Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
yulduzli tunlar ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
96 ko‘shkka borib, uni g‘alaba bilan qutladilar. Bozorlarda Tanbal soliqchilari uchrab qolsa, odamlar ularni tayoq bilan urib, shahardan quvdilar. Mahallalarda naqoralar, karnay- surnaylar yangradi. Qosimbek Bobur mirzo nomidan doshqozonlarda palov damlatib, minglab odamlarga osh ulashdi. Kechagina Tanbal zulmidan motamsaro ahvolga tushgan Marg‘ilon bugun Bobur mirzo qaytgani tufayli bayram tusini oldi. Bu hodisa ko‘p o‘tmay Andijon, Axsi va O‘shlarga ham ma’lum bo‘ldi. Bobur mirzoning pinjiga kirib olgan Ali Do‘stbek Qosimbekning o‘rniga sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lish niyatida edi. U Boburni xoli topib, gapning uchini chiqardi: — Amirzodam, kutganimdan ham ortiq inoyatlar qilmoqchi edingiz... — Marg‘ilon dorug‘alig‘i sizga yetarlik emasmi? — Dorug‘alikni menga Tanbal bergan edi. Endi bundan kattaroq inoyatni sizdan kutmoqdamen. — Qani, Andijonu O‘shlar ham bizga qayta nasib qilsa. Keyin o‘ylab ko‘rurmiz. — Ittifoqo, O‘shdan Qambarbek keldi. O‘shliklar ham sizga muntazir emishlar. — Ammo hozir Andijondan yomon xabar oldik. Ahmad Tanbal katta qo‘shin to‘plab Marg‘ilon tomonga bostirib kelmoqda. — Unday bo‘lsa, O‘shga Qosimbek sizdan vakil bo‘lib borsin. O‘zganga ham o‘tib, tarafdorlaringizni ishga solsin! Ayyor Ali Do‘stbek shunday nozik paytda Qosimbekni Boburdan uzoqlashtirib, sohib ixtiyor eshik og‘a vazifasini o‘zi boshqarmoqchi edi. Lekin Bobur barcha mashaqqatlarni birga boshdan kechirgan qadrdoni Qosimbekdan ajrashgisi kelmadi. — Janob Do‘stbek, Tanbalday yog‘iy bostirib kelayotgan paytda ko‘pni ko‘rgan Qosimbek yonimizda bo‘lmog‘i kerak. O‘shga boshqa beku navkarlarni yuborgaymiz. So‘zi yerda qolgan Ali Do‘stbek qovog‘ini solib, to‘mtayib qoldi. Qosimbekning o‘z odamlari bilan Marg‘ilonda qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Tanbal Andijondan katta qo‘shin bilan Marg‘ilonga hujum qilib kelganda, barcha kuchlar birlashib himoyaga chiqdilar. Marg‘ilondagi beku navkarlar qo‘rg‘ondan tashqaridagi mahallalar va qishloqlardan yig‘ilgan minglab botir yigitlar yordamida Tanbal qo‘shinini uloqtirib tashladilar. Bu orada quvaliklar Tanbalga orqadan zarba berdilar. O‘sh va O‘zgan xalqi ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarib, Boburga ko‘mak yubordi. To‘rt tomonidan o‘t ketgan Tanbal tezroq Andijon qo‘rg‘oniga qaytib borib jon saqlamoqchi bo‘ldi. U Andijonga Nosirbek degan kishini dorug‘a tayinlab kelgan edi. Ahmad Tanbal Marg‘ilonda Boburdan yengilib, talvasaga tushib kelayotganini eshitgan andijonliklar Nosirbekning qarorgohini o‘rab oldilar. To‘rt tarafdan hayqiriq va xitoblar eshitila boshladi: — Ahmad Tanbal daf bo‘lsin! — Darvozadan kiritilmasin bu zolim! — Bobur mirzoga odam yuboring, tug‘ilgan yurtig‘a tezroq qaytsin! — To‘ydik chingiziylardan! Bobur kelsin! — Agar dorug‘a yana Tanbalga yon bossa, qo‘rg‘on darvozalarini biz o‘zimiz Bobur mirzoga ochib bergaymiz! Toshgan daryoday to‘lqinlanayotgan bir necha ming kishilik izdihom Nosirbekni qo‘rqitib yubordi: — Xaloyiq! Tinchlaning! Menga quloq soling! Oralaringizda mo‘ysafidlar bor! Mana, mening yonimda Shayxulislom janoblari turibdilar. Mo‘ysafidlar jome’ masjidiga borsinlar! Qurollangan yigitlar bizga yordamga kelsinlar. Darvozalarni darhol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling