoyga qishda ham borsa bo‘lar ekan. Qorli dovonlardan qayta-qayta oshib o‘tish oson bo‘lmagani Tilba Sultonning sovuqda qorayib ketgan ko‘sanamo yuzidan, qalin lablarining u yer-bu yerini izg‘irin yorib yuborganidan bilinib turardi: — Inim Ahmadbek butun najotni sizdan kutmoqda, xon hazratlari! Axir siz bugungi Chig‘atoy ulusining eng qudratli hukmdorisiz. Bizning yetti pushtimiz Chingizxon nasliga sodiq xizmat qilib kelmoqda. O‘zimiz ham aslan hazrati Chig‘atoyxonning qiz avlodlaridan tug‘ilganimiz sizga ma’lumdir. — Rost, siz bilan bizning uzoq qarindoshchiligimiz bor. — Shuning uchun inim Ahmadbek Farg‘ona vodiysini Boburga emas, sizga topshirmoqchi! — Ammo Bobur ham bizga jiyan-da. — Xon hazratlari, bu jiyanning sizga biron foydasi tekkani yo‘q! Otasi Umarshayx mirzo sizdan Toshkentni tortib olmoqchi bo‘lib qancha urushlar qildi? Paytini topsa, Bobur ham sizga qarshi qilich yalang‘ochlagay! — Unchalik emasdir, janob vazir. Bobur Toshkentga kelganda juda odobli, mehru oqibatlik ko‘ringan edi. — Tashqi ko‘rinishdan shundaydir. Ammo qilayotgan ishlari batamom sizga qarshi! Men buni o‘zim borib ko‘rdim, el-yurt orasida aytgan gaplarini o‘z qulog‘im bilan eshitdim, xon hazratlari! Tilba Sulton yolg‘onni ham rostday qilib gapirishga usta edi. U Bobur aytmagan so‘zlarni ichidan to‘qib chiqara boshladi: — Boburning o‘zi ham, tarafdorlari ham chingiziylarni «jete»* deb kamsitadi. «Yo‘qolsin chingiziylar! Farg‘ona vodiysi temuriylar mulkidir! Jetelarni qir!» degan baqiriqlarni Farg‘ona vodiysining ko‘p joylarida men o‘zim eshitdim! — Nahotki Bobur bizga jiyan bo‘laturib shunday gaplarni aytsa?! — Aytish ham gapmi?! Bobur Amir Temurning qilichini taqib olgan. Bu qilichni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling